Oʻquvchilarda shaxslararo muloqot madaniyatini shakllantirishda oilaning o‘rni




Download 142,55 Kb.
bet4/6
Sana21.05.2024
Hajmi142,55 Kb.
#248867
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Eshmurodova Sabrina

Oʻquvchilarda shaxslararo muloqot madaniyatini shakllantirishda oilaning o‘rni

Insoniy munosabatlar shunday oʻzaro ta’sir jarayonlarki, unda shaxslararo munosabatlar shakllanadi va namoyon boʻladi. Bunday jarayon dastlab odamlar orasida roʻyberadigan fikrlar, his-kechinmalar, tashvishu-quvonchlar almashinuvini nazarda tutadi. Odamlar muloqotda boʻlishgani sari, ular oʻrtasidagi munosabatlar tajribasi ortgan sari ular oʻrtasida umumiylik, oʻxshashlik va uygʻunlik kabi sifatlar paydo boʻladiki, ular bir-birlarini bir qarashda tushunadigan yoki “yarimta jumladan” ham fikr ayon boʻladigan boʻlib qoladi, ayrim hollarda esa ana shunday muloqotning tigʻizligi teskari reaksiyalar bir-biridan charchash, gapiradigan gapning qolmasligi kabi vaziyatni keltirib chiqaradi. Oila ijtimoiy hayotning abadiyligini, avlodlarning davomiyligini, tarbiyaning uzluksizligini taʼminlaydigan, kelajakda davomchilar qanday boʻlib yetishishiga oʻz taʼsirini koʻrsatadigan ijtimoiy makon va pedagogik omil vazifasini oʻtaydi. Inson oilada shakllanadi. Oila muhabbat, hurmat, birdamlik va mehribonlik manbai hisoblanadi. Aynan shu qadriyatlarga har bir rivojlangan jamiyat suyanadi. Masalan, oila muhiti va undagi munosabatlar ana shunday tigʻiz munosabatlarga kiradi. Faqat bunday tigʻizlik oilaning barcha a’zolari oʻrtasida boʻlishi mumkin (ona-bola, qynona-kelin va hokazo). Shaxslararo munosabatlarni oʻrganish eng dolzarb muammolardan hisoblanadi. Chunki inson shaxsining eng nufuzli va etakchi faoliyatlaridan biri boʻlgan muloqot va u orqali oʻzaro munosabatlar odamlar orasida umumiylik, oʻxshashlik, uygʻunlik kabi sifatlar paydo boʻlishiga olib keladi. Ayniqsa, oila muhitida shaxslararo munosabatlarning, chunonchi, ota-ona va farzand orasidagi munosabatlarning oʻzigaxos tomonlari shaxsning hayoti, faoliyatining samarasi va mazmuniga bevosita ta’sir etadi. Yosh avlodni tarbiyalashda asosiy ta’lim -tarbiya oʻchogʻi bu oila va maktabdir. Oilada bola tarbiyasi gʻoyat nozik va murakkab masala hisoblanib , bu ota-onadan odob, bilim, tarbiyani talab qiladi. Tarbiya ishi ta’lim muassasalari bilan oila hamda mahalla hamkorligida amalga oshiriladigan murakkab , mas’uliyatli vazifadir. Bolaning mustaqil va erkin inson sifatida rivojlanishi uchun birinchi navbatda oila mustahkamligini ta’minlash lozim. Oila jamiyat tayanchi ekanligini unutmasligimiz kerak. Oiladagi ta’lim -tarbiyani toʻldiruvchi bu maktab hisoblanadi. Sharq madaniyati va ma’naviyati shu qadar noyob, betakror va jozibali boʻlib, buning asosiy sabablaridan biri oʻzbek oilasining betakror muhiti, undagi an’analar, rasm-rusmlar va qadriyatlarning barhayotligidadir. Zero har qanday oila inson taqdiri va kamolotini, kelajagini belgilab beruvchi omil ekanligi bilan xarakterli hisoblanadi. Ayniqsa, undagi an’analar, milliy qadriyatlar ma’naviy boy, axloqan etuk, intellektual rivojlangan yuqori bilimli, jismonan baquvvat, hartomonlama kamol topgan shaxsni, ya’ni sogʻlom avlodni tarbiyalash, voyaga etkazishda ularning oʻrni va ahamiyati kattadir. Oila farovonligi-milliy farovonlikning asosidir. Oilada eng avvalo: halollik, rostgoʻylik, mehr-oqibat, or-nomus, sharmu-hayo, mehnatsevarlik kabi insoniy fazilatlar shakllanadi. Sharqda qadim-qadimdan oila muqaddas Vatan sanalgan. Agar oila sogʻlom va mustahkam boʻlsa, mahallada tinchlik va osoyishtalik hukm suradi. Oila va bola tarbiyasi muammosi hamma vaqt dolzarb masala boʻlib kelgan. Oila muhiti qanchalik axloq-odobning madaniyat qoidalari va milliy qadriyatlari asosida tashkil topgan boʻlsa, bolashaxsining toʻgʻri shakllanishiuchun shart-sharoit yaratilsa, shaxs shunchalik barkamol, komil inson boʻlib etishadi. Oʻzbek oilasidagi an’anaviy ta’lim-tarbiya namunalarini farzandlarimizga amaliy tarzda oʻrgatib, oilaviy munosabatlar madaniyatini yuksaltirishga da’vat etib shu orqali ota-ona va bolalar oʻrtasidagi munosabalarni oqilona tashkil etishga yordamlashish hammamizning vazifamizdir. Oʻzbek xalqi, mamlakatimizdagi boshqa qardosh xalqlar kabi Yoshlarga axloq tarbiyasini berishda oʻzining azaliy an’analariga ega boʻlgan. Bizning hozirgi kundagi vazifamiz esa, oʻtmishda avlodlar tomonidan yaratilgan eng yaxshi an’analarni oʻrganish va hayotimiz talablariga mos holda rivojlantirishdir. Tarbiya jarayonida mayda detal degan narsa boʻlmasligi kerak , chunki u oʻz oʻrnida gʻoyat muhim boʻlishi mumkin.” Bolani faqat u bilan gaplashganda, nasihat qilganda yoki unga biror narsa buyurgandagina tarbiyalayman deb oʻylamang. Siz bolani turmushingizning har bir lahzasida , hattoki oʻzingiz uyda yoʻqligingizda ham tarbiyalaysiz. Sizning qanday kiyinishingizni, boshqalar bilan va boshqalar haqida qanday gaplashishingizni, xursand boʻlishingiz yoki tashvishlanishingiz, doʻst va dushmaningiz bilan qanday muomala qilishingiz gazeta oʻqishingiz bularning hammasi bola uchun katta ahamiyatga ega" degan edi tarbiyashunos olim. Haqiqatdan ham inson farzandida shunday bir narsa borki, u oilada olgan tarbiyasini bir umr unutmaydi va doim oʻsha ishga taqlid qilib yashaydi. Dono xalqimizda bir maqol bor "Qush uyasida koʻrganini qiladi". Shunday ekan farzandlarimizga yoshligidan katta e’tibor berishimiz lozim.Qadimiy, tarixiy manbalar, xalq ogʻzaki ijodi materiallari, sharq klassiklarining ta’lim-tarbiyaga oid asarlarini sinchiklab oʻrganish shuni koʻrsatadiki, oʻzbek xalqi qadim zamonlardan boshlab farzandni tarbiyalash sohasida oʻziga xos an’analarga ega boʻlgan. Ota-onalarning bolalarni sevishi, oʻz navbatida farzandlarning ota-onani astoydil hurmat qilishi oila tarbiyasining koʻrki boʻlib hisoblangan. Sharq mamlakatlarida ayniqsa, ota-onalarning shaxsiy namunasi farzand tarbiyasining eng muhim usullaridan biri hisoblangan. SHunga koʻra, oʻgʻil bolalar yurish-turishi, oʻzaro muomalasi, erga ishlashi va kasb egallashda otasiga oʻxshashlikka harakat qilgan. Ota kasbini egallash yaxshi tarbiyaning natijasi hisoblangan. Qizlar esa uyni saranjom-sarishta tutish, turli taomlar tayyorlash, toʻqish va tikish, mehmon kutish kabi ishlarda onasiga oʻxshashga harakat qilganlar. An’anaga koʻra, farzandlar yurish-turishi va oʻzaro munosabat qoidalari, Yoshlarning ota-onava kattalar oldidagi burchi, mehnati,kasb-kori va ularning inson hayotidagi roli haqidagi dastlabki tushuncha va tasavvurlarni oilada olganlar. Hayot tajribasini koʻrsatishicha, jamiyatning ravnaqi,gullab-yashnashi, farovon hayotning asosiy mezoni axloq-odob boʻlib hisoblangan. Shuning uchun ota-bobolarimiz oilaga, oilada bola tarbiyasiga, ularning ma’naviy kamoliga, axloqiga katta e’tibor berib kelganlar. Demak, jamiyat mustahkam, ma’naviy va axloqiy jihatdan sogʻlom oila boʻlishidan manfaatdordir. Shunday ekan, kattalarning farzand tarbiyasi yuzasidan mas’uliyatini, salohiyatini kuchaytirish, ularningpedagogik layoqatini oshirish, oilaviy va ijtimoiy tarbiya birligini ta’minlash davr talabidir. Oiladagi nosogʻlom muhit juda koʻp illatlar qatori, odamning oʻz salomatligi holatiga boʻlgan munosabatini salbiy tomonga oʻzgartirib yuborishi mumkin. Bunday oʻzgarishlarning ham turlicha sabablari bor. Masalan, agar oila a’zolari ma’lum sogʻlom turmush tarziga oʻrgangan boʻlsalar ham, biror sabab bilan shu oilada nizo,janjal kelib chiqsa, bu holat barcha oila a’zolari tafakkurining salbiy tomonga oʻzgarishiga olib keladi. Bu oʻz navbatida umuman faollikning pasayishini keltirib chiqaradi. Demak, oʻzaro muomaladagi sogʻlom ruhiyat, samimiyat mavjud ijobiy odatlarning barqarorligini kafolatlaydi. Agar oilada muhit yaxshi boʻlmasa ya’ni ota-ona farzandlariga befarq boʻlib va har doim janjallar sodir boʻlaversa bu bolaning tarbiyasiga, rivojlanishiga qattiq ta’sir koʻrsatadi. Chunki oila farzandning dastlabki tarbiya maktabidir. Afsuski, oramizda shunday ota-onalar ham uchraydiki, bolaning hamma talab -ehtiyojlariga haddan tashqari e’tiborli boʻlib, barcha oʻjarliklarini koʻtaradilar. Natijada bola kelajakda yomon xulqli, jamiyatga zarari tegadigan inson boʻlib qoladi. Ana shunday muammolar kelib chiqmaslikning oldini olish uchun biz boʻlajak yosh avlodga toʻgʻri tarbiya berib, ularga adolatlilik, toʻgʻri soʻzlilik, haqqoniylik va hurmat-izzatni oʻrgatishimiz lozim



  1. Download 142,55 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 142,55 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Oʻquvchilarda shaxslararo muloqot madaniyatini shakllantirishda oilaning o‘rni

Download 142,55 Kb.