Yurak-tomir tizimi
boshqa tizimlarga nisbatan oldinroq faollik ko‘rsata
boshlaydi. Bola tug‘ulishda yurak-tomir tizimi ancha yetuk bo‘ladi. Bolalarda qon-
tomirlari kattalarnikiga qaraganda ancha kengroq. Shu munosabat bilan qon bosim
kamroq, lekin u yurak qisqarish chastotasi bilan moslashib boradi. Yurak qisqarish
ritmi oson buziladi. Yurak kuchlanishi ishdan tez charchaydi va tez o‘zgaruvchan
faoliyatga birdan moslasha olmaydi. Kichkina bolalarda puls juda tez daqiqasiga 140-
160 marta uradi. Asta-sekin u kamayib boradi, 7 yoshga to‘lganda daqiqasiga 95-85
zarbaga yetadi. Bularni hisobga olgan holda yurak mushaklarini, shuningdek butun
tomirlar, jumladan, miya tomirini ham mustahkamlashga harakat qilish kerak.
Yurakka qon oqishini kuchaytirib, uning qisqarish ritmini yaxshilash, birdan o‘zgarib
qoluvchi jismoniy yuklanishga tezda moslashuv qobiliyatini rivojlantirish zarur.
Nafas olish tizimi.
Bolalarda yuqori nafas olish yo‘llari nisbatan tor, uning
shilimshiq qobig‘i limfatik va qon tomirlariga boy, noqulay sharoitlarda shishib,
nafas olishni keskin buzadi. O‘pka hujayralari juda nozik. Ko‘krak qafasining
harakatchanligi cheklangan. Qovurg‘alarning gorizontal joylashuvi va nafas olish
muskullari sust rivojlangan (chaqqaloq bolalar daqiqasiga 40-35 marta, 7 yoshlilar
yesa 24-22 marta nafas oladilar). Sayoz nafas olishda o‘pkaning yaxshi havo
almashtirib bo‘lmaydigan qismida havo turib qolishi ro‘y beradi.
Ko‘rsatilgan xususiyatlarga bog‘liq holda ko‘krak qafasi chuqur nafas olishi, nafas
olish ritmini muqarrar yetishi, o‘pkaning hayotiy sig‘imini oshirish zarur bo‘lib
qoladi. Undan tashqari bolalarni burin orqali nafas olishga o‘rgatish zarur. Burun
orqali nafas olganda havo maxsus asbob nuqtalariga ta‘sir yetadi, natijada nafas olish
markazi qo‘zg‘alishi yaxshilanadi, chuqurroq nafas olinadi. Og‘iz orqali nafas
olganda sovuq havo nafas olishning shilimshiq qobig‘i (mindalin)ga ta‘sir yetib,
uning kasallanishi, natijada organizmga og‘riq beruvchi bakteriyalar tushishi
mumkin. Agar bola burin orqali nafas olsa, shilimshiq qobiqdagi qilchalar xavodagi
changni ushlab qoladi, shunday qilib havo tozalanadi. Bolalarda, ayniqsa yosh
bolalarda ovqat hazm qilish organlari yetarlicha rivojlanmagan. Muskul qobig‘ining
kuchsizligi natijasida ichak harakat faoliyati kichkina va tez buziladi. Ichakning tekis
muskul to‘qimalarini mustahkamlash, uning to‘g‘ri ishlashini ta‘minlash zarur.Teri
ichki organlarini va to‘qimalarni ularga mikroorganizlar kirishidan saqlaydi va ter
chiqarish organi hisoblanadi, issiqni boshqarish va nafas olishda qatnashadi. Bolalar
terisi juda nozik va tez yaralanadi. Shu munosabat bilan bola terisini jarohatlanishdan
saqlash va uning (issiq almashinuvchi va himoyachi) funksiyasini to‘g‘ri
rivojlantirishga imkon berish zarur.Bola tug‘ilishda uning asab tizimi o‘zining bir
qancha funksiyalarini bajarishga tayyor yemas. Vegitativ asab tizimi ancha
rivojlangan. Bolalar ko‘zg‘alish va tormozlanish uchun tekis bo‘lmagan jarayonlari,
kam harakatchanlik tormozlanish ishga ko‘ra qo‘zg‘alish yuqoriroq yekanligiga
hosdir.
Shu
munosabat
bilan
maktabgacha
yoshda
asab
jarayonini
takomillashtirishga, faol tormozlanishini, shuningdek harakat analizatorlari, sezgi
organlarini rivojlantirishga imkon berish zarur. Maktabgacha yoshdagi o‘quvchilarda
issiqni boshqarish kam rivojlangan bo‘lgani uchun organizmni tashqi muhitni
noqulay sharoitlarga (suv, havoning past va harorati, quyosh nuri ta‘siriga), ya‘ni
chiniqishini tavsiya yetadi. O‘zbekiston o‘quvchi yoshlarni tarbiya konsepsiyasida
ko‘rsatilganiga ko‘ra maktabgacha tarbiya maqsadi bolani shaxs sifatida oyoqqa
turg‘azishdir, oldindan tuzilgan dasturga asosan qayta qurish yemas. Jamoa
maktabgacha tarbiya tizimi oilaviy tarbiya bilan bog‘liq holda olib borilganidagina,
uni to‘ldiruvchi bo‘lgandagina, oiladan ajratilmagan holdagina bolalarga yordam
berish mumkin. Maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalashda etnik va
etnopsixologik xususiyatlarni hisobga olish zarur. Bolaning psixik va shaxsiy
rivojlanishida oiladagi tarbiya o‘zining ahamiyati jihatidan yuqori bo‘lishi kerak.
Oilada bola birinchi marta o‘z halqining madaniyati va turmushi bilan to‘qnashadi,
milliy odatlarini o‘zlashtira boradi. Oiladagi tarbiya bola himoyasini amalga oshiradi,
va jismoniy va hissiy qulayliklar yaratadi. Shu narsani ta‘kidlash kerakki,
umumittifoq dasturi O‘zbekiston sharoitida oqlanmadi. Mintaљa xususiyati
(jug‘rofiyasi, yil fasllarining davomiyligi), jismoniy tarbiya tizimiga original
yondashishni talab etadi, uning muvaffaqiyati bo‘lishiga o‘quvchining psixologiyasi
va sog‘ligi ko‘p jihatdan bog‘liq bo‘ladi. Iqlim sharoiti o‘quvchilar faoliyatining ko‘p
qismini ochiq havoda tashkil yetishga imkoniyat yaratadi (bunga hamma amaliy
mashg‘ulotlar kiradi).
O‘quvchilar faoliyatini mumkin qadar tabiiy shakllarga yaqinlashtirish bolaning
harakatga bo‘lgan talabini hisobga olishdir. O‘quvchining o‘z kuchiga qarab ishga
jalb yetish har doim ham yemosional hissiyotini hosil qiladi hamda faollikdagi
bolalar talabini amalga oshiradi. Tarbiya muassasalarida yoshlikdan boshlab sog‘liqni
saqlashni odatga kirita borish kerak. Bolani sog‘lom, chaqqon, mard, kuchli bo‘lishi
kun tartibiga rioya qilish, harakatli halq o‘yinlarini sevib bajarishi uchun sharoit
yaratish kerakki, unda irodalilikni namoyon yetishga, jismoniy va psixologik
xarakterdagi qiyinchilikni yengishga intilish zarur. Bunda qiz va o‘g‘il bolalarni
jismoniy tarbiya asosida kelajakdagi qiz va yigitlarning sifatlarini tarbiyalab, o‘ziga
hos xususiyatlarni hisobga olish zarur. Juda kichik yoshdan boshlab bolalarda sog‘liq
uchun zarur ko‘nikmalarni shakllantirib borish darkor. Gigiyenik tarbiyalarda
kelajakdagi sog‘lom turmush kechishi uchun qo‘yilgan yo‘riqlarni shakllantirish
uchun zarur bo‘lgan ozodalik madaniyati asosdir.Gigiyenik va jismoniy salomatlik
ko‘p jihatdan sog‘liqni saqlash va halq ta‘limining birgalikda olib boriladigan
ishlariga bog‘liqdir. Yuqorida aytilganlarni hisobga olib O‘zbekiston Davlat jismoniy
tarbiya oliygohi ilmiy-metodik laboratoriyasi Farzandingiz sog‘lom bo‘lishini
istasangiz deb nomlangan, 3-6 yoshli bolalarga mo‘lljalangan, oilada o‘tkaziladigan
jismoniy mashqlar qo‘shimcha mashg‘ulotlari haqida metodik tavsiyanomalar
shuningdek, bolalarda jismoniy madaniyat va sport, mustaqillikni tarbiyalash
sohasidagi bilimlarni shakllantirish bo‘yicha o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqdilar.
2.
|