|
Texnikaviy ta’minoti — bu kompyuterning asosiy texnik qismlari va qo‘shimcha (atrof) qurilmalaridir
|
bet | 25/142 | Sana | 17.11.2023 | Hajmi | 45,03 Mb. | | #100159 |
Bog'liq Axborot texnologiyalari kafedrasi ta’limda axborot texnologiyalaTexnikaviy ta’minoti — bu kompyuterning asosiy texnik qismlari va qo‘shimcha (atrof) qurilmalaridir.
Hisoblash tizimi tarkibi konfiguratsiya deb ataladi. Odatda hisoblash texnikasining apparat va dasturiy vositalari alohida olib о‘rganiladi. Shuning uchun ham mos ravishda hisoblash tizimlari apparat konfiguratsiyasi va dasturiy konfiguratsiyasi alohida olib о‘rganiladi. Bunday bо‘linish axborot texnologiyalari uchun muhim ahamiyatga egadir, chunki kо‘p xollarda alohida olingan masala yechimini ham apparat, ham dastur vositalari yordamida ta’minlash mumkin.
Apparat ta’minoti.
Hisoblash tizimlarining apparat ta’minoti tarkibiga, apparat konfiguratsiyani tashkil etuvchi qurilma va asboblar kiradi. Zamonaviy kompyuter va hisoblash majmua (kompleks)lari blok-modulli konstruksiya (tuzilish)dan iborat. Ma’lum ishlarni bajarishga zarur bо‘lgan apparat konfiguratsiyani tayyor blok va qismlardan yig‘ib olish mumkin.Qurilmalarning, markaziy protsessorga (Central Processing UNIT, CPU) nisbatan joylashishiga qarab tashqi va ichki qurilmalarga ajratamiz.Tashqi qurilmalar, qoida bо‘yicha, ma’lumotlarni kiritish va chiqarish qurilmalaridir, ularni odatda periferik qurilmalar deb ham ataladi. Bundan tashqari ma’lumotlarni uzoq saqlashga mо‘ljallangan qurilmalar ham tashqi qurilmalarga kiradi.Alohida blok va qismlar orasidagi kelishuvchanlik, birgalikda ishlashdagi moslanuvchanlik, apparatli interfeys deb ataluvchi о‘tish apparat-mantiqiy qurilmalari yordamida bajariladi. Hisoblash texnikasidagi apparat interfeysiga belgilangan standartlar protokollar deyiladi. Shunday qilib, protokol – bu qurilma yaratuvchilari tomonidan, bu qurilmaning boshqa qurilmalar bilan muvaffaqiyatli va kelishilgan holda birgilikda ishlashi uchun, ishlab chiqiladigan texnik shartlar majmuasidir.
Dastur – buyruqlarning tartiblangan ketma-ketligidir. Kompyuter uchun tuzilgan har dastur vazifasi – apparat vositalarni boshqarishdir. Birinchi qarashda dasturning qurilmalar bilan xech qanday bog‘liqligi yо‘qdek kо‘rinadi, ya’ni masalan, dastur kiritish qurilmlaridan ma’lumot kiritishni va chiqarish qurilmalariga ham ma’lumot chiqarishni talab qilmasa ham, baribir uning ishi kompyuterning apparat qurilmalarini boshqarishga asoslangan.Kompyuterda, dasturiy va apparat ta’minot, doimo uzilmas aloqada va uzluksiz bog‘lanishda ishlaydi. Biz bu ikki kategoriyani alohida kо‘rib chiqayotganimizga qaramasdan, ular orasida dialektik aloqa mavjudligi va
ularni alohida kо‘rib chiqish shartli ekanlgini esdan chiqarmaslik kerak.
Kompyuterlar va hisoblash tizimlarining dasturiy ta’minoti tuzilishini dasturiy konfiguratsiya deb ham ataladi. Dasturlar orasida xuddi kompyuterning fizik qismlari orasidagi kabi о‘zaro aloqa mavjud. Aksariyat kо‘pgina dasturlar, quyiroq darajadagi boshqa dasturlarga tayanib ishlaydi.Bunday bog‘lanish dasturlararo interfeys deyiladi. Bunday interfeys (muloqot) ning mavjudligi texnik shartlar va о‘zaro aloqa qoidalariga asoslangan bо‘lsa ham, amalda u dasturiy ta’minotni о‘zaro aloqada bо‘lgan bir nechta sathlar (daraja)larga taqsimlash bilan ta’minlanadi. Dastur ta’minoti sathlari piramida tuzilishiga egadir. Har bir keyingi sath oldingi sathlar dasturiy ta’minotiga tayanadi. Bunday ajratish, hisoblash tizimining dasturlarni о‘rnatishdan boshlab, to amalda
ekspluatatsiya qilish va texnik xizmat kо‘rsatishgacha bо‘lgan ish faoliyatining hamma bosqichlari uchun qulaydir. Shunga alohida etibor berish kerakki, har bir yuqoridagi sath butun tizimning funksionalligini oshiradi. Masalan, asos dasturiy ta’minoti sathiga ega bо‘lgan hisoblash tizimi kо‘p funksiyalarni bajara olmaydi, ammo u tizimli dasturiy ta’minotni о‘rnatishga imkon beradi, ya’ni sharoit yaratadi.
Dasturiy ta`minot kompyuterning ikkinchi muhim qismi bo‘lib, u ma`lumotlarga ishlov beruvchi dasturlar majmuasini va kompyuterni ishlatish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni o‘z ichiga oladi. Dasturiy ta`minotsiz har qanday zamonaviy kompyuterda biror amal bajarib bo‘lmaydi.
Kompyuterning texnikaviy va dasturiy ta`minoti orasida bog‘lanish qanday amalga oshiriladi?
Avvalo ular orasidagi boglanish interfeys deb atalishini bilib olishimiz lozim. Kompyuterning turli texnik qismlari orasidagi o‘zaro bog‘lanish — bu, texnikaviy interfeysi, dasturlar orasidagi o‘zaro bog‘lanish esa — dasturiy interfeys, texnikaviy qismlari va dasturlar orasidagi o‘zaro bog‘lanish — texnikaviy — dasturiy interfeys deyiladi.
Shaxsiy kompyuterlar haqida gap ketganda kompyuter tizimi bilan ishlashda uchinchi ishtirokchini, ya`ni insonni (foydalanuvchini) ham nazarda tutish lozim. Inson kompyuterning ham texnikaviy, ham dasturiy vositalari bilan muloqotda bo‘ladi. Insonning dastur bilan va dasturni inson bilan o‘zaro muloqoti — foydalanuvchi interfeysi deyiladi.
Interfeys (interface — Kompyuterga tegishli adabiyotda ba’zida «interfeys» atamasi o‘rniga «nazoratchi» yoki «adapter» atamalari ishlatiladi. qatiy aytganda, bu to‘g‘ri emas, chunki «nazoratchi» (controller) interfeysni boshqaradi va uning ishlashini ta’minlaydi, «adapter» (adapter) interfeyslarning to‘g‘ri (mos) kelishini ta’minlaydi) — ulanish va aloqa vositalari to‘plami bo‘lib, u tizimlarning yoki ular qismlarining o‘zaro samarali harakatini ta’minlaydi. Interfeysda odatda ulanish masalalarining mexanik (simlar soni, aloqa elementlari, ulanish tiplari, kontaktlar nomerlari va sh. o‘.) va mantiqiy (tushunarli signallar, ularning uzunligi, qutbliligi, chastotasi va amplitudasi, o‘zaro harakat bayonnomalari)darajalari ko‘zda tutilgan.
Dasturiy ta’minot kompyuterning ikkinchi muxim qismi bo‘lib, u ma’lumotlarga ishlov beruvchi dasturlar majmuasini va kompyuterni ishlatish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni o‘z ichiga oladi.
Kompyuterning turli texnik qismlari orasidagi o‘zaro bog‘lanish - bu, apparat interfeysi, dasturlar orasidagi o‘zaro bog‘lanish esa - dasturiy interfeys, apparat qismlari va dasturlar orasidagi o‘zaro boglanish -apparat - dasturiy interfeys deyiladi.
SHaxsiy kompyuterlar haqida gap ketganda kompyuter tizimi bilan ishlashda uchinchi ishtirokchini, yahni insonni (foydalanuvchini) ham nazarda to‘tish lozim. Inson kompyuterning ham apparat, ham dasturiy vositalari bilan muloqotda bo‘ladi. Insonning dastur bilan va dasturni inson bilan o‘zaro muloqoti - foydalanuvchi interfeysi deyiladi.
Endi kompyuterning dasturiy ta’minoti bilan tanishib chiqaylik. Barcha dasturiy ta’minotlarni uchta kategoriya bo‘yicha tasniflash mumkin;
sistemaviy dasturiy ta’minot;
amaliy dasturiy ta’minot;
dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari;
Sistemaviy dasturiy ta’minot (Sistem software) - kompyuterning va kompyuter tarmoqlarining ishini ta’minlovchi dasturlar majmuasidir.
Amaliy dasturiy ta’minot (Aplication program paskage) - bu aniq bir predmet sohasi bo‘yicha ma’lum bir masalalar sinfini yechishga mo‘ljallangan dasturlar majmuasidir.
Dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari- yangi dasturlarni ishlab chiqish jarayonida qo‘llaniladigan maxsus dasturlar majmuasidan iborat vositalardir. Bu vositalar dasturchining uskunaviy vositalari bo‘lib xizmat qiladi, yahni ular dasturlarni ishlab chiqish(shu jumladan avtomatik ravishda ham), saqlash va joriy etishga mo‘ljallangan.
Sistemaviy dasturiy ta’minot (SDT) quyidagilarni bajarishga qaratilgan:
kompyuterning va kompyuterlar tarmog‘ining ishonchli va samarali ishlashini ta’minlash;
kompyuter va kompyuterlar tarmog‘i apparat qismining ishini tahlil qilish va profilaktika ishlarini bajarish.
Sistemaviy dasturiy ta’minot ikkita tarkibiy qismdan - asosiy (bazaviy) dasturiy taminot va yordamchi(xizmat ko‘rsatuvchi) dasturiy ta’minotdan iborat. Asosiy dasturiy ta’minot kompyuter bilan birgalikda yetkazib berilsa, xizmat ko‘rsatuvchi dasturiy ta’minot alohida, qo‘shimcha tarzda yaratilishi mumkin.
Asosiy dasturiy ta’minot (baze software) - bu, kompyuter ishini ta’minlovchi dasturlarining minimal to‘plamidan iborat.
Ularga quyidagilar kiradi:
operatsion tizim (OT);
tarmoq operatsion tizimi.
Yordamchi(xizmat ko‘rsatuvchi) dasturiy ta’minotga asosiy dasturiy ta’minot imkoniyatlarini kengaytiruvchi va foydalanuvchining ish muxitini (interfeysni) qulayroq tahlil etuvchi dasturlar kiradi. Bular tashxis qiluvchi, kompyuterning ishchanligini oshiruvchi, antivirus, tarmoq ishini ta’minlovchi va boshqa dasturlardir.
Asosiy dasturiy ta’minotni qo‘shimcha ravishda urnatiladigan xizmat ko‘rsatuvchi dasturlar to‘plami tuldirib turadi. Bunday dasturlarni ko‘pincha utilitlar deb atashadi.
Utilitlar - bu, ma’lumotlarni qayta ishlashda qo‘shimcha operatsiyalarni bajarishga yoki kompyuterga xizmat ko‘rsatishga (tashxis, apparat va dasturiy vositalarni testlash, diskdan foydalanishni optimallashtirish va boshqalar) mo‘ljallangan dasturlardir.
Kompyuterning dasturiy ta’minoti orasida eng ko‘p qo‘llaniladigani amaliy dasturiy ta’minot(ADT)dir. Bo‘nga asosiy sabab- kompyuterlardan inson faoliyatining barcha sohalarida keng foydalanishi, turli predmet sohalarida avtomatlashtirilgan tizimlarni yaratilishi va qo‘llanishidir. Amaliy dasturiy ta’minotni quyidagicha tasniflash mumkin.
Muammoga yo‘naltirilgan ADTga quyidagilar kiradi:
buxgalteriya uchun DT;
personalni boshqarish DT;
jarayonlarni boshqarish DT;
bank axborot tizimlari va boshqalar.
Umumiy maqsadli ADT - soha mutaxassisi bo‘lgan foydalanuvchi axborot texnologiyasini qo‘llaganda uning ishiga yordam beruvchi ko‘plab dasturlarni o‘z ichiga oladi. Bular:
kompyuterlarda ma’lumotlar bazasini tahlil etish va saqlashni ta’minlovchi ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari (MBBT);
matnli hujjatlarni avtomatik ravishda formatlashtiruvchi, ularni tegishli holatda rasmiylashtiruvchi va chop etuvchi matn muharrirlari;
grafik muharrirlar;
hisoblashlar uchun qulay muxitni ta’minlovchi elektron jadvallar;
taqdimot qilish vositalari, yahni tasvirlar xosil qilish, ularni ekranda namoyish etish, slaydlar, animatsiya, fil’mlar tayyorlashga mo‘ljallangan maxsus dasturlar.
Ofis ADT idora faoliyatini tahliliy boshqarishni ta’minlovchi dasturlarni o‘z ichiga oladi. Ularga quyidagilar kiradi:
planirovopik yoki organayzerlar, ya’ni ish vaqtini rejalashtiruvchi, uchrashuvlar bayonnomalarini, jadvallarni tuzuvchi, telefon va yozuv kitoblarini olib boruvchi dasturlar;
tarjimon dasturlar, yahni berilgan boshlang‘ich matnni ko‘rsatilgan tilga tarjima qilishga mo‘ljallangan dasturlar;
skaner yordamida o‘qilgan axborotni tanib oluvchi va matnli ifodaga o‘zgartiruvchi dasturiy vositalar;
tarmoqdagi uzoq masofada joylashgan abonent bilan foydalanuvchi orasidagi o‘zaro muloqotni tahlil etuvchi kommunikatsion dasturlar.
Kichik nashriyot tizimlari, matnni formatlash va taxrirlash, avtomatik ravishda betlarga ajratish, xat boshlarini yaratish, rangli grafikani matn orasiga qo‘yish va xokazolarni bajaradi.
Sunhiy intellekt tizimlari. Bu sohadagi izlanishlarni turt yo‘nalishga bulish mumkin:
ijodiy jarayonlarni imitatsiya qiluvchi tizimlar; Ushbu yo‘nalish kompyuterda o‘yinlarni(shaxmat,shashka va x.k.), avtomatik tarjima qilishni va boshqalarni amalga oshiradigan dasturiy ta’minotni yaratish bilan shugillanadi.
bilimlarga asoslangan intellektual tizimlar; Ushbu yo‘nalishdagi muxim natijalardan biri ekspert tizimlarni yaratilishi hisoblanadi.SHu tufayli sunhiy intellekt tizimlarini ma’lum va kichik sohalarning eksperti sifatida tan olinishi va qo‘llanishi mumkin.
EXMlarni yangi arxitekturasini yaratish; Bu yo‘nalish sunhiy tafakkur mashinalari(beshinchi avlod EXMlari) ni yaratish muammolarini urganadi.
intellektual robotlar; Bu yo‘nalish oldindan qo‘yilgan manzil va maqsadga erisha oladigan intellektual robotlar avlodini yaratish muammolari bilan shugillanadi.
Hozirgi paytda dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalarini yaratish bilan bog‘liq yo‘nalish tez sur’atlar bilan rivojlanmoqda. Bunday uskunaviy vositalar dasturlar yaratish va sozlash uchun quvvatli va qulay vositalarni tahlil etadi. Ularga dasturlar yaratish vositalari va Case - texnologiyalar kiradi.
Dasturlar yaratish vositalari. Ushbu vositalar dasturlar yaratishda ayrim ishlarni avtomatik ravishda bajarishni ta’minlovchi dasturiy tizimlarni o‘z ichiga oladi. Ularga quyidagilar kiradi:
Kompilyator dasturlash tilidagi dasturni mashina kodidagi dasturga aylantirib beradi. Interpretator yuqori darajadagi dasturlash tilida yozilgan dasturni bevosita bajarilishini ham ta’minlaydi.
Dasturlar bibliotekasi oldindan tayyorlangan dasturlar to‘plamidan iborat.
Dasturlar yaratish vositalariga Makroassembler MASM, Visual Cutt for Windows professional Edition kompilyatori, Visual Basic for Windows va boshqalar kiradi.
Windows haqidа umumiy tushunchаlаr.
WINDOWS (inlizchа WINDOWS – оynаlаr dеgаn mа’nоni аnglаtаdi.) Misrosoft (MS) firmаsining prоgrаmmа mаhsuli bo‘lib, mахsus tаyyorgаrlikkа egа bo‘lmаgаn kоm’pyutеrdаn fоydаlаnuvchilаr uchun mo‘ljаllаngаn оpеrаtsiоn tizimdir. Uning аsоsiy mаqsаdi – kоmpyutеrdаn fоydаlаnish ilоji bоrichа sоddа vа o‘rgаnish uchun оsоn, shu bilаn birgа fоydаlаnuvchigа mumkin qаdаr kеng imkоniyatlаr yarаtish hоligа kеltirishdir. Mаzkur tаlаblаrgа jаvоb bеruvchi MS WINDOWS 95 оpеrаtsiоn tizimi 1995 yil аvgust оyidа ishlаtilа bоshlаgаn bo‘lsа, uning ruschа vаriаnti 1995 yilning sеntyabridаn Rоssiyadа qo‘llаnilа bоshlаdi.
MS WINDOWS 95 WINDOWS lаrning yangi vеrsiyasi emаs, bаlki o‘tа murаkkаb prоgrаmmаlаr mаjmui bo‘lib, shu bilаn birgа fоydаlаnish uchun оsоn оpеrаtsiоn tizimdir.
WINDOWS ning аvvаlni vеrsiyalаri (WINDOWS 3.0, 3.1, 3.11, 3. 12) аsоs sifаtidа MS DOSni qаbul qilgаn bo‘lsа, Windows 95 o‘zi mustаqil bo‘lib, kоmp’pyutеrdа bоshqа bir оpеrаtsiоn tizimning bo‘lishini tаlаb qilinmаydi. Lеkin shu bilаn bu muhitdа MS DOS vа WINDOWS ning eski vеrsiyalаri bilаn ishlаsh imkоniyati sаqlаngаn.
Оpеrаtsiоn tizim sifаtidа MS WINDOWS 95 quyidаgi аfzаlliklаrgа egа:
-o‘zlаshtirishdа niхоyatdа оddiy vа imkоniyatlаridаn fоydаlаnish ko‘lаmi qulаy;
-u yuqоri sаmаrаdоrlikkа egа vа mаzkur хususiyati bilаn WINDOWS ning istаlgаn аvvаlgi vеrsiyalаrdаn kеskin fаrqlаnаdi. Хususаn MICROCOFT firmаsi yangi 32 rаzryadli yadrо tаtbiq etish bilаn sаmаrаdоrlik vа ishоnchilikni kеskin оshirishgа erishdi;
-istе’mоlchi аtigi bittа dаsturiy tа’minоt mаhsulоtini хаrid qilib, qаtоr muhim imkоniyatlаrni qo‘lgа kiritаdi:
univеrsаl tаrmоq mijоzigа аylаnаdi, elеktrоn pоchtаdаn fоydаlаnа оlаdi, mul’timеdiа vоsitаlаridаn bахrа оlаdi vа хоkаzо;
-sоddа prоgrаmmаlаr mаjmui bаrkаmоl vа yuqоri unumlilikkа egа.
|
| |