|
Axborotlarni qayta ishlashning umumiy usullari. Axborotlami kodlashtirishBog'liq TTAT MAJMUA NAMANGANAxborotlarni qayta ishlashning umumiy usullari. Axborotlami kodlashtirish
«Axborot» so‘zi, avvalgi sahifatlarda ta’kidlanganidek, lotincha «informatio» so‘zidan olingan
bo'lib, biror ish holati yoki kishi faohyati haqida ma’lum qilish, xabar berish, biror narsa
haqidagi ma’lumot, degan ma’noni anglatadi.
Axborot tushunchasidan inson faoliyatining barcha sohalarida foydalaniladi. Ayni paytda uning
miqdoriy tavsifi, ya’ni texnik-iqtisodiy va falsafiy, shuningdek, gnoseologik (axborot anglash
vositasi sifatida), kibernetik kabi bir qator jihatlari farqlanadi.
1. Falsafiy nuqtai nazardan axborot ongga nisbatan ikkinchi darajali deb qaraladi. Ong ham, o‘z
navbatida, borliqqa nisbatan ikkinchi darajali. Shundan kelib chiqqan holda, axborot
signallaming tartibga solingan ketma-ketligi obrazi bo'lishi lozim. Aniqroq aytganda,
semantikaga (mazmun, mohiyatga) ega, fikr tashuvchi bo'lishi kerak. Axborotning moddiy
tashuvchisi axborotni uzatish va saqlashni aks ettirgandagina axborot mavjud b o‘lad i, aks holda
borliq axborotsiz qoladi. Shunday qilib, axborot moddiy tashuvchining uzviy mazmuni va
mohiyati sanaladi.
2. Kibernetik nuqtai nazardan tirik organizm, avtomatik harakatlanuvchi mashina yoki inson-
mashina tizimi tomonidan amalga oshiriladigan har qanday jaray o n d a (ongli yoki ongsiz
ravishda) axborot yuzaga keladi, uni qabul qilish, uzatish, qayta ishlash yuz beradi. Ayni paytda
keladigan axborot signallari obyektning tashqi ta’sirlarga bo'lgan munosabatini ishlab chiquvchi
chiqadigan signallarga aylantiriladi.
Signallarni uzatish va axborotni qayta ishlash materiya yoki energiyaning borliq va vaqtda
harakatlanishi hamda obyektlar yoxud muhitlarning o‘zaro aloqasi holatini, tarkibining
o'zgarishini yuzaga keltiruvchi har qanday jarayonlar yordamida amalga oshirilishi mumkin.
3. Axborot nazariyasida ko'pincha «axborot miqdori» tushunchasidan foydalaniladi. Bunda
asosan axborot - bu axborot olinguncha va olingandan so'ng m umkin bo'lgan javoblar sonining
funksiyasi ekanligi anglashiladi. Axborot harakatlanishi undagi mavhumlikni (noaniqlikni)
bartaraf etishdan iborat.
4. Informatika nazariyasida saqlash, qayta tuzish va uzatish obyekti sanalgan barcha ma’lumotlar
axborot deb yuritiladi. Bunday hollarda axborot, boshqaruv maqsadida uni qayta tashkil etish
nuqtayi nazaridan ko‘rib chiqiladi.
5. Iqtisodiy-xo'jalik faoliyatida axborot deganda, keng ma’noda, atrof-muhit to‘g‘risidagi har
qanday ma’lumotlar tushuniladi. Bu ma’lumotlar atrof-muhit bilan o‘zaro aloqadan, unga
moslashishdan va uning o‘zgarishi jarayonidan olingan b o‘lishi mumkin.
Iste’molchi nuqtayi nazaridan axborot - bu eng oxirgi foydalanuvchi tomonidan olingan
tushunchalar va foydali deb baholangan yangi ma’lumotdir..
Yuqorida qayd etilganlami izohlagan holda, axborotga quyidagicha ta’rif berish mumkin.
Axborot - bu yaratuvchisi doirasida qolib ketmagan va xabarga aylangan, bilimlar noaniqligi,
to‘liqsizligi darajasini kamaytiradigan hamda og‘zaki, yozma yoki boshqa usullar (shartli
signallar, texnik vositalar, hisoblash vositalari va hokazo) orqali ifodalash mumkin bo‘lgan atrof-
muhit (obyektlar, voqeahodisalar) to‘g‘risidagi ma’lumotlardir.
Mazkur yo‘nalishda quyidagilar muhim sanaladi:
axborot - bu har qanday ma’lumot emas, balki u mavjud noaniqliklami kamaytiruvchi yangi bir
ma’lumotdir;
axborot uni yaratuvchidan tashqarida mavjud bo'ladi, u o‘z yaratuvchisidan uzoqlashgan, inson
tafakkurida aks etgan bilimdir;
axborot xabarga aylandi, chunki u belgilar ko‘rinishida ma’lum bir tilda ifodalangan;
xabar moddiy tashuvchiga yozib qo'yilishi mumkin (xabar axborotni uzatish shaklidir);
xabar uning muallifi ishtirokisiz aks ettirilishi mumkin;
u jamoat kommunikatsiyasi kanallari orqali uzatiladi.
Axborot tashkilotga quyidagi imkoniyatlami beradi:
tashkilotning strategik, taktik va tezkor maqsad hamda vazifalarini belgilash;
TEXNIK TIZIMLARDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
27
tashkilotning, bo‘linmalaming joriy holatini, ulardagi jarayonlarni nazorat qilish;
asosli va o‘z vaqtidagi qarorlarni qabul qilish;
maqsadga erishishda b o‘linmalar ishini muvofiqlashtirish.
|
| |