• Asosiy vositalar guruhlari
  • Buxgalteriya hisobi




    Download 0,63 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet52/212
    Sana30.11.2023
    Hajmi0,63 Mb.
    #108543
    1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   212
    Bog'liq
    Buxgalteriya hisobi-1

    Amortizatsiya
    normasi
    1. Yengil avtomobillar, taksi, yo‘llarda foydalaniladigan avto-
    traktor texnikasi, maxsus asbob-uskuna, inventar va jihoz-
    lar, kompyuterlar, periferiya qurilmalari va ma’lumotlarni
    qayta ishlash uskunalari
    20 foiz
    2. Yuk avtomobillari, avtobuslar, maxsus avtomobillar va avto-
    tirkamalar, sanoatning barcha tarmoqlari, metall quyish korxo-
    nasi uchun mashinalar va uskunalar, temirchilik-presslash
    uskunalari, qurilish uskunalari, qishloq xo‘jalik mashinalari
    va uskunalari, ofis uchun mebel
    15 foiz
    3. Temiryo‘l, dengiz, daryo va havo transporti vositalari,
    kuch-quvvat beradigan mashinalar va uskunalar: issiqlik-texni-
    ka uskunalari, turbina uskunalari, elektr dvigatellari va dizel
    generatorlar, elektr uzatish va aloqa qurilmalari, truboprovodlar
    8 foiz
    4. Binolar, inshootlar va imoratlar
    5 foiz
    5. Boshqa guruhlarga kiritilmagan, amortizatsiya qilinadigan
    aktivlar
    10 foiz
    Asosiy vositalar guruhlari


    73
    Asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblashda «Asosiy vositalar»
    nomli 5-son BHMAga hamda O‘zbekiston Respublikasining Soliq
    Kodeksiga amal qilish lozim.
    Quyidagi asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblanmaydi:
    – yer;
    mahsuldor hayvonlar, buqa va ho‘kizlar;
    – kutubxona fondi;
    – budjet tashkilotlari, shu jumladan, ilmiy-tadqiqot, konstruktorlik
    va texnologik tashkilotlarning vositalari;
    – belgilangan tartibda konservatsiyaga o‘tkazilgan asosiy vositalar;
    – to‘liq amortizatsiyalangan asosiy vositalar.
    Uzoq muddatga ijaraga olingan asosiy vositalar bo‘yicha amorti-
    zatsiya ajratmalarini ijaraga oluvchi o‘tkazadi. Qisqa muddatli ijarada
    esa amortizatsiya ajratmalarini ijaraga beruvchi hisoblaydi.
    Amortizatsiyalanuvchi qiymat muntazam ravishda asosiy vositani
    foydali ishlatishning butun davriga taqsimlanadi. Amortizatsiya turli xil
    usullarni qo‘llash yo‘li bilan amalga oshiriladi:

    Download 0,63 Mb.
    1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   212




    Download 0,63 Mb.
    Pdf ko'rish