• Super kompyuterlar (TOR 500 kompyuterlar)
  • Kichik kompyuterlar (minikompyuterlar)
  • Axborot texnologiyalari kafedrasi ta’limda axborot texnologiyalari




    Download 45,03 Mb.
    bet10/142
    Sana17.11.2023
    Hajmi45,03 Mb.
    #100159
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   142
    Bog'liq
    Axborot texnologiyalari kafedrasi ta’limda axborot texnologiyala

    1. Kompyuterlar va ularning turlari
    Hozirgi kunda kompyuterlarning quyidagi turlari – sinflari mavjud.

    • Katta kompyuterlar sinfi:

    • Serverlar

    • Super kompyuterlar

    Katta kompyuterlar (Manframe Compyuter) – fan va texnikaning turli sohalariga oid masalalarini yechishga mo‘ljallangan. Ularning amal bajarish tezligi va xotira hajmi superkompyuterlarnikiga qaraganda bir-ikki pog‘ona past.
    - Super kompyuterlar (TOR 500 kompyuterlar) – juda katta tezlikni talab qiladigan va katta hajmdagi masalalarni yechish uchun mo‘ljallangan bo‘ladi. Bunday masalalar sifatida ob-xavoning global prognoziga oid masalalarni, uch o‘lchovli fazoda turli oqimlarning kechishini o‘rganish masalalari, global informatsion sistemalar va hokazolarni keltirish mumkin. Bu kompyuterlar sekundiga 10 trilliardlab amal bajaradi.

    Kichik kompyuterlar sinfi:

    • Shaxsiy kompyuterlar

    • portativ kompyuterlar



    Kichik kompyuterlar (minikompyuterlar) – hajmi va bajaradigan amallar tezligi jihatidan katta kompyuterlardan kamida bir pog‘ona pastdir. Hozirda ularning o‘lchamlari tobora ixchamlashib, hatto shaxsiy kompyuterdek kichik joyni egallaydiganlari yaratilmoqda.
    - SHaxsiy kompyuterlar – hozirda korxonalar, muassasalar, oliy o‘quv yurtlarida keng tarqalgan bo‘lib, ularning aksariyati IBM rusumiga mos kompyuterlardir.
    IBM rusumiga mos kompyuterlar deganda, ularni turli kompaniyalar ishlab chiqarishiga qaramay, ham texnik, ham dasturiy ta’minoti mosligi, ya’ni bir-biriga to‘g‘ri kelishi nazarda tutiladi. Bunday kompyuterlar hajmi jixatidan kichik, amal bajarish tezligi, masalan pentium-3 MMX protsessori o‘rnatilgan kompyuterlarida hozirgi kunda 750-1000 megagertsni, xotira hajmi esa, 64-128 megabaytni tahlil qiladi. Bugo‘ngi kunda pentium-IV kompyuterlari ham jahon bozorida keng tarqalmoqda.
    - portativ kompyuterlar (noutbook (notbuk) ) – kompyuterlar hajmi ancha ixcham bo‘lib, ammo bajaradigan amallar soni, xotira hajmi shaxsiy kompyuterlar darajasiga ko‘tarilib bormoqda. Ularning qulaylik tomonlaridan biri ham elektr energiyasidin va ichiga o‘rnatilgan batareya (akkumulyator)da ham uzluksiz (batareyani har safar almashtirmasdan) ishlash mumkinligidir. Bunday batareya quvvati energiyagaulanishi bilan o‘zi zaryad ola boshlaydi va u batareya bir necha yillarga mo‘ljallangan bo‘ladi. Bunday rusumli kompyuterlar 8-10 yil mobaynida buzilmasdan ishlash qobiliyatiga ega. Ular shaxsiy kompyuterlar uchun yaratilgan operatsion sistemalar MS DOS, qobiq dasturlar, Windows ning oxirgi versiyalarida va boshqa operatsion sistemalar boshqaruvida ishlaydi.
    Hozirda nootbuk kompyuterlaridan ham ixcham cho`ntak kompyuterlari ishlab chiqarilmoqda. Ular ham, tabiiyki, operatsion sistema boshqaruvida ishlaydi va ular turli soha msalalarini yechishga qodir.



    Download 45,03 Mb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   142




    Download 45,03 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Axborot texnologiyalari kafedrasi ta’limda axborot texnologiyalari

    Download 45,03 Mb.