811
Birinchidan: Jonli ijro etish – sinfda kayfiyatni yaxshilaydi.
Ikkinchidan: Jamoa bo‘lib (xor) ijro etayotganda istalgan jumla yoki (takt)
qismlarni takrorlash mumkin.
Uchinchidan: Musiqa asbobida ijro eta oladigan musiqa o‘qituvchisi o‘z
tarbiyalanuvchilariga musiqani qiziqarliligi va muhimligini amaliy jihatdan
ko‘rsatib beradi.
Musiqa o‘qituvchisi musiqa asbobini mahoratli ijro etishi bilan cheklanib
qolmay, yoqimli tovush, dirijyorlik hattiharakatlarini, musiqa nazariyasini
mukammal bilmog‘i va ijod qilishi mahoratiga ham ega bo‘lishi lozimdir.
O‘qituvchining shaxsiy namunasi va bilim darajasi musiqa fanining taqdirini hal
qiladi.
Xulosa sifatida shuni aytish mumkimki, musiqa madaniyati darsida
o‘qituvchining mahorati har tomonlama yuksak darajada bo‘lishi o‘ta muhim
hisoblanadi. Uning asar haqidagi kirish so‘zi va dars mavzusini tushuntirib berishi,
o‘quvchilarni ajoyib va sehrli musiqa san’ati olamiga olib kirib, badiiy hamda
ma’naviy dunyoqarashini shakllantiradi.