lozim bo'lgan jihozlar tayyorlanadi. Yoshiga qarab sayohat muddati 20 minutda 1,5
soatgacha davom etkazish mumkin. Jismoniy madaniyat bayramlari bayram kunlari
(yangi yil, Navro'z, Mustaqillik, Konstitutsiya va boshqa kunlar)ga bag'ishlab yoki
bog'chadan maktabga kuzatish, bitiruv kechasi va boshqalar tarzida o'tkaziladi. Har
xil o'yinlar, raqslar, musiqa bilan bajariladigan jismoniy mashqlar bayram dasturi
ssenariy-siga kiritilishi mumkin.Jismoniy mashqlar bilan individual shug'ullanish
mashg'ulotlari tibbiy xodim yordamida bolalar jismoniy tayyorgarligini hisobga olgan
xolda o'tkaziladi. Bu mashg'ulotlarda tana tuzi-lishida nuqsoni borlar yoki surunkali
xamda, yurak tomir tizimida kasali borlarni shug'ullanishi uchun qulay imkoniyatlar
bor. Uni davom etish muddati kasallarni jismoniy tayyorgarligi darajasiga bog'liq.
Mashg'ulotlar davomida shifokor maslahati asosiy rolni o'ynaydi.
Jismoniy mashqlar bilan mustaqil shug'ullanish mashg'ulotlari bolalarga o'zlari
yaxshi ko'rgan jismoniy mashqlar bilan mashg'ul bo'lish imkoniyatini beradi. Buning
uchun tarbiyachi ularga jihozlangan gimnastika shaxarchasi yoki maxsus bolalar
maydonchasidek, suzish xavzasi, sport jihozlari va anjomlarini tayyorlab
qo'ygan.Mashg'ulot paytida tarbiyachi bolalarga rollarni ajratib qo'yishi lozim bo'lgan
samarani beradi.Yasli va bolalar bog'chasida umumiy ish rejasi tuzilib unda jismoniy
tarbiya tadbirlari belgilanadi. Bu bo'limda jismoniy tarbiyaning asosiy maqsadi
yoritiladi va uni bajarilishi uchun aniq vazifalar belgilanadi. Vazifalar har xil bo'lishi
mumkin: suzishni o'rgatish, velosiped, samokat, roliklik konkida yurishni o'rgatish va
boshqalar. Buning uchun tarbiyachilar oldindan maslahatlashib, basseyn to'ldiriladi
yoki sayohat manzili tanlanadi. Tarbiyachi dasturni kvartal, oylar va haftalarga bo'lib
reja tuzadi va o'sha reja asosida jismoniy tarbiya jarayonini borishini boshqaradi.
Rejelashtirishda bolalarning jismoniy tayyorgarligi e‘tiborga olinishi shart. Yasli va
bog'chada yiliga 3-4 marta jismoniy tayyorgarligini o'sishini tizimli hisob-kitob
ishlari olib boriladi va jismoniy sifatlarini rivojlanishini nazorati yo'lga qo'yiladi. Ana
shunga asoslanib tarbiyachi maktabga yo'llanma olgan bola haqida hisobot yozadi.