• 27-mavzu:Bolalar kiyimini applikatsiya bilan bezash . Reja
  • Tayanch iboralar: Applikatsiya ,tikish jarayoni, gazlama, qaychi, ip,bezak
  • Bolalar kiymini konstruksiyalash va modellashtirish




    Download 5,63 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet135/153
    Sana22.08.2024
    Hajmi5,63 Mb.
    #269784
    1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   153
    Bog'liq
    Bolalar kiymini konstruksiyalash va modellashtirish Xojiyeva Nargiza Ahmadjanovna

    Mashg’ulot yakuni
     
    1.Faol ishtirok etgan o’quvchilarning javoblarini izohlab
    baholaydi va rag’batlantiradi
    Uyga vazifaning berilishi
     
    2.Kelgusi mashg’ulotga vazifa va uni bajarish yuzasidan 
    yo’riqnoma beradi
    Baholari bilan 
    tanishadilar
    Vazifani yozib 
    oladilar


    27-mavzu:Bolalar kiyimini applikatsiya bilan bezash

    Reja: 
    1.
    Applikatsiya haqida ma’lumot 
    2.
    Applikatsiya tikish uchun asbob va moslamalar 
    3.
    Applikatsiya turlari 
    4.
    Gazlama bo’laklaridan applikatsiya tayyorlash 
    Tayanch iboralar:
    Applikatsiya ,tikish jarayoni, gazlama, qaychi, ip,bezak,
     
    Applikatsiya ishlarini mashinada yoki qo'lda bajarish mumkin. Qo‘lda applikatsiya 
    ishlarini bajarish uchun juda oddiy asboblar kerak bo‘ladi. Bular: igna, angishvona, qaychi, 
    santimetr lentasi, gardish, bundan tashqari, millimetrlangan qog‘oz, kalka, ko'chirish rangli 
    qog'ozi. 
    Applikatsiyani bajarishda ignalar to‘plami bilan ishlagan ma’qul. Yupqa gazlamalarni 
    tikishda 3- va 5- raqamli ignalardan, qalin gazlamalarni tikishda esa birmuncha kattaroq 
    bo‘lgan 4- va 6-raqamli ignalardan foydalanish kerak. Ignalarning ko‘zi katta bo‘lsa, bir 
    necha qavat ipni o‘tkazish oson bo‘ladi. 
    Applikatsiyani bajarishda turli xil rangdagi va sifatdagi iplardan, ya’ni 40- va 50- 
    raqamli g‘altak ipdan tortib to jun va muline iplarigacha foydalaniladi. Bunday ip turlaridan 
    ko‘p miqdorda to‘plab qo‘yilgani ma’qul, chunki bajarilayotgan bitta applikatsiya uchun bir 
    necha xil rangdagi ipdan bir vaqtning o‘zida kerak bo'lishi mumkin. 
    Shuningdek, applikatsiyani tikish jarayonida ikki-uch xil o‘lchamdagi o‘tkir qaychilar 
    yupqa gazlamalar va qiytimlarni bichish uchun, og‘ir qaychilar esa qalin va zich 
    gazlamalarni bichish uchun kerak bo‘ladi. 
    Ayrim hollarda (agar applikatsiya yopishtiriladigan bo‘lsa) zig-zag qaychilardan ham 
    foydalaniladi. Applikatsiya nusxalarini tayyorlashda ishlatiladigan qog‘ozlar uchun alohida 
    qaychi ishlatilgani ma’qul, aks holda gazlama uchun ishlatilayotgan qaychi tezda o‘tmas 
    bo'lib qoladi. Applikatsiya bilan ishlash jarayonida charm va zamsh materiallari bilan ham 
    ishlanadi, shuning uchun bu ishlar uchun poyafzalchilar qaychisidan foydalanish kerak. 
    Ish jarayonining bir tekisda borishi uchun maxsus papkaga solingan karton qog‘ozi, 
    kalka, ko'chirish rangli qog‘ozlari, shuningdek, maxsus idishchada to‘g‘nog‘ichlar, lineyka, 
    santimetr lentasi va detallaming ovalsimon shakllarini chizishda ishlatiladigan turli xil 
    lekalolar to‘plami bo'lgani ma’qul. Turli xil rasmlami gazlamalarga belgilash uchun 
    yumshoq oddiy va rangli qalamlar (oq rangli qalam ham), o‘tkirlangan sovun qoldig‘i va 
    bo‘r kerak bo‘ladi. 
    Applikatsiyani yupqa chit, satin, shoyi va boshqa gazlamalardan tikishdan oldin 
    gazlamalami kraxmallab, yaxshilab dazmollanadi. Gazlamani kraxmallash quyidagicha 
    bajariladi: bir osh qoshiqdagi kraxmalni uncha ko‘p bo‘lmagan sovuq suvda eritiladi. Hosil 
    qilingan massaga 1 litr qaynagan suv asta-sekin qo‘shiladi, bunda massa bir tekis bo'tqa 
    (yelim) shakliga kelishi kerak. Olingan yelim tiniq, shaffof va yopishqoq bo‘lishi kerak. 
    Agarda yelim loyqa va yopishqoq bo‘lsa, bo'tqa (yelim)ni 3 daqiqa davomida past olovda 
    qaynatish zarur. 


    Shundan so‘ng yelimni oz miqdordagi sovuq suvga qo‘shib aralashtiriladi va unga 
    kraxmallanadigan hamda oldindan yuvib olingan nam gazlama bo‘lagi solinadi. Gazlamani 
    siqiladi va quritiladi. Qurigan gazlamani bir oz namlab dazmollash kerak. Kraxmallangan 
    gazlamalar baland bo'lmagan haroratda dazmollangani ma’qul. 
    Applikatsiya tayyorlash jarayoni ma’lum bir ketma-ketlikda bajariladi. Avvalo 
    applikatsiya mavzusi tanlanadi va shunga asosan eskiz chiziladi, so‘ngra rang tanlanadi, 
    shakl kesiladi, asosga joylashtiriladi va kashta tikib mahkamlanadi. 
    Ko‘chirish rangli qog'ozi yordamida butun bezak 
    asosiy gazlamaga, uning detallari esa tayyorlangan gazlama 
    parchasiga tushiriladi. Bezak detallami qirqib olinib, 
    detallaming chetki qirqimlari bo‘ylab asosiy gazlamaga shu 
    gazlama rangidagi muline yoki oddiy ipda igna 
    oldinlatilgan chok hamda mayda qaviq bilan ilintirib 
    ko‘klab chiqiladi. Bunda detallardagi gazlama ipining 
    yo‘nalishi asosiy gazlama ipining yo‘nalishiga to‘g‘ri 
    kelishiga ahamiyat beriladi. Keyin bu detallar chetini igna 
    oldinlatilgan chok qaviqlami yopib turadigan qilib asosiy 
    gazlamaga tekis chok qaviqlari petlya chok yoki popop 
    chok bilan tikib chiqiladi (26- rasm). 
    Ba’zan applikatsiya detallari buyumga yopishtiriladi. Buning uchun polietilen 
    plyonkasi gazlamadan qirqilgan detalga qaraganda 2—3 mm kattaroq qilib qirqib olinadi. 
    Asosiy gazlamaga plyonka qo‘yiladi, uning ustiga bezak bichilgan gazlama parchasini 
    qo‘yib, juda qizib ketmagan dazmol bilan bosib yopishtiriladi. Plyonka erib, asosiy bezak 
    detalga gazlama parchalarini yopishtiradi. Shuningdek, hozirgi vaqtda tikuvchilik sohasida 
    ko‘p ishlatiladigan tasmali, ikki tomonlama yopishadigan maxsus yelimli qotirmalardan 
    foydalanish mumkin. Uni applikatsiya detallariga moslab bichib olinadi so‘ngra asosiy 
    gazlama ustiga qo‘yiladi, uning ustidan applikatsiya detallari qo'yilib, qizib ketmagan 
    dazmol bilan bosib yopishtiriladi. 
    Qalin gazlamalardan applikatsiya tikishda kashta detallarini oldin karton qog'ozga 
    ko‘chirib, qirqib olinadi. Tayyor bo‘lgan trofaretni gazlama ustiga qo‘yib, rang qalam bilan 
    chizib chiqiladi va qirqiladi. Movut, fetr, zamsh, drapdan tayyorlangan bezak detallarini 
    asosiy gazlamaga tikmay, o‘rtasiga tugma, munchoq kashta tikib mahkamlab qo‘ysa ham 
    bo'ladi. 
    Gazlama 
    parchalaridan 
    kvadrat, 
    to‘g‘ri to‘rtburchak, doira, yarim doira 
    shaklida qirqib olib, petlya chok bilan tikib 
    poyondoz, divan yostig‘iga jild, yopinchiq, 
    sumka va boshqa buyumlar yasash 
    mumkin. Bu usulda kalta kelib qolgan 
    yubka 
    yoki ko‘ylakni bezab uzaytirsa ham bo‘ladi. Bunday buyumlarni tikish uchun eskirgan palto 
    yoki kostyum gazlamalarini ishlatish ham mumkin. 
    Applikatsiya ishlarini qo‘lda yoki mashinada bajarish mumkin. Qo‘lda bajarilganda 
    bezak detallami bichish jarayonida hech qanday chok haqlari qoldirilmaydi, chunki bezak 
    detaining chetki qirqimlari bo‘ylab turli choklarda asosiy gazlamaga yopishtirib tikiladi (27- 
    rasm). 


    Applikatsiyani mashinada bajarishda esa bezak detallar atrofidan 1—2 sm chok haqi 
    qoldirib bichiladi, chunki bezak detalni asosiy gazlamaga tikishda chok tekis chiqishi uchun 
    bezak detal chetidan chok haqi miqdorida ichkaridan tikiladi, so'ngra ortiqcha chok haqlari 
    bir tekisda qirqib tashlanadi (28- rasm). 
    Bolalar sovg‘asi uchun qopchani tayyorlash (29- rasm). Yo‘lbarsli qopcha uchun 
    quyidagi gazlama bo‘laklari kerak bo‘ladi (29- 
    rasm): 
    1.qizil chiyduxoba (30x40 sm); 
    2.yashil satin (10x10 sm); 
    3.zarg‘aldoq satin (20x15 sm); 
    4.qora jun gazlama (gazlama qoldiqlari); 
    5.bog‘lash uchun tasma (70 sm). 
    6..Chiyduxobadan tomonlari 36x25 sm o'lchamda 
    to‘g‘ri to'rtburchak bichib olinadi. 
    7.Rasm va andozalami tayyorlanadi. 
    8.Zarg‘aldoq satin bo‘lagiga qalam yoki sovun 
    qoldig‘i yordamida yo'lbars shakli tushiriladi. 
    9.Butun chekka chiziqlaridan 1 sm dan chok haqi 
    qoldirib, yo‘lbars shakli bichib olinadi. 
    10.Bichilgan 
    yo‘lbarsni chiyduxoba ustiga 
    qo‘yib, uning chetlari bo‘ylab ko'klab chiqiladi. 
    11.Ko‘klov choklari bo‘ylab 2—3 mm li zig-zag 
    chokda yo'lbars chetlarini yopishtirib tikiladi. 
    12.Ortiqcha chok haqlari qirqib tashlanadi. 
    13.Qora rangli gazlama bo'laklarida yo‘lbarsning yo'llari, bumi va qoshlari chiziladi, so'ngra 
    1 sm chok haqi qoldirib bichiladi. 
    14.Bichilgan har bir detal birin-ketin rasm bo‘yicha joylashtiriladi, ko'klab chiqiladi, zig-
    zag chokda mashinada tikiladi va ortiqcha chok haqlari qirqib tashlanadi. 
    15.Ko‘zlari yashil satindan bichilib, ko‘z qorachig'i bilan birgalikda rasm bo‘yicha tikiladi. 
    16.Yo'lbarsning og'zini zig-zag chokda shakldor qilib tikiladi. 
    17.Archaning qavatlarini yashil satindan bichib olinadi va pastdan yuqoriga qaratib ketma-
    ketlikda qavat-qavat qilib tikiladi. 
    18.Tayyor applikatsiyani teskari tomonidan namlab-isitib dazmollanadi. 
    19.Chiyduxobani o‘ngini o‘ngiga qilib ikkiga bukiladi va to‘g‘ri chok bilan birlashtirib 
    tikiladi, chok haqi yo‘rmab qo'yiladi. 
    20.Qopchaning yuqori qirqimi bukib tikiladi va lenta tasmasi o'tkaziladi. 
    Bolalar sovg‘asi uchun yo‘lbarsli qopcha tayyor bo‘ldi. 

    Download 5,63 Mb.
    1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   153




    Download 5,63 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bolalar kiymini konstruksiyalash va modellashtirish

    Download 5,63 Mb.
    Pdf ko'rish