|
Bitiruv malakaviy ishi
|
bet | 3/13 | Sana | 15.12.2023 | Hajmi | 87,46 Kb. | | #119159 |
Mavzuning dolzarbligi. Hozirda kompyuter dasturlarinining soni kun sain, soat sain ortib bormoqda. Darhaqiqat, hozirda nafaqat Internet tarmog'i vujudga kelganligi, bundan tashqari shu kabi jahonaro rivojlanib kelayotgan turli – tuman axborot texnologiyalar yosh avlodga ijobiy ta'sir kuchini o'tkazayotganligini bir tomondan quvonarli bo'lsa – da, ikkinchi tomondan ularni turli salbiy saboqlardan asrash maqsadida tarbiyaviy muhitni kuchaytirishga undaydi.
Binobarin, biz davlatimiz kelajagi o'z qobig'imizga o'ralib qolgan holda emas, balki umumbashariy va demokratik qadriyatlarni chuqur o'zlashtirgan holda tasavvur etamiz. Biz istiqbolimizni taraqqiy topgan mamlakatlar tajribasidan foydalanib, davlat va jamiyat boshqaruvini erkinlashtirish inson huquqi va erkinliklarini fikrlar rang – barangligini o'z hayotimizda yanada kengroq joriy qilishda ko'ramiz. Biz butun ma'rifatli xalqaro hamjamiyat bilan tinch – totuv, erkin va farovon hayot kechirish o'zaro manfaatli xamkorlik qilish tarafdorimiz3.
Masalaning qo’yilishi. Bitiruv malakaviy ishida ta’lim yo’nalishlari bo’yicha o’quv rejadagi fanlarning elektron bazasini hosil qiluvchi dasturiy vosita ishlab chiqish masalasi qo’yildi.
Bitiruv malakaviy ishining maqsadi. Ta’lim yo’nalishlari bo’yicha o’quv rejadagi fanlarning elektron bazasini hosil qiluvchi dasturiy vosita ishlab chiqishda zarur dasturiy vositalarini qo‘llash orqali ularda ishlash ko‘nikmalarini oshirish. Dasturiy ta’minotdan foydalangan holda fanlarning elektron bazasini hosil qiluvchi dasturiy vosita ishlab ta’lim yo’nalishlari bo’yicha o’quv rejadagi fanlarning elektron bazasini hosil qiluvchi dasturiy vosita ishlab chiqib, professor-o’qituvchilariga fanlarni o’qitish va o’rgatishda va talabalarga darslarni o’zlashtirishida yordam berishdir. Bundan tashqari, foydalanuvchilar uchun tayyor dasturiy vosita yaratib, o’qituvchilar ishini yengillashtirishdir.
Bitiruv malakaviy ishi tuzilmasi tasnifi.
Ushbu bitiruv malakaviy ishi kirish qismi, 2 ta bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati va ilova qismlaridan iborat.
Birinchi bobda Ta’lim yo’nalishlari bo’yicha o’quv rejadagi fanlarning elektron bazasini hosil qiluvchi dasturiy vosita ishlab chiqishda foydalaniladigan dastush tili talqini haqida umumiy tushunchalar keltirilgan.
Ikkinchi bobda dasturiy vositani ishlab chiqishda c++builderdan foydalanish imkoniyatlari haqida tushunchalar keltirib o’tilgan va hayot faoliyat havfsizligi izohlangan. Xulosa qismida bitiruv malakaviy ish qilingan ishlar bo’yicha qisqacha ma’lumot keltirib o’tilgan, ilova bo’limida esa dasturiy ta’minotning dastur kodlari keltirib o’tilgan.
Ushbu bitiruv malakaviy ishida ta’lim yo’nalishlari bo’yicha o’quv rejadagi fanlarning elektron bazasini hosil qiluvchi dasturiy vosita ishlab chiqishga qaratilgan.
Bitiruv Malakaviy ishi kirish, masalaning qо`yilishi, uchta bоb, xulоsa, fоydalanilgan adabiyоtlar rо`yxati va ilоvadan ibоrat. BMI mavzusining asоsiy qismi birinchi 2 ta bоbda bayоn qilingan. Hayоt faоliyati xavfsizligini ta’minlash chоra-tadbirlari ikkinchi bоbda qarab chiqilgan. Yaratilgan dasturiy vоsitaning matni ilоva qilinadi.
Ta’lim yo’nalishlari bo’yicha o’quv rejadagi fanlarning elektron bazasini hosil qiluvchi dasturiy vosita ishlab chiqish va ularni amaliy jihatdan muhim ishlarni amalga оshirishda qо’llash professor o’qituvchilar uchun dоlzarb masalalaridan biri bо’lib hisоblanadi.
|
| |