Buxgalteriya hisobi tizimida baholash va kalkulyatsiyaning mazmuni, mohiyati va xususiyatlari




Download 1,44 Mb.
bet3/14
Sana15.05.2024
Hajmi1,44 Mb.
#236595
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Toirova Gulasal

1.1. Buxgalteriya hisobi tizimida baholash va kalkulyatsiyaning mazmuni, mohiyati va xususiyatlari
Baholash buxgalteriya hisobi obyektlarini qiymat o‘lchovida ifodalash usullaridan biri bo‘lib, xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliya-xo‘jalik faoliyatining pul o‘lchovidagi ko‘rsatkichlariga ega bo‘lish uchun qo‘llaniladi. Bozor munosabatlarining rivojlanishi natijasida bu usulni qo‘llashning ahamiyati yanada oshib bormoqda.
O‘zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi» qonunining 7-moddasiga muvofiq «Aktivlar, majburiyatlar, xususiy kapital, zaxiralar, daromadlar, xarajatlar, foyda, zararlar va ularning harakati bilan bog`liq xo‘jalik operatsiyalari buxgalteriya hisobining obyektlaridir».
Ushbu hisob obyektini yagona o‘lchov – pul o‘lchoviga keltirish uchun uni baholash, ya’ni pulda ifodalash zarur.
Baholash – bu har xil o‘lchovlarda ifodalangan hisob obyektlarini pul o‘lchoviga o‘tkazish usuli hisoblanadi.
Baholash tufayligina buxgalteriya hisobida har xil o‘lchovlarda ifodalangan hisob obyektlarini umumlashtirishga muvaffaq bo‘linadi. Masalan, asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, investitsiyalar, materiallar, chet el valutasi va hokazolar bitta umumlashtiruvchi o‘lchov – pul o‘lchovida ifodalanadi. Baholash yordamida xo‘jalik mablag‘lariga sarflangan va xo‘jalik jarayonlarida iste’mol qilingan, buyumlashgan va jonli mehnat xarajatlarini haqqoniy aks ettirish ta’minlanadi. Shuning uchun baholash – bu har xil o‘lchovlarda ifodalangan hisob obyektlarini pul o‘lchoviga o‘tkazish usuli.
Buxgalteriya hisobida xo‘jalik mablag‘larini baholashning negizini ularning haqiqiy tannarxini hisoblash tashkil etadi. Tannarx shakllanishi va ishlab chiqarishning alohida uchastkalaridagi boshqa qiymat o‘lchovlarining shakllanishi to‘g‘risida to‘laroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun baholashning boshqa usullari ham qo‘llaniladi. Masalan, asosiy vositalar nomoddiy aktivlar, ularni sotib olish, qurish va barpo qilish dastlabki qiymati bo‘yicha hamda eskirishi chegirib tashlangan qoldiq, ya’ni sof qiymati bo‘yicha baholanadi. Eskirish yoki amortizatsiya hisoblash asosiy vositalarning bahosini aniqlashtirish usuli hisoblanadi. Xomashyo va materiallar, boshqa tovar-moddiy zaxiralari haqiqiy tannarxi bilan bir qatorda ulgurji narxlari, normativ tannarxi bo‘yicha; tayyor mahsulotlar-ishlab chiqarish reja tannarxi va normativ tannarxi bo‘yicha baholanadi. Ish haqi hisoblash mohiyatiga ko‘ra mehnat o‘lchovini pul o‘lchoviga o‘tkazish usuli hisoblanadi. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatida ishtirok etadigan va ishlatiladigan mablag‘lari mehnat qurollaridan, mehnat buyumlaridan va jonli mehnat sarflaridan iborat bo‘lib, ularning tashkil topish manbalari ham o‘lchov birliklari ham har xil ko‘ri nishga ega. Masalan, korxona xo‘jalik faoliyatida ro‘y beradigan
xo‘jalik jarayonlari natijasida mablag‘ va ular tashkil topish manbalari ham miqdor, ham hajm jihatdan o'zgarishi ham tabiiy holdir. Ularning buxgalteriya hisobini
yuritish uchun yagona o‘lchov birligi foydalanish zarur bo‘ladi. Shuning uchun xo‘ja lik mablag‘lari va ularning manbalari tarkibida qanday o‘zgarish lar bo‘lganligini bilishdan oldin, amalga oshirilgan xo‘jalik mu omalalarini uzluksiz kuzatishlar natijasida pul qiymatida o‘lchash zarur. Xo‘jalik operatsiyalarini pul birligida o‘lchash uchun bux galteriya hisobini baholash va kalkulyatsiya uslubidan foydala niladi. Shunday qilib, baholash — xo‘jalik mablag‘lari, majburi yatlar va xo‘jalik jarayonlarini pul o'lchov birligida aks ettirish uslubi bo‘lib, uning yordamida tannarx, foyda, xarajatlar kabi iq tisodiy ko‘rsatkichlar haqidagi ma’lumotlarga ega bo‘lamiz. Korxona ish faoliyatining ko‘rsatkichlari ishonchli bo‘lishini ta’min lashda xo‘jalik mablag‘larini bexato baholash muhim ahamiyat
kasb etadi. Xo‘jalik mablag‘larini noto‘g‘ri baholash, xo‘jalik sub yektlari ish faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarning noto‘g‘ri shakllanishiga olib keladi.
Xo‘jalik mablag‘larini baholash, baholashning reallik va birlik tamoyillariga asoslanadi. Baholashning reallik tamoyili sarf qilingan barcha xarajatlarni pul birligida aniq ko‘rsatishni talab qiladi. Reallik tamoyili korxonadagi barcha mavjud resurslar hajmi to‘g‘risida hamda moliyaviy natijalar haqida aniq ma’lumotlar olish kerakligini bildiradi. Baholashning reallik tamoyili barcha natural va mehnat ko‘rsatkichlarini baholash yordamida pul birligidagi o‘lchovga o‘tkazishni taqozo etadi. Mahsulot ishlab chiqarish maqsadlari uchun sarflanadigan moddiy xarajatlarni noto‘g‘ri baholash, mehnat qurollari eskirishini qoplash uchun qilingan amortizatsiya ajratmalarni mahsulot tannarxiga qo‘shishda xatoliklarga yo‘l qo‘yish, shuningdek, bajarilgan ishlar va xizmatlar uchun beriladigan mehnat haqi to‘lovlarini noto‘g‘ri hisoblash xo‘jalik subyektlarining faoliyat natijalarini real aniqlash imkoniyatini cheklab qo‘yadi. Baholashning birlik prinsipi barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlarda mablag‘larni baholashda bir xil usuldan foydalanish keikligini bildiradi. Bu tamoyil barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlarining balansidagi bir xil nomdagi mablag‘lar, bir xil usul bilan baholanishini bildiradi. «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi Qonun va buxgalteriya hisobining milliy andozalarida mablag‘larni baholashda hamma xo‘jalik subyektlari umumiy qoidaga amal qilishi ko‘rsatib o‘tilgan.
Xo‘jalik mablag‘lari va ularning vujudga kelishi manbalari alohida elementlar bo‘yicha buxgalteriya hisobi schotlarida pul ifodasida aks ettiriladi. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda buxgalteriya hisobining asosiy obyektlariga quyidagilar kiradi: o‘z mablag‘lari, qarz mablag‘lar va ularning harakati; xo‘jalik jarayonlari bilan bog‘liq bo‘lgan jonli va buyumlashgan mehnat xarajatlari; xo‘jalik munosabatlari, ya’ni mol yetkazib beruvchilar, pudratchilar, xaridorlar, davlat budjeti va shunga o‘xshashlar bilan bo‘ladigan hisob-kitob munosabatlari. Budjetdan moliyalashtiriladigan subyektlarda ayrim o‘ziga xos hisob obyektlari mavjud. Bularga davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar; budjetdan ajratilgan mablag‘lar hisobidan qilingan sarflar (tasdiqlangan smetalar bo‘yicha); pullik va hisob-kitob muomalalari misol bo‘ladi. Buxgalteriya hisobida baholanishi lozim bo‘lgan asosiy obyektlarni quyidagicha turkumlash mumkin (1.1-rasm):
Mulklar va majburiyatlar hamda xo‘jalik jarayonlarini baholash mamlakat hududida amal qilayotgan milliy valuta, ya’ni so‘mda amalga oshiriladi. Agar ular xorijiy valutada ifodalangan bo‘lsa, u holda uni xo‘jalik muomalasi sodir bo‘lgan sanadagi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki o‘rnatgan rasmiy kurs bo‘yicha so‘mga aylantiriladi. Bir vaqtning o‘zida ko‘rsatilgan yozuvlar hisob-kitob va to‘lov hujjatlarida xorijiy va milliy valutada aks ettiriladi.



Download 1,44 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Download 1,44 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Buxgalteriya hisobi tizimida baholash va kalkulyatsiyaning mazmuni, mohiyati va xususiyatlari

Download 1,44 Mb.