35
№ 2-mavzu: Geometrik yasashlar. Lekalo egri chiziqlari va tutashmalar.
Chizmalarga standart bo‘yicha o‘lcham qo‘yish
Reja:
1. Geometrik yasashlar
2. Lekalo egri chiziqlari. Ellips
3. Tutashmalar haqida ma’lumot. Aylanaga urinmalar o‘tirish
4. Chizmalarga standart bo‘yicha o‘lcham qo‘yish
Lekalo egri chiziqlari. T U T A SH M A L A R
CHizma chizishda ko‘pincha bir chizig‘ni ikkinchi chiziqqa ravon qo‘shilishga to‘g‘ri
keladi, buni tutashma deyiladi. Tutashma chiziqlari, asosan, aylana yoylari va to‘g‘ri
chiziqlardan iborat bo‘ladi. Tutashmalarni aylana yoylari yordamida chizish to‘gri
chiziqning aylanaga va aylanalarning o‘zaro urinish hususiyatlariga asoslangan.
Tutashmani chizish uchun uning radiusi 6erilgan bo‘lishи zarur. Agar tutashmani radiusi
berilmagan bo‘lsa, u holda to‘tashmani chizish paytida aniklashga to‘g‘ri keladi.
Tutashma chizishning ma lum tartib qoyidalari bor. Bunda birinchi galda tutashmaning
markazi, boshlanish va ohirgi nuqtalari, yani tutashish nuqtasi aniqlanadi. So‘ngra
tutashmaning o‘zi o‘tkaziladi. Tutashma o‘zaro tutashuvchi chiziqlarning har ikkisiga
tashqi yoki ichki tomondan urinish yohud bittasiga ichki ikkinchisiga esa tashqi
tomondan urinishi mumkin.
8-rasm. AB to‘g‘ri chizik bilan aylanani tutashtirilsin. Bu chizmani bajarishda to‘gri chiziq AB
ni aylana o‘qiga perpendikulyar bulgani uchun tutashish nuqtasi huddi shu o‘qda bo‘ladi