|
-rasm. Materiallarni kirim qilishda baholash usullari
|
bet | 5/14 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 1,44 Mb. | | #236595 |
Bog'liq Toirova Gulasal1.2-rasm. Materiallarni kirim qilishda baholash usullari.
Materiallarni hisobdan chiqarish vaqtida baholash:
№4 «Tovar-moddiy zaxiralar» nomli BHMSning 7-bandiga muvofiq, zaxiralar hisobdan chiqarilish paytida quyidagi 3ta usuldan biri bo‘yicha baholanadi (yangi tahriri, O‘zR MV 52-sonli buyrug‘i bilan 15.06.2006-y. tasdiqlangan, O‘zR AV 1595 raqam bilan 17.07.2006-y. ro‘yxatga olingan) (1.3 - rasm). Bozor munosabatlari rivojlangan mamlakatlarda tovar-moddiy zaxiralarni baholashning quyidagi usullari ham qo‘llaniladi: keying partiya kirimga – birinchisi chiqimga (NIFO), bazisli va boshqa. Korxona tomonidan maxsus tartibda foydalaniladigan (qimmatbaho metallar, qimmatbaho toshlar va h.k.) va bir-birining o‘rnini bosmaydigan (ya’ni ular oddiy tarzda bir-birini o‘rnini bosmaydi) hamda maxsus loyihalar uchun ishlab chiqarilgan va mo‘ljallangan (foydalaniladigan) tovar-moddiy zaxiralar tegishli birligining identi-fikatsiyalangan tannarxi bo‘yicha baholanadi. Ushbu usulda maxsus xarajatlar tovar-moddiy zaxiralarning alohida turlariga olib boriladi. Ushbu usul maxsus loyihalarga mo‘ljallangan buyumlar uchun, ular sotib olingan yoki ishlab chiqarilganidanqat’i nazar, mos keladi. AVECO usuli bo‘yicha tovar-moddiy zaxiralar har birligining qiymati shunga o‘xshash zaxiraning davr boshida o‘rtacha o‘lchangan qiymatidan va davr davomida sotib olingan yoki ishlab chiqarilgan o‘xshash zaxira birligining qiymatidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Tovar-moddiy zaxiralar birligining qiymatini AVECO usuli bo‘yicha aniqlash shunga o‘xshash zaxiralar umumiy tannarxini ularning umumiy miqdoriga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi. Bunda umumiytannarx mos ravishda davr boshiga bo‘lgan tovar-moddiy zaxiralar tannarxi va miqdori va davr davomida olingan zaxiralarni tannarxi bilan miqdoridan tashkil topadi. O‘rtacha miqdor korxona tomonidan tanlangan usulga qarab, vaqti-vaqti bilan yoki zaxiralarning har bir yangi partiyasi olinishiga qarab hisob-kitob qilinadi.
1.3- rasm. Tovar-moddiy zaxiralarni baholash usullari.
FIFO usuli – bu birinchi kirim qilingan baho bo‘yicha chiqim qilish. FIFO usuli bo‘yicha hisobdan chiqarilayotgan tovar-moddiy zaxiralar tannarxiga birinchi navbatda sotib olingan yoki ishlab chiqarilgan zaxiralar qiymati olib boriladi. Tovar-moddiy zaxiralarning davr oxiridagi qiymati so‘nggi sotib olingan yoki ishlab chiqarilgan zaxiralarning umumiy qiymatidan iborat. Tovar-moddiy zaxiralarning hisobot davri oxiriga qiymatini aniqlash tovar-moddiy zaxiralarni hisobdan chiqarishda qiymatini aniqlash uchun qabul qilingan usuldan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. Tovar-moddiy zaxiralarni hisobdan chiqarishda qiymatini aniqlashning tanlangan usuli korxonaning hisob siyosatida aks ettirilishi lozim.
Asosiy vositalarni va nomoddiy aktivlarni baholash:
Asosiy vositalar ularni takror ishlab chiqarishda dastlabki qiymati bilan birga qoldiq va tiklash qiymati bo‘yicha hisobga olinadi. Qoldiq qiymati hisobda asosiy vositalarning real bahosini, ya’ni dastlabki qiymatidan eskirish summasini chegirib tashlagan holda hisoblash uchun qo‘llaniladi. Tiklash qiymati hozirgi haqiqiy xarajatlarni, ularning haqiqiy tannarxini tavsiflaydi. Asosiy vositalarning dastlabki qiymatini tiklash qiymatiga o‘tkazish qayta baholash orqali amalga oshiriladi. Asosiy vositalar obyektlarini baholash usullari №5 «Asosiy vositalar» nomli BHMSda belgilangan (O‘zR MVning 114-sonli buyrug‘i 9.10.2003-y., O‘zR AVda 20.01.2004-y. 1299-raqam bilan ro‘yxatga olingan) (1.4-rasm).
|
| |