• Kurs ishining tarkibiy tuzilishi va hajmi
  • Boshlangʻich ta’lim” yoʻnalishi 209-guruh Bajardi: Eshmurodova Sabrina Tekshirdi: V b prof Dehkanova m toshkent-2024




    Download 142,55 Kb.
    bet2/6
    Sana21.05.2024
    Hajmi142,55 Kb.
    #248867
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Eshmurodova Sabrina

    Kurs ishining maqsadi: Oʻquvchilarda shaxslararo muloqot madaniyatini shakllantirish metodikasini oʻrganish va metodik tavsiyalar ishlab chiqish.
    Kurs ishi predmeti:  Oʻquvchilarda shaxslararo muloqot madaniyatini shakllantirishning metod, usul va vositalari.
    Kurs ishi ob’ekti: Oʻquvchilarda shaxslararo muloqot madaniyatini shakllantirish metodikasini tashkil etish jarayoni.
    Kurs ishining vazifalari: Boshlangʻich sinflarda shaxslararo muloqot madaniyatini shakllantirish usullarini ishlab chiqish, uni amaliyotda qoʻllashdan iborat.

    • Boshlangʻich sinflarda shaxslararo muloqot madaniyatini shakllantirishning pedagogik-psixologik ahamiyati;

    • Boshlangʻich sinflarda shaxslararo muloqot madaniyatini shakllantirishning mavjud holatini kuzatish;

    • Boshlangʻich sinflarda shaxslararo muloqot madaniyatini shakllantirish usul va vositalarini ishlab chiqish;

    • Boshlangʻich sinflarda shaxslararo muloqot madaniyatini shakllantirishda muloqat kompetensiyasi va nutq madaniyati tushunchasiga oydinlik kiritish.

    Kurs ishining tarkibiy tuzilishi va hajmi: kirish, to‘rt paragraf, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar roʻyxatidan iborat.



    1. Muloqotning milliy-madaniy xususiyatlari va uni oʻquvchilarga singdirish muammolari

    Oʻzbek xalqining buyuk mutaffakkirlari asrlar davomida insoniy fazilatlar, shuningdek sharqona muomala odobi haqida oʻz qarashlarini bayon qilib kelganlar. Jumladan, Qurьoni Karim, Hadis Shariflar, xalq ogʻzaki ijodi namunalari, hikmatli soʻzlar, pand-nasihatlar, Аbu Rayhon Beruniy, А.Navoiy, Аz-Zamaxshariy, Zayniddin Vosifiy, Husayn Voiz Koshifiy, Bahouddin Naqshband, Nizom mul Mulk, Mirzo Ulugʻbek, Zaxriddin Muhammad Bobur, Аbulgʻozi Bahodirxonlarning asarlarida muloqot odobi va muomala sanʼati haqida qimmatli fikrlar bayon etilgan. «Soʻz-tabiat yaratgan moʻjiza,uni toʻgʻri yozish, toʻgʻri talaffuz qilish va undan yaxshilik uchun foydalanish dono kishilarning ishi»dir, deb taʼkidlaydi mutaffakkir Аbu Rayhon Beruniy. Hazrat А.Navoiy muloqot yoʻli bilan turli shaxslar va guruhlar orasidagi nizolarni tinchitib, ularni yakdil qilganlari tarixdan maʼlum. Ulugʻ mutaffakkirning: «Аsli maqsud soridur yoʻl suhbat, Farxunda kishiki, topqay oʻshal suhbat Yaxshi kishilar birla tutar boʻl suhbat, To bergay amon sharirdin ul suhbat» Uning sharhi quyidagicha: Suhbat aslida maqsadga olib boradigan yoʻl hisoblanadi. Bunday suhbatga baxtli kishi muyassar boʻladi. Yaxshi kishilar bilan hamsuhbat boʻl, bu seni har qanday yomonliklardan asraydi. [18-19]. Аllomaning bu kabi purmaʼno hikmatlari oʻquvchilarda muloqot madaniyati koʻnikmalarini shakllantirishda qimmatli vosita boʻlib xizmat qiladi. Maktabda oʻquvchilar nutqini rivojlantirish va ularni maʼnaviy-ahloqiy jihatdan tarbiyalashda R.Gʻ.Safarova, H.Nazarova, N.Oʻrinova, F.Аminova, M.SaidovM.Rixsieva, G.Neʼmatova, M.Mirtojiev, А.F.Muhiddinov, А.Gʻulomov va boshqalar samarali tadqiqot ishlari olib borganlar. Mazkur masalaning ayrim jihatlari rus olimlari tomonidan ham tadqiq qilingan. А. V.Molojavenko, L. N.Kulikova, А.V.Mudrik, N.B.Shumakova, O.V.Nikonova, V.N.Myasiщev, Ye.G.Shubnikova, А.S.Granitskaya, А.N.Vasilьeva, D.Аntonov, O.L.Belova, M.А.Chernыsheva, А.P.Ershova, V.M.Bukatov, L.А.Petrovskaya, I.P.Shkuratova, А.А.Kidron kabilarning ishlari shular jumlasidandir. Mavjud nazariy yondashuvlarni oʻrganish natijalari shuni koʻrsatadiki, oʻzbek maktablarining 5-9-sinflarida oʻquvchilarda muloqot madaniyatini shakllantirishning pedagogik asoslari alohida tadqiq etilmagan. Bu sohada muayyan ilmiy yondashuvlar va ishlanmalar mavjud emas. L.N.Kulikova, А.V.Molojavenko, V.N.Myasiщevlar oʻz ishlarida muloqotning oʻquvchi shaxsini rivojlantirishdagi ahamiyatiga katta baho berganlar. Psixologlar shaxsning muloqot imkoniyatini aniqlash maqsadida quyidagi savollar bilan murojaat qilganlar. «Nima uchun muloqot qilish kerak?». Mazkur savolga quyidagicha javob olganlar: «muloqot kishilar orasida umumiylikni tarkib toptiradi, ularning birgalikdagi faoliyatini boshqaradi, bilish usuli sifatida namoyon boʻladi, alohida shaxslarni bilish asosi sifatida xizmat qiladi. Shu tariqa muloqot, shaxsning oʻz-oʻzini aniqlashiga xizmat qilib, uning hamkorlikdagi faoliyatga kirishishini taʼminlaydi va muloqot subʼektlari orasida oʻzaro hamkorlik muhitini vujudga keltiradi». Nima uchun muloqotga kirishish kerak, degan savolga javob berishdan avval biz muloqotga jalb qiladigan odatlar, ehtiyojlar, koʻnikmalar mavjudligini unutmasligimiz lozim. Turli umumiylikka uygʻunlashar ekan inson bu jarayonda u muloqotning obʼekti va subʼekti sifatida namoyon boʻladi. Muloqot jarayonida shaxs oʻzida atrofdagilarning muayyan taʼsirini his etadi. Oʻz navbatida uning oʻzi ham muloqot jarayonida ularga muayyan taʼsir koʻrsatadi.
    Oʻquvchilarda muloqot madaniyatini shakllantirish bugungi kunda oʻquvchilarning diqqat markazida turishi kerak. Bu masalani muvaffaqiyatli yechish uchun oʻquvchilarning oʻquv-biluv faoliyatini jadallashtiradigan usullardan fooydalanish muhim ahamiyatga ega. Bu usullar nihoyatda keng va turli-tumandir. Bular jumlasiga birinchi navbatda muammoli-kommunikativ topshiriqlar, bilishtadqiqotchilik loyihalari, oʻquv munozaralari va dialoglarni kiritish mumkin. Oʻquvchilarning kommunikativ madaniyatini shakllantirishda didaktik oʻyinlar ham alohida oʻrin egallaydi.Kuzatishlarimiz shuni koʻrsatadiki, oʻquvchilarning kommunikativ madaniyatini shakllantirishda mazkur usullardan yetarlicha foydalanilmayapti. Mazkur metodlarni taʼlim jarayonida qoʻllashga boʻlgan qiziqish kun sayin ortib bormoqda. Bu oʻz navbatida axborot koʻlamining kengayishi va taʼlim jarayonini oʻquvchi shaxsiga yoʻnaltirish bilan bogʻliq vazifalar koʻlamining kengayganligi bilan izohlanadi. Bu oʻrinda oʻqituvchidan nafaqat oʻquvchilarda muloqot qilish koʻnikma va malakalarini rivojlantirish talab etiladi, balki ulardan ijodiy foydalanishni oʻquvchilar oʻrganishlariga boʻlgan ehtiyojni ham tarkib toptirish zaruriyati ham mavjud. Tajriba-sinov jarayonida oʻquvchilarda muloqot madaniyatini shakllantirishga xizmat qiladigan oʻyin darsidan ham foydalandik. Bu darsning maqsadi oʻquvchilarda muloqot madaniyati koʻnikmalarini shakllantirishda oʻyin, oʻyinga asoslangan didaktik vaziyatlarning ahamiyatini ochib berishdan iborat. Dars mavzusi muayyan maqsadga yoʻnaltirilganligi bilan xarakterlidir. Ma’lumki, oʻquvchilarda muloqot madaniyati koʻnikmalarini shakllantirishda oʻyinga asoslangan didaktik vaziyatlar muhim oʻrin egallaydi. Chunki, oʻyinlarda tasodifiy holatlar boʻlmaydi.U barcha xalqlarning madaniy-ma’naviy hayotida muhim ahamiyat kasb etadi. Oʻyinlar inson tabiati, turmush tarzi va boshqa xarakterli jihatlarining ob’ektiv holatini oʻzida mujassamlashtiradi. U ishtirokchilar timsolida xulq-atvorning yuksak shakllarini namoyon qiladi. Shu bilan bir qatorda, ular xulqatvor bilan bogʻliq murakkab vazifalarni yechish imkonini ham beradi. Oʻyin oʻz ishtirokchilarida muayyan bosim, oʻtkir zehnlilik, topqirlik, birgalikdagi uygʻunlashgan harakatlar va kuch-quvvatni talab qiladi. Oʻquvchilarda muloqot madaniyatini shakllantirishda teatrlashtirilgan darslardan foydalanish alohida ahamiyatga ega. Oʻquvchilarda muloqot madaniyatini shakllantirishda teatrlashirilgan darslardan foydalanishning samaradorligi quyidagilarda yaqqol namoyon boʻladi:
    • Teatrga boʻlgan qiziqishning asosiy koʻlami va yoʻnalishi har doim insoniy hamda inson va olam munosabatlari asosida qurilganligidadir. Chunki, xuddi mana shu asosni oʻyin tarzida sahna asarlari orqali anglash mumkin. Oʻz kasbiy faoliyati taqozosi bilan oʻqituvchi har doim oʻzaro aloqalar va hamkorlik muhitida ishlaydi. U goh oʻquvchilar bilan, goh hamkasblari bilan ishchan muloqot oʻrnatadi. Shu bilan bir qatorda, u dars beradigan oʻquv predmeti mazmunida oʻzaro hamkorlikka asoslangan tadqiqotlarning natijalari namoyon boʻladi.


    1. Download 142,55 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 142,55 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Boshlangʻich ta’lim” yoʻnalishi 209-guruh Bajardi: Eshmurodova Sabrina Tekshirdi: V b prof Dehkanova m toshkent-2024

    Download 142,55 Kb.