• Yuridik shaxslar deganda
  • MAVZU BO‘LIMLARI YUZASIDAN NAZORAT SAVOLLARI
  •    QO‘SHIMCHA QIYMAT SOLIG‘INI




    Download 0,63 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet119/212
    Sana30.11.2023
    Hajmi0,63 Mb.
    #108543
    1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   212
    Bog'liq
    Buxgalteriya hisobi-1

    9.7. 
     QO‘SHIMCHA QIYMAT SOLIG‘INI
    HISOBGA OLISH
    O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi va Davlat Soliq Qo‘mitasi
    1997-yil 5-dekabrda ishlab chiqariladigan, sotiladigan tovarlar (ish,
    xizmat) bo‘yicha QQSni hisoblash va to‘lash tartibi to‘g‘risida yo‘riq-
    noma ishlab chiqdi va 1998-yil 1-yanvardan amalda qo‘llash uchun
    tavsiya etdi. Mazkur yo‘riqnomada umumiy qoidalar soliq to‘lovchilar,
    soliqqa tortish obyektlari, soliqqa tortish oborotlarini aniqlash, korrek-
    tirovka qilish, soliq imtiyozlari, stavkalari hamda budjetga to‘lanishi
    kerak bo‘lgan QQS summasini aniqlash tartibi, schyot-faktura, soliqni
    to‘lash muddati va xarajatlarni taqdim qilish, soliq to‘lovchilarning
    mas’uliyati, soliq idoralarining nazorati batafsil bayon qilinadi.
    Yuridik shaxslar deganda – soliqqa tortish maqsadida mulkka
    ega bo‘lgan korxona, birlashma tashkilotlarning hamma turlari xo‘jalik
    yurituvchi yoki mulkni tezkor boshqaruvchi, bu mulkka o‘zining
    majburiyati bo‘yicha javob beruvchi hamda mustaqil balansga va hisob
    schyotiga ega bo‘lgan korxonalar tushuniladi.
    QQS 20% stavkada to‘lanadi. Budjetga to‘lanishi lozim bo‘lgan
    QQSning summasi sotilgan tovarlar, bajarilgan ish, ko‘rsatilgan xizmatlar
    uchun hisoblangani QQS summasidan, ishlab chiqariladigan va muomala
    xarajatlariga qo‘shiladigan tovarlar (ish, xizmat) qiymati uchun to‘lanishi
    kerak bo‘lgan soliq summasining ayirmasiga teng.
    QQSning hisoblanishi va budjetga to‘lanishi schyotlarda quyidagicha
    aks ettiriladi:
    4010, 4020,
    D 5110 K D 6410 K D 0800, 9430, 9210,9220 K
    To‘langan QQS summasi
    Hisoblangan soliq summasi
    MAVZU BO‘LIMLARI YUZASIDAN
    NAZORAT SAVOLLARI
    1. Tayyor mahsulot deb nimaga aytiladi?
    2. Nomenklatura so‘ziga ta’rif bering.
    3. Tayyor mahsulot qanday baholanadi?
    4. Tayyor mahsulotning ombordagi hisobi qanday tashkil qilinadi?
    5. Tayyor mahsulotning buxgalteriyadagi hisobi qanday tashkil qilinadi?
    6. Buxgalteriya hisobida tayyor mahsulotni jo‘natish hamda sotish muomalalari
    qanday tartibda aks ettiriladi?
    
    
    
    


    163
    7. Mahsulotlarning sotilishi bo‘yicha QQS qanday tartibda hisobga olinadi?
    8. Konsignatsiya muomalalari deganda nimani tushunasiz?
    9. Buxgalteriya hisobida dargumon qarzlar rezervi qaysi maqsadlar uchun
    tashkil qilinadi?
    10. Mahsulot sotilganda qanday buxgalteriya provodkasi beriladi?

    Download 0,63 Mb.
    1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   212




    Download 0,63 Mb.
    Pdf ko'rish