Axborot texnologiyalari kafedrasi ta’limda axborot texnologiyalari




Download 45,03 Mb.
bet22/142
Sana17.11.2023
Hajmi45,03 Mb.
#100159
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   142
Bog'liq
Axborot texnologiyalari kafedrasi ta’limda axborot texnologiyala

Qаttiq disklаrdаgi jаmlаgichlаr (vinchеstеrlаr) kоmp’yutеr bilаn ishlаgаndа fоydаlаnilаdigаn ахbоrоtni dоimiy sаqlаshgа mo‘ljаllаngаn. Mаsаlаn, оpеrаtsiоn tizim dаsturlаri, ko‘p ishlаtilаdigаn dаsturlаr pаkеtlаri, хujjаtlаr tахrirlаgichlаri, dаsturlаsh tillаri uchun trаnslyatоrlаr vа bоshqаlаr.
Kоmp’yutеrdа qаttiq diskning mаvjudligi u bilаn ishlаshdа qulаylikni оshirаdi. Fоydаlаnuvchi uchun qаttiq diskdаgi jаmlаgichlаr bir-biridаn, ya’ni diskkа qаnchа ахbоrоt sig‘ishi bilаn fаrq qilаdi. Хоzirgi pаytdа kоmp’yutеrlаr аsоsаn sig‘imi 20 Gbаyt vа undаn ko‘p bo‘lgаn vinchеstеrlаr bilаn jiхоzlаnmоkdа. Fаyl sеrvеrlаr nаfаkаt kаttа sig‘imli,, bаlki tеzkоr bo‘lgаn bir nеchtа vinchеstеrlаr bilаn jiхоzlаnishi mumkin.

Qattiq disk(vinchestr) – axborotni o‘qish, yozish va saqlash qurilmasidir. Vinchestrning axborot siqimi 20 Mbaytdan 120 Gbaytgacha bo‘lishi mumkin. Ayniqsa, «Vinchestr» markaziy protsessorga axborotni disk yurituvchiga qaraganda tezroq uzatadi.


T izimli platada yana boshqa ko‘plab qurilmalar joylashgan bo‘lib, ular haqidagi ma'lumotlar bilan mustaqil tanishib olish tavsiya etiladi.
D isk yurituvchi va yumshoq disk - kompyuterda dastur, matn, rasm va boshqa ko‘rinishdagi ma'lumotlarni saqlash uchun mo‘ljallangan. Odatda ular alohida ishlamaydi. Agar solishtiradigan bo‘lsak, disketalarsiz diskyurituvchi go‘yo kassetasiz magnitofondir. Diskyurituvchi – disketadagi axborotni yozish va o‘qish uchun mo‘ljallangan bo‘lsa, disketa axborotni uzoq vaqt saqlash uchun maxsus vositadir.
Monitor(displey) - matn va tasvir ko‘rinishdagi axborotlarni ekranga chiqarish qurilmasi bo‘lib, hozirgi vaqtda monoxrom va rangli monitorlar mavjud.


Klaviatura – ma'lumotlarni kompyuterga kiritish qurilmasidir. Klaviaturada bir qancha tugmachalar joylashgan bo‘lib, ular bajaradigan funktsiyasiga qarab to‘rt guruhga ajratiladi:
Asosiy tugmachalar;
Boshqaruv tugmalari;
Tahrir qilish tugmalari;
Funktsional tugmachalar.
Asosiy tugmachalarga - harflar, raqamlar joylashgan tugmachalar kiradi. Bu tugmachalar yordamida kerakli ma'lumotlar kompyuterga kiritiladi.
Boshqaruv tugmalariga - Enter, Esc, Ctrl, Alt, CapsLock, NumLock, Shift, Tab va kabi tugmachalar kiradi. Ularda turli boshqaruv ishlarini amalga oshirish mumkin.
Tahrir qilish tugmalariga - Delete, Insert, Home, End, PageUP, PageDown kabi tugmachalar kiradi. Ular yordamida kiritilgan matnlar ustida taqrirlash ishlari olib boriladi.
Funktsional tugmachalarga klaviaturadagi F1 dan F12 gacha bo‘lgan tugmachalar kiradi. Kompyuterda amaliy dasturlarning ish tartibiga ko‘ra qar bir funktsional tugmachaning o‘z vazifasi bo‘ladi. Ko‘pgina hollarda funktsional tugmachalar yordamida ma'lum bir vazifalarni bajarish mumkin.
Klaviatura - axborot va ma'lumotlarni kompyuter xotirasiga kiritishga va kompyuter ishini boshqarishga mo‘ljallangan qurilma hisoblanadi. Klaviaturalar o‘zining tuzilishi ya'ni tugmachalar soni va joylashishiga qarab har xil kompyuterlarda har xil bo‘lishi mumkin, lekin ularning vazifasi o‘zgarmaydi.
Hozirgi vaqtda qo‘llanilayotgan IBM PC tipidagi kompyuterlarda ikki xil klaviatura ishlatiladi:
1. Standart holdagi kichik klaviatura (tugmachalar soni 84 ta)
2. Kengaytirilgan holdagi katta klaviatura (tugmachalar soni 101, 103 va 105 ta bo‘lishi mumkin)
Bundan tashqari klaviaturalar lotin harflarining joylashuviga ko‘ra ham farqlanadi:
1. Amerika va Angliya standarti - QWERTY
2. Frantso‘z standarti - AZERTY.
Klaviaturadan foydalanish tartibi quyidagicha:
Klaviaturadan kichik harflarni kiritish uchun harf joylashgan tugmacha o‘zi bosiladi, katta qarflarni kiritish uchun kiritilishi kerak bo‘lgan harf Shift tugmachasi bilan birgalikda bosiladi. (Bunda birinchi Shift bosilib, qo‘yib yubormasdan kerakli harf bosiladi).
Maxsus tugmachalar vazifasi:
Tab - kursorni bir oynadan ikkinchi oynaga o‘tkazish, matn dasturlarida abzatsdan yozishga o‘tkazish.
Caps Lock - bosh qarflar bilan yozishga o‘tkazish.
(Enter) - berilgan buyruqni kiritish va bajarish, matn dasturlarida kiritilayotgan satrni tugatish keyingi satrga kursorni o‘tkazish. (Ba'zi kompyuterlarda RETURN tugmasi hisoblanadi).
Delete (Del) - kursor o‘rnida turgan belgini o‘chirish va kursordan o‘ngda turgan belgini tortish va o‘chirish.
Insert (Ins) - kursorning holatini o‘zgartirish.
(Back Spase) - kursordan chapda turgan belgini o‘chirish.
,,, - yo‘naltiruvchi strelkalar kursorni mos kelgan tomonga harakatlantirish.
Home, End - kursorni mos ravishda satr boshiga va satr oxiriga keltirish.
Page UP, Page Down - kursorni mos ravishda sahifa boshiga va sahifa oxiriga keltirish.
Num Lock - klaviaturaning qo‘shimcha tugmachalarini ishga tushirish.
Esc - voz kechish tugmasi, berilgan buyruqni bekor qilish.
F1 - F12 - maxsus amallarni bajaruvchi funktsional tugmachalar bo‘lib, turli dasturlarda turli vazifalarni bajaradi.
Ctrl, Alt, Shift - tugmachalari boshqa tugmachalarning vazifasini o‘zgartirish uchun ishlatiladi.
Print Screen - tugmasi ekrandagi tasvirni printerga chiqaradi.
Pause Break - bajarilayotgan dastur ishini to‘xtatadi.
Tugmachalar majmui:
Ctrl/Break - ishlayotgan dasturning tugashini ta'minlaydi.
Ctrl/Alt/Delete - Operatsion sistemani qayta yuklash, kompyuterni qayta o‘chirib yoqish.
Ctrl/C – buyruq yoki dastur ishini tugatish.
Ctrl/P - ekrandagi ma'lumotni printerga chiqarish.
Ba'zi maxsus tugmachalar ma'nosi:
Esc ("Eskeyp") - ubejat - bekor qilish.
Back Space – orqaga – o‘chirish.
Tab (Tabulyatsiya), Ctrl (Kontrol), Alt (Alternativa).
Enter (kiritish), Del (Delete ("delit" - udalit).
Ins (Insert - "insert" - qo‘ymoq(vstavit)).



Download 45,03 Mb.
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   142




Download 45,03 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Axborot texnologiyalari kafedrasi ta’limda axborot texnologiyalari

Download 45,03 Mb.