|
Axborotlarni siqish usullari. WinRAR,WinZIP dasturlari bilan ishlash
|
bet | 81/142 | Sana | 17.11.2023 | Hajmi | 45,03 Mb. | | #100159 |
Bog'liq Axborot texnologiyalari kafedrasi ta’limda axborot texnologiyalaAxborotlarni siqish usullari. WinRAR,WinZIP dasturlari bilan ishlash.
Arxivator dasturlari-bu disklardagi ma’lumotlar hajmini о‘zgartirib, ularni maxsus fayllarga joylashtiradigan dasturlardir. Ular hajmni о‘zgartirish tezligi va siqish holatlari bilan farqlanadi. Hajmi о‘zgargan ma’lumotlarni saqlovchi fayl- arxiv deb nomlanadi. Arxiv faylning nomi va uch harfdan iborat kengaytmasi, fayl qaysi arxivlash dasturida yaratilganligini bildiradi. Masalan: guruh.rar, fakultet.zip yoki talaba.arj. Windows operatsion tizimi uchun yaratilgan arxivatorlardan biri WinRAR dasturi bilan tanishib chiqaylik. Bu dastur yordamida RAR hamda ZIP formatli arxivlarni yaratib, yaratilgan arxiv fayllar bilan ishlashimiz mumkin. Dasturni ishga tushirish uchun amallar ketma ketligi tanlash natijasida quyidagi oyna namoyon bо‘ladi.
Ushbu oyna Windows oynalariga о‘xshab, standart interfeysga ega. U
Sarlavxa satri(dastur va arxiv fayl nomlari kо‘rsatiladi)
Menyu satri(dasturning hamma buyruqlari joylashgan joy)
Uskunalar paneli(asosiy buyruqlarni bajarish uchun mо‘ljallangan tugmalar)
Ish sohasi(ishchi papkalar va ular ichidagi ma’lumotlar)
Holat satri(arxivdagi fayllar soni va ular haqida ma’lumotlar) lardan tashkil topgandir.
Ushbu dasturda ishlash uchun foydalanuvchi uskunalar panelidagi yordamchi tugmalar va ulardan foydalanish amallarini bilishi lozimdir. Yordamchi tugmalar asosiy buyruqlarni bajarish uchun mо‘ljallangan bо‘lib, quyida ular bilan tanishib chiqaylik:
|
Tanlangan fayllarni arxiv faylga qo‘shish. Agar yangi nom ko‘rsatilsa u holda yangi arxiv fayl yaratiladi.
|
|
|
|
| |