• Sotish qiymati
  • Qoldiq qiymati
  • Buxgalteriya hisobi




    Download 0,63 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet61/212
    Sana30.11.2023
    Hajmi0,63 Mb.
    #108543
    1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   212
    Bog'liq
    Buxgalteriya hisobi-1

    Dastlabki qiymat — aktivni xarid qilish uchun to‘langan pul
    mablag‘lari yoki uni barpo etishda amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlardir.
    Xarid qilishning haqiqiy qiymati nomoddiy aktivni xarid qilish va uni
    ishlatish uchun tayyor holga keltirishga sarflangan barcha xarajatlarni,
    ya’ni: xarid narxi, yuridik yig‘imlar va boshqa xarajatlarni o‘z ichiga
    oladi. Tashkilot tekinga olgan nomoddiy aktivlarning dastlabki qiymati
    ekspert yo‘li bilan bozor narxida baholangan qiymat bo‘yicha tan olinadi.
    Tekinga olingan nomoddiy aktiv kirim qilingan sanada amal qilgan narx
    asosida joriy bozor qiymati shakllantiriladi. Amaldagi narx to‘g‘risidagi
    ma’lumotlar ham hujjatlar va ekspert yo‘li bilan tasdiqlanishi kerak.


    85
    Sotish qiymati nomoddiy aktivlarni bitim paytida manfaatdor
    taraflar o‘rtasida ayirboshlash mumkin bo‘lgan summadir.
    Tugatilish qiymati chiqib ketishga doir kutilayotgan xarajatlarni
    chiqarib tashlagan holda aktivning foydali xizmati natijasida uni tugatish
    paytida paydo bo‘ladigan aktivlarning taxmin qilinayotgan qiymatidir.
    Qoldiq qiymati aktiv hisob va hisobotda aks ettiriladigan jam-
    g‘arilgan amortizatsiyani chiqarib tashlangan holda nomoddiy aktiv-
    larning dastlabki yoki joriy qiymati sanaladi.
    O‘rnini qoplash qiymati – korxona aktivdan keyinchalik foyda-
    lanish hisobiga qoplash mo‘ljallanayotgan summa, shu jumladan,
    tugatilish qiymati.
    Nomoddiy aktiv pulga xarid qilinsa, uning qiymati kontraktda
    ikkilamchi bozorda faol ishlayotgan shu singari aktivda aniqlangan bozor
    narxi bo‘yicha ko‘rsatilishi mumkin.
    Nomoddiy aktiv xo‘jalik yurituvchi subyektning o‘zi tomonidan
    yaratilgan va uni yaratish chiqimlarini aniq belgilash mumkin bo‘lgan
    hollarda nomoddiy aktiv haqiqiy tannarx bo‘yicha aks ettiriladi.
    Nomoddiy aktiv qiymatini belgilash mumkin bo‘lgan hollarda u
    aktiv sifatida alohida modda bilan aks ettirilmaydi.
    Korxona tomonidan gudvill aktiv sifatida aks ettirilmaydi, chunki u
    korxonani sotib olish paytida xarid qilish narxi bilan mazkur subyektni
    tashkil qiluvchi aktivlarning haqiqiy narxi o‘rtasidagi tafovut sifatida
    yuzaga keladi.
    Ba’zi vaqtlarda nomoddiy aktivlarni qayta baholashga ehtiyoj
    tug‘iladi. Nomoddiy aktivni qayta baholashda uning butun zanjiri qayta
    baholanishi kerak. Qayta baholash natijasida nomoddiy aktiv balans
    qiymati ko‘paygan holda ushbu ko‘payish avvalgi bahodan oshadigan
    summada «Zaxira sarmoya» schyotining kreditida aks ettirilishi lozim.
    Qayta baholash natijasida nomoddiy aktivning balans qiymati kamaygan
    bo‘lsa, bu kamayish avvalgi bahodan oshadigan summada xarajat sifatida
    tan olinadi.
    Nomoddiy aktivlar obyektlarining analitik hisobi OS-6 shaklidagi
    inventar kartochkalarida yuritiladi. Unda obyektning ro‘yxat qilish
    raqami, dastlabki qiymati, texnik iqtisodiy tavsifi, samarali foydalanish
    muddati va boshqalar aks ettiriladi.
    Nomoddiy aktivlarning mavjudligi va harakati to‘g‘risidagi
    axborotlarni aktiv 0400-«Nomoddiy aktivlar hisobi» schyotida uning
    turlariga ochilgan subschyotlari bo‘yicha (0410-0490) ularning eskirishi


    86
    0500-«Nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi» schyotida (0510-0530)
    subschyotlari bo‘yicha hisobga olinadi.
    Nomoddiy aktivlarni buxgalteriya hisobida hisobga olish uchun
    quyidagi schyotlar ochilgan:

    Download 0,63 Mb.
    1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   212




    Download 0,63 Mb.
    Pdf ko'rish