• To‘lov talabnoma
  • Fronko ombor mol yetkazib beruvchi
  • Fronko-stantsiya jo‘natish
  • TAYYOR MAHSULOTNI JO‘NATISHNI




    Download 0,63 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet116/212
    Sana30.11.2023
    Hajmi0,63 Mb.
    #108543
    1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   212
    Bog'liq
    Buxgalteriya hisobi-1

    9.4. TAYYOR MAHSULOTNI JO‘NATISHNI
    HISOBGA OLISH
    Ombordan tayyor mahsulotlar xaridorlarga korxonaning sotish
    bo‘limi buyrug‘iga asosan jo‘natiladi. Mahsulotni sotish xaridor kor-
    xonalar bilan tuzilgan shartnoma va jo‘natish jadvaliga muvofiq amalga
    oshiriladi.
    Korxona buxgalteriyasi schyot, to‘lov talabnoma hujjatini yozib,
    tovar sotuvchi korxonaga xizmat ko‘rsatgan bankka topshiradi.
    To‘lov talabnoma – mol yetkazib beruvchining schyot-fakturaga
    mos ravishda ortib jo‘natilgan mahsulot qiymati uchun xaridorning hisob-
    kitob raqamidan pulni o‘tkazib berish to‘g‘risida bankka bergan
    buyrug‘idir. Unda ortib jo‘natilgan mahsulot qiymati va sotish bahosi,
    soni, assortimenti qayd qilinadi (bu holatda schyot-faktura albatta, to‘lov
    talabnomasiga ilova qilinishi lozim).
    Mol yetkazib beruvchi bilan xaridor o‘rtasida joy to‘g‘risida to‘xtalib
    o‘tiladiki, bunda mahsulotni ortib jo‘natish bilan bog‘liq xarajatlarni
    mol yetkazib beruvchi o‘z zimmasiga oladi.
    Fronko joyning quyidagi turlari mavjud:
    Fronko ombor mol yetkazib beruvchi – bunda mahsulot ortib
    jo‘natish bilan bog‘liq barcha xarajatlarni mol yetkazib beruvchi korxona
    to‘lov talabnomasiga qo‘shadi (bunga ortib topshirish ishlarining qiymati,
    temiryo‘l tarifi va yetkazib berish xarajatlari kiradi).
    Fronko-stantsiya jo‘natish – bunda mol yetkazib beruvchi to‘lov
    talabnomasiga faqat temiryo‘l tarifi va mahsulotni vagonga ortish
    xarajatlarini qo‘shadi.
    Belgilangan stansiyagacha Fronko vagon – shunday narxki, bunda
    mol yetkazib beruvchi to‘lov talabnomasiga faqat temir yo‘l tarifi sum-
    masini qo‘shadi.
    Belgilangan stansiyagacha Fronko – bunda jo‘natish bo‘yicha barcha


    160
    hujjatlar temiryo‘l tarifi qo‘shilgan holda mol yetkazib beruvchi
    tomonidan to‘lanadi.

    Download 0,63 Mb.
    1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   212




    Download 0,63 Mb.
    Pdf ko'rish