• Axborotlashgan jamiyat.
  • Axborotga bo‘lgan ehtiyoj, axborotlashtirish




    Download 4,03 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet27/90
    Sana19.01.2024
    Hajmi4,03 Mb.
    #141375
    1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   90
    Bog'liq
    TTAT MAJMUA NAMANGAN

    Axborotga bo‘lgan ehtiyoj, axborotlashtirish. Axborotning yetishmasligi axborotga nisbatan 
    ehtiyojni - biror soha to‘g‘risida jamiyat tomonidan to‘plangan bilim va alohida bilimlar 
    o‘rtasidagi farqni anglashni keltirib chiqaradi. Ishlab chiqarishni va insoniyatning barcha faoliyat 
    sohasini axborot bilan to‘ldirish jarayoni axborotlashtirish, deyiladi. Uzluksiz axborot bilan 
    to‘yintirish natijasida axborotlashgan jamiyat yuzaga keladi. 
    Axborotlashgan jamiyat. Bu jamiyatda barcha fuqarolar, tashkilotlar va davlatning axborotga 
    bo‘lgan ehtiyojini qondirish uchun hamma sharoit yaratilgan bo‘ladi. Mehnat qiluvchilarning 
    ko‘pchiligi yo axborot ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash va sotish bilan band bo‘ladi, yoki 
    bu jarayonlarsiz ishlab chiqarish majburiyatlarini bajara olmaydigan bo‘ladi. Bu bunday jamiyat 
    fuqarolari axborot madaniyatiga ega bo‘lishini anglatadi. Ya’ni ular axborot bilan ishlashni, uni 
    olish, qayta ishlash va uzatish uchun axborot tizimlari va texnologiyalaridan foydalanishni 
    biladilar. Bu joylarda inson faoliyatining barcha jabhalariga oid boy bilimlar, ishonchli 
    axborotlardan to‘liq va o‘z vaqtida foydalanishni ta’minlashga qaratilgan kompleks chora-
    tadbirlarni tatbiq etishni anglatadi. 
    Informatika. Axborot xususiyatlarini o'rganish, uni yig‘ish, saqlash, qidirish, qayta ishlash, 
    o'zgartirish hamda inson faoliyatining turli sohalarida foydalanish va tarqatish bilan 
    shug‘ullanadigan fan informatika deb ataladi. Informatikaning asosiy vazifasi - davlat boshqaruv 
    organlarining sanoat va tadbirkorlik, ilmiy texnik hamda boshqa sohalardagi axborotga bo‘lgan 
    ehtiyojini qondirish uchun moddiy-texnik bazani yaratishdir. 
    Informatikaning uchta asosiy yo‘nalishi mavjud. 
    Birinchi yo‘nalish axborotni uzatish, yig‘ish va qayta ishlashning texnik vositalarini 
    rivojlantirish nazariyasi bilan bog‘liq. U hisoblash komplekslarini, lokal va global hisoblash 
    tarmoqlari, aloqa nazariyasini o‘z ichiga olgan keng ilmiy-ommaviy sohadir. 
    Ikkinchi y o'nalish ma’lumotlarni qayta ishlash bo'yicha har xil amaliy vazifalami hal etish 
    yuzasidan turli kategoriyadagi foydalanuvchilar uchun texnik vositalar bilan samarali ishlashni 
    tashkil qilish imkonini beradigan, dasturiy ta’minotni ishlab chiqishga yo'naltirilgan, matematik 
    va amaliy fanlar kompleksini o‘z ichiga olgan dasturlashtirishdir. 
    Bu yo'nalishga algoritmlashtirish tillari nazariyasi, ma’lumotlarni tashkil etish, saqlash, izlash va 
    qayta ishlash nazariyasi, tizimli hamda amaliy dasturlashtinsh nazariyasi kiradi. 
    Axborot tizimini yaratishda ikkinchi yo'nalishni umumiy va amaliy dasturiy ta’minot deb atash 
    qabul qilingan. 
    Uchinchi yo‘nalish avtom atlashtirilgan usulda turli darajadagi vazifalami hal etish modellari, 
    algoritmlari, tartibi, texnologiyasini ishlab chiqish va tashkil qilishdir. Informatikaning bu 
    bo‘limi hozir qishloq xo'jaligi sohasida o‘ta muhim va dolzarb sanaladi. 
    Inform atikaning moddiy-texnik bazasi boshqaruv faoliyatining turli sohasi va darajalarida 
    ishlayotgan mutax assislar uchun avtomatlashtirilgan ish joylaridan keng foydalanish imkonini 
    beradi va, shuningdek, professional-ekspert (ekspert tizimi) darajasida qaror qabul qilishga qodir 
    bo‘lgan ixtisoslashtirilgan predmet sohasida hisoblash tizimini va axborot-kommunikatsiya 
    tarmog‘ini yaratish imkonini yuzaga keltiradi. 

    Download 4,03 Mb.
    1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   90




    Download 4,03 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Axborotga bo‘lgan ehtiyoj, axborotlashtirish

    Download 4,03 Mb.
    Pdf ko'rish