1.2.2-rasm. Bo’lajak o’qituvchilarda sanogen tafakkurni rivojlantirishning
sub’ektiv (psixologik) omillari
Sanogen tafakkurni rivojlantirish emotsionallik bilan uzviy bog’liq. Shaxsdagi
salbiy his-tuyg’ularni yo’qotish, o’rnini ijobiylari bilan to’ldirish zarur. Masalan,
talabalarda insonparvarlik va sub’ektivlik tamoyiliga asoslangan muloqot uslubini
shakllantirish kerak. Shu bilan birga talabada turli vaziyatlarda o’ziga ishonch bilan
qarash tuyg’usini tarkib toptirish zarur. Agar, insonparvarlik – bu boshqalarga
nisbatan munosabatni ifodalasa, sub’ektivlik esa o’z-o’ziga ishonch, o’z-o’ziga
munosabatni anglatadi. Ya’ni, talabada real ma’nodagi «Men» hissini hosil bo’lishiga
xizmat qiladi. O’zaro hurmat va ishonchdan tashqari bir his-tuyg’udan voz kechish va
o’rniga boshqasini chaqira olish, xavotirlanish, bezovtalik va qo’rquvni boshqara
olishga o’rgatish ham muhim psixologik omillarning emotsional jihatlari bilan
bog’liqdir.
Sanogen tafakkurni rivojlantirishga ta’sir etuvchi subyektiv (psixologik) omillar
Kognitiv soha
Emotsional soha
Motivatsion
Eksiztensional soha
Bilish
Tushunish
Anglash
Baholash
O’z-o’zini tahlil
etish
O’z-o’zini baholash
O’z-o’zini anglash
O’z-o’zini
boshqarish
Maqsad
Ehtiyoj
Ustanovka
Munosabat
“Men” – yomon,
“Siz” – yaxshi;
“Men” – yomon,
“Siz” – yomon;
“Men” – yaxshi,
“Siz” – yomon;
“Men” – yaxshi,
“Siz” – yaxshi.
39
Sanogen tafakkurni rivojlantirish ekzistentsional yondashuvni talab qiladi va bu
o’z-o’zidan shaxsda “Men” obrazining shakllanganlik darajasi bilan to’g’ridan-to’g’ri
bog’liqlik kasb etadi. Ekzistentsional yondashuvga ko’ra, bizda to’rtta asosiy shaxsiy
pozitsiyalar mavjud. Bular:
1) Men “yomon”, Siz “yaxshi” (ruhiy tushkunlik);
2) Men “yomon”, Siz “yomon” (umidsizlik);
3) Men “yaxshi”, Siz “yomon” (ustunlik);
4) Men “yaxshi”, Siz “yaxshi” (muvaffaqiyat). “Men” obrazining to’rtinchi
pozitsiyasi bu mutlaqo sog’lom fikrlashga ega bo’lgan shaxs pozitsiyasi hisoblanadi.
Aslida, ko’plab insonlarda sog’lom fikrlash ko’nikmalari mavjud bo’lsa-da,
barqaror emas. Chunki ular tez-tez bir pozitsiyadan boshqasiga o’tib turishadi.
Bunday tipdagi insonlarga mustaqilikka va emotsional barqarorlikka ega bo’lmagan
shaxslar mansubdir. Shunday qilib, ekzistentsional soha insonning jismoniy va ruhiy
holatini boshqarish hamda ularni kerakli darajada ushlab turish qobiliyati bo’lib, his-
tuyg’ular va harakatlar, so’zlar va harakatlarning uyg’unligi bilan tavsiflanadi. Ushbu
soha shaxsga boshqa insonlar bilan muayyan munosabatlarga kirishishga yordam
beradi. Chunki, shaxsning jamiyat a’zolari bilan munosabatlarga kirishishi ijtimoiy
zaruriyat sifatida belgilanadi.
Bo’lajak o’qituvchilarning sanogen tafakkurini rivojlantirishda pedagogik
omillarning yetakchiligini ham alohida e’tirof etish zarur. Mazkur omillar yuqorida
bayon etilgan ob’ektiv va sub’ektiv omillarni o’zida birlashtirib, yaxlitlik kasb etadi.
Sanogen tafakkurni rivojlantirishda talabalarning o’quv-bilish faoliyatini tashkil etish
va boshqarish, interfaol ta’lim muhitini yaratishda talaba shaxsiga yangicha
yondashuv, muloqot uslubi, o’qituvchi faoliyatini modernizatsiyalash muhim
ahamiyat kasb etadi (1.2.3-rasmga qarang).
Bo’lajak mutaxassis kadrlarni tayyorlash sohasidagi davlat siyosatining asosiy
maqsadi - intellektual va ma’naviy axloqiy tarbiya bilan uzviy bog’liq ravishda
uzluksiz ta’lim tizimi orqali har tomonlama rivojlangan shaxsni tarkib toptirishni
ko’zda tutadi. Shundan kelib chiqib, bo’lajak o’qituvchilarda sanogen tafakkurni
rivojlantirishning muhim omillaridan biri bu pedagogik jarayonning talaba shaxsiga
40
nisbatan “sub’ekt-ob’ekt” munosabatida emas, aksincha, “sub’ekt-sub’ekt”
munosabatida tashkil etilishidir.
|