• Kredit ajratish to‘g‘risidagi ariza
  • Texnik-iqtisodiy asoslash (biznes-reja)
  • Buxgalteriya hisobi




    Download 0,63 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet28/212
    Sana30.11.2023
    Hajmi0,63 Mb.
    #108543
    1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   212
    Bog'liq
    Buxgalteriya hisobi-1

     Muomalalar mazmuni
    t/r


    40
    mexanizmlar sotib olinadi, iste’molchilarning mablag‘lari yetarli
    bo‘lmaganida to‘lovni kechiktirib, tovarlar sotib olishlari va boshqa har
    xil to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
    Korxona kredit olish uchun bankka quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
    – Kredit ajratish to‘g‘risidagi ariza. Unda qarz oluvchining nomi,
    yuridik maqomi, joylashgan manzili, unga kredit hisob-kitob xizmati
    ko‘rsatuvchi bank muassasasi, kredit so‘rab, bankka murojaat qilishning
    sabablari, kreditdan qanday maqsadlarda foydalanish mo‘ljallanayotgani,
    so‘ralayotgan kredit summasi va uni qaytarish muddati ko‘rsatiladi.
    – Kredit buyurtmanomasi. Unda korxonaning faoliyat turlari va
    ular ishlab chiqarayotgan mahsulotlar, mavjud xususiy mablag‘lar,
    kreditni qaytarish kafolati, ishlab-chiqarish va moliyaviy ko‘rsatkichlar,
    jumladan, debitorlik-kreditorlik qarzlari miqdori batafsil bayon qilinadi.
    Texnik-iqtisodiy asoslash (biznes-reja). Unda olgan kredit
    hisobidan amalga oshirish mo‘ljallanayotgan sarf-xarajatlar ro‘yxati,
    zarurat tug‘ilganida esa, mahsulot shaklida ifoda qilinadigan taxminiy
    mahsulot ishlab chiqarish (ishlar bajarish, xizmatlar ko‘rsatish hajmi,
    bir dona mahsulot bahosi, ko‘rsatilgan xizmat haqi), rejalashtirilayotgan
    mahsulot sotish bozori, ishlab chiqarish quvvati, asbob-uskunalar, xom-
    ashyo va materiallarning mavjudligi ko‘rsatiladi. Shuningdek, korxona
    tomonidan oxirgi hisobot sanasigacha bo‘lgan balans, zarurat tug‘ilganida
    esa boshqa sanalarga oid bo‘lgan va soliq inspeksiyasi tomonidan
    tasdiqlangan balanslar ham taqdim etiladi. Oxirgi hisobot sanasiga
    tuzilgan balansda debitorlik-kreditorlik qarzlar batafsil bayon qilinishi
    hamda to‘lov muddatidan 90 va undan ortiq kun o‘tgan qarzlarni
    qiyoslash dalolatnomalari ilova qilingan bo‘lishi lozim.

    Download 0,63 Mb.
    1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   212




    Download 0,63 Mb.
    Pdf ko'rish