|
Axborot texnologiyalari kafedrasi ta’limda axborot texnologiyalari
|
bet | 109/142 | Sana | 17.11.2023 | Hajmi | 45,03 Mb. | | #100159 |
Bog'liq Axborot texnologiyalari kafedrasi ta’limda axborot texnologiyalaIkkinchidan,MBdagi kerakli ma’lumotni bilish yoki izlash uchun biror dastur tuzishga hojat qolmasin.
Shuning uchun ham MBni tashkil etishda ma’lum qonun va qoidalarga amal qilish lozim. Bundan buyon axborot so‘zini ma’lumot so‘zidan farqlaymiz, ya’ni axborot so‘zini umumiy tushuncha sifatida qabul qilib, ma’lumot deganda aniq bir belgilangan narsa yoki hodisa sifatlarini nazarda tutamiz.
Masalan: korxonaning ma’lumotlar bazasida ishchi va hizmatchilarning shtat jadvali xaqidagi, moddiy boyliklar, keltirilgan xom ashyo va butlash qismlari, omborlardagi ehtiyot qismlar, tayyor maxsulot, direksiyaning buyruq xamda farmoyishlar va boshqalar xaqidagi barcha axborotlar saqlanishi mumkin. Qandaydir bitta axborotning juda kichik o‘zgarishi turli joylarda muxim o‘zgarishlar bo‘lishiga olib kelishi mumkin.
Bu kabi masalalarni MS Access 2010 dasturi yordamida xal qilinadi. Shu dasturda ishlatiladigan ayrim atama va tushunchalarni keltirib o‘tamiz.
Accessda asosiy ishlatiladigan ob’yektlar to‘rtta bo‘lib, ular Tablitsi (jadvallar), Zaprosi (so‘rovlar), Formi (shakllar) va Otcheti (hisobotlar) deb ataladi.
Avvalo MBda xar qanday ma’lumotlar jadval ko‘rinishida ifodalanib olinishi kerak. Bunday jadvallardagi ustunlar maydon, qatorlar esa yozuv deb ataladi.
Maydon – shu maydonga kiritiladigan ma’lumotlarni xossalarini ifodalaydi.
Yozuv–mantiqiy bog‘langan maydonlar yig‘indisidir. Unda biror predmet sohasidan olingan ma’lumotlar joylashtiriladi.
Maydon MBning asosiy elementi bo‘lib, u quyidagi xossalar bilan ifodalanadi:
- uzunligi (belgi va simvollarda ifodalanib baytlarda o‘lchanadi),
- nomi (maydonning o‘ziga xos alohida xususiyati),
- podpis-imzo(maydon nomining forma va hisobotlarda ifodalanadigan shakli).
Maydonlar xususiyatiga va tarkibiga qarab quyidagi turlarga bo‘linadi:
Matnli(Tekstoviy)
|
| |