46
shaklga kiradi va odamlarning o’zaro fikr almashish vositasiga aylanadi. Boshqacha
aytganda, til fikrning bevosita voqe bo’lish shaklidir.
Tafakkur o’ziga xos shakllarda namoyon bo’lib, ma’lum qonuniyatlarga
asoslanadi. Tafakkur shakllari – fikrning mazmunini tashkil etuvchi elementlarning
bog’lanish usuli bo’lib, u tushuncha, hukm (mulohaza) va xulosa chiqarish shaklida
mavjud bo’ladi.
Tafakkur va uning o’ziga xosliklariga asoslangan holda, «sanogen tafakkur» va
“patogen tafakkur” atamalari va uning tarkibiy qismlarining pedagogik talqinini
aniqlashtirish maqsadga muvofiqdir.
Kognitiv va ijodiy fikrlash ko’proq tashqi ob’ektga qaratilgan bo’lib, bunda
inson diqqatini o’ziga emas balki tashqi olamga yo’naltiradi. [Dj.Dyui, R.J.Sternberg,
K.Sternberg, Z.T.Nishonova, L.A.Qurbonova, Sh.T.Kubayeva]. Lekin, inson ko’p
holatda o’z hatti-harakatlarini, his-tuyg’ularini, kayfiyatini nazorat qilishi kerak.
Buning uchun u o’zini chuqurroq anglashi lozim. Har bir inson nafaqat o’zining his-
tuyg’ularini va xatti-harakatlarini nazorat qilishi, balki muayyan qoidalarga muvofiq
fikrlash tarzini ham nazorat qila olishi kerak. Mazkur holat bilan bog’liqlikda
pedagog-psixolog olimlar fikrlashning ikkita turini ajratib ko’rsatishadi: sanogen va
patogen [Yu.M.Orlov, S.N.Morozyuk, T.N.Vasilyeva, L.I.Adamyan, A.L.Rudakov,
V.N.Oparina].
Sanogen fikrlash ichki nizo, zo’riqish va xavotirni kamaytirib, his-tuyg’ularni,
ehtiyojlar va istaklarni boshqarishga imkon beradi va shunga ko’ra ijtimoiy maqbul
xulq-atvorni shakllantiradi. Yu.M. Orlov bunday fikrlashni sanogen fikrlash deb
ataydi. Aksincha, madaniyat talablari asosida dasturlashtirilgan, avtomatizm va
ijtimoiy stereotip asosidagi oddiy fikrlashga patogen fikrlash, ya’ni kasallik keltirib
chiqaradigan fikrlash deyiladi.
Sanogen va patogen fikrlash shakllarining mohiyatini yaxshiroq tushunish
uchun, ularning muhim xususiyatlarini ajratib, bir-biri bilan taqqoslash lozim (1.2.1-
jadvalga qarang).