|
Axborot texnologiyalari kafedrasi ta’limda axborot texnologiyalari
| bet | 108/142 | Sana | 17.11.2023 | Hajmi | 45,03 Mb. | | #100159 |
Bog'liq Axborot texnologiyalari kafedrasi ta’limda axborot texnologiyalaAmaliy mashg‘ulot № 15
Mavzu: Ma’lumotlarni formalar yordamida kiritish. Ma’lumotlar bazasini boshqarish.
Ishning maqsadi: Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari, ma’lumotlar bazasi asosiy tushunchalari. Ma’lumotlarni formalar yordamida kiritishni o`rgatish va amaliy ko`nikmalar hosil qilish.
Kutilayotgan natija: Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari, ma’lumotlar bazasi asosiy tushunchalari. Ma’lumotlarni formalar yordamida kiritish haqida nazariy va amaliy ko‘nikmalar hosil qilinadi. Nazariy ma’lumotlar:
Ma’lumotlar bazasi
Ma’lumotlar bazasi (MB) – bu ma’lum sohaga tegishli bo‘lgan, o‘zaro bog‘langan va tartiblangan ma’lumotlar majmuasi bo‘lib, u ko‘rilayotgan ob’ektlarning xususiyatini, holatini va ob’yektlar o‘rtasidagi munosabatni tavsiflaydi.
Darhaqiqat, hozirgi kunda inson hayotida MBda kerakli axborotlarni saqlash va undan oqilona foydalanish juda muhim rol o‘ynaydi. Sababi, jamiyat taraqqiyotining qaysi jabhasiga nazar solmaylik o‘zimizga kerakli ma’lumotlarni olish uchun, albatta, MBga murojaat qilishga majbur bo‘lamiz. Demak, MBni tashkil qilish axborot almashuv texnologiyasining eng dolzarb hal qilinadigan muammolaridan biriga aylanib borayotgani davr taqozasi.
Ma’lumki, MB tushunchasi fanga kirib kelgunga qadar, ma’lumotlardan turli ko‘rinishda foydalanish juda qiyin edi. Dastur tuzuvchilar ma’lumotlarini shunday tashkil qilar edilarki, u faqat qaralayotgan masala uchungina o‘rinli bo‘lardi. Har bir yangi masalani hal qilishda ma’lumotlar qaytadan tashkil qilinar va bu hol yaratilgan dasturlardan foydalanishni qiyinlashtirar edi.
Shuni qayd qilish lozimki, MBni yaratishda ikkita muhim shartni hisobga olmoq zarur:
Birinchidan, ma’lumotlar turi, ko‘rinishi, ularni qo‘llaydigan dasturlarga bog‘liq bo‘lmasligi lozim, ya’ni MBga yangi ma’lumotlarni kiritganda yoki ma’lumotlar turini o‘zgartirganda, dasturlarni o‘zgartirish talab etilmasligi lozim.
|
| |