817
Sharafiddin Ali Yazdiy o‘zining “Zafarnoma” kitobida Amir Temur davrida
o‘tkazilgan musiqiy anjumanlar haqida to‘xtalib, “Yaxshi ovozli xonandalar
kuylashni boshlab, g‘azal-u naqsh aytur erdilar. Va turku mo‘g‘ul, xitoy-u arab va
ajamdin har kim o‘z rasmi bilan nag‘ma aytur erdi”, degan ma’lumotlarni keltiradi.
Ma’lumki, o‘zbek xalq musiqa merosi boy va serqirradir. Unda
mujassamlashgan rang-barang xalq musiqiy namunalari asrlar osha avloddan-
avlodga o‘tib rivojlanib kelgan. Shu bilan birga har bir janr o‘zining badiiy va
estetik qiymatini asrab xalqimiz tomonidan ardoqlanib kelingan. Musiqiy
merosimiz
turli usullarda shakllanib, rivojlangan bo‘lsa, ularning biri xalq
musiqasining murakkab namunasi bo‘lmish maqomlardir.
Maqomlar ijrochilikda “Mumtoz musiqa” va “Og‘zaki an’anadagi
professional musiqa” nomlarida (atamalarida) yuritiladi. Xalqimizning bu boy va
murakkab musiqiy merosi azaldan ustoz san’atkorlar tomonidan “og‘zaki
an’anaviy” uslubda ustozdan shogirdga o‘tib bizgacha yetib kelgan. Bu an’anaga
aylangan uslub hozirgi davrda ham asosiy omil sifatida ardoqlidir.
Bir necha yillardan mumtoz musiqa namunalarini iste’dodli yosh xonanda va
sozandalar tomonidan o‘zlashtirilishi an’anaga aylandi. Ayniqsa, maxsus musiqa
maktablari, san’at, madaniyat va pedagogika kollejlarida o‘qitilishi quvonarli.
Yosh avlodga an’anaviy musiqadan saboq berishda asosan maqomlarga tayaniladi.
Chunki maqom azaldan xalqimizning turmush tarzi ifodalangan musiqiy janr
sifatida xalq musiqasida doimo yetakchi bo‘lgan. Bundan tashqari maqomlarda
musiqa ilmiga, ijrochiligiga va musiqaning boshqa xususiyatlariga bog‘liq olam-
olam
tushunchalar, ma’nolar va asoslar mujassamlashgan. Bu an’anani ma’lum
darajada egallagan har bir san’atkor el yurt mehrini qozonishi, tabiiy.
O‘zbek xalqi tarixini sehrli ohanglarda mujassamlashtirgan maqomlar musiqiy
ijodning rivojlangan turlaridan biri bo‘lib, u asosan monodik, ya’ni bir ovozlik
uslubda yaratilgan va ijro etib kelingan. Har bir maqom o‘zining aniq matniga ega
bo‘lgan, ya’ni g‘azali bilan ijro etilgan. Ularda, asosan, Lutfiy, Atoyi, Navoiy,
818
Bobur, Fuzuliy, Avaz O‘tar, Ogaxiy, kabi mumtoz shoirlarning g‘azal va
muxammaslaridan foydalanilgan.
Xalq musiqasining murakkab janri bo‘lmish maqomlarni ijro etish
xonandadan professional malaka talab qiladi. Bunga erishish uchun maqomga
ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilarini ko‘p yillar davomida maqom bilimdonlari
bo‘lmish ustoz hofiz va sozandalardan muntazam saboq olishni yo‘lga qo‘yish
zarur. Maqomlarni ma’lum
darajada tushunib yetishga, ularning barcha ichki
xususiyatlarini o‘rganishda, albatta, maqomlarning lad tarkibini, ritmik asoslarini
amaliy o‘zlashtirish darkor. Bundan tashhari maqomlar ijrosida xonandalik va
sozandalikda mavjud barcha musiqiy bezaklar va xarakterli ohang-sayqallardan
xabardor bo‘lish kerak. Umuman, barcha an’anaviy
ijrochilik asoslarini
o‘zlashtirish maqsadga muvofiqdir. har bir an’anaviy ijrochi professional klassik
musiqaning ichki lad xususiyatlari, tovushqatorlari, barcha tarkibiy qismlari, usul
jihatlari, badiiy tomonlari to‘g‘risida ma’lum tasavvurga ega bo‘lish bilan birga,
maqomlarda mavjud xilma-xil variantlarni tushunib etmoqlari kerak.
Maqomlarning ashula, ya’ni nasr bo‘limining e’tiborga
loyiq tomonlaridan
biri shundaki, ular juda keng diapozonga ega. Ya’ni ikki oktava va undan ortiq
ovoz yo‘lini o‘z ichiga oladi. Melodik jumlalar o‘ziga xos keng ko‘lamligi bilan
ajralib turadi va ijrochidan uzun nafas yo‘liga ega bo‘lishni talab qiladi. Bundan
tashqari katta nafas yuli bilan birga undan munosib foydalana bilish katta
ahamiyatga ega. Chunki maqomlarning ijro jarayonida
musiqiy ohanglarga rang -
barang bezaklar berish, asosan, avj qismida amalga oshiriladi. Maqomlar ijrosining
bunday o‘ziga xos jumboqlarini yechishda va klassik asarlarni qiyinchiliksiz ravon
ijrosiga erishishida har bir hofiz yuqori pardalarda mohirona kuylash xususiyatiga
ega bo‘lishi kerak.