Shaxsiy kompyuterlar arxitekturasi




Download 45,03 Mb.
bet11/142
Sana17.11.2023
Hajmi45,03 Mb.
#100159
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   142
Bog'liq
Axborot texnologiyalari kafedrasi ta’limda axborot texnologiyala

2. Shaxsiy kompyuterlar arxitekturasi
Shaxsiy kompyuterlar ishlab chiqarilishi kichik hajmli ixcham kompyuterlar yaratilishi katta EHM larga bo‘lgan talabning kamayishiga olib keldi. Shaxsiy kompyuter deyilishiga sabab bir kishi boshqarishi mumkinligidir. Katta EHMlar juda ulkan bo‘lgani uchun boshqarishga bir necha kishi jalb qilingan.
ShEHM larning yaratilishiga 1947 yilda U. Shokli, J. Bardin, U. Bretteyn tomonidan «Bell» kompaniyasida yaratilgan tranzistorlar asos bo‘ldi. 50 – yillarning oxiriga kelib mustaqil ravishda ikki amerikalik olim J. Kilbi va R. Noys integral mikrosxemalarni yaratdilar. Integral sxemalar asosida 1965 yilda Digital Eguipment firmasi tomonidan PDP-8 rusumli kichik hajmli kompyuter yaratildi. Shu davrga kelib, integral sxemalarga asos solindi va 1968 yilda Burroughs firmasi integral sxemalar asosida dastlabki kompyuterni ishlab chiqardi.
1969 yilda Intel firmasi muhim ixtiro kashf qilib, mikroprotsessorlarni kichik hajmli ko‘rinishga olib keldi. 1981 yilga kelib, shu mikroprotsessorlarda ishlaydigan zamonaviy shaxsiy kompyuterni AQSh ning IBM (International Business Mashines Corporation) firmasi ishlab chiqara boshladi va u IBM PC kompyuteri deb atala boshladi.
Hozirgi kunda mamlakatimizda qo‘llanilayotgan IBM PC tipidagi kompyuterlar AQSh dagi mashhur IBM firmasida va uning qo‘shma korxonalarida ishlab chiqarilgan. IBM PC - International Bisiness Mashines (Corporation) Personal Compyuter so‘zlaridan olingan bo‘lib "Xalqaro ish mashinasi", "Shaxsiy kompyuteri" degan ma'nolarni bildiradi. IBM tipidagi shaxsiy kompyuterlari AQSh bilan hamkorlikda qo‘shma korxonalarda har xil davlatlarning buyurtmasiga ko‘ra Xitoy, Koreya, Germaniya, Tailand, Yaponiya kabi davlatlarda ham ishlab chiqarilmoqda.
Shaxsiy kompyuter (ShEHM) larning IBM PC AT 286, AT 386, 486 SX, 486 DX, 586, 686 qamda pentium, pentium I, II,III va IV turlari mavjud. Bu kompyuterlarning barchasi umumiy tuzilishga ega, ishlash jarayonlari bir xil, ular faqatgina ishlash tezligi va xotirasining hajmi katta - kichikligi bilan farq qiladi.
Kompyuterlar asosan quyidagi qismlardan tahlil topadi:
Kompyuterlarni xotirasining hajmi, amallar bajarish tezligi, ma'lumotlarning razryad to‘rida (yacheykalarda) tasvirlanishiga qarab besh guruhga bo‘lish mumkin:
- super kompyuterlar(Super Compyuter);
- katta kompyuterlar (Manframe Compyuter);
- mini kompyuterlar (MiniCompyuter);
- shaxsiy kompyuterlar (PC – Personal Compyuter);
- bloknot (notebook) kompyuterlar.
Super kompyuterlar amal bajarish tezligi va xotira hajmining kengligi eng yuqori bo‘lgan kompyuterlardir. Bu kompyuterlar bir sekundiga 10 trilliardlab amal bajaradi. Hozirda bu kabi kompyuterlardan AQSh va Yaponiyada foydalanilmoqda. Misol tariqasida 9472 protsessorli Intel ASCI Red va 128 protsessorli SGI ASCI Blue kompyuterlarini keltirish mumkin.
Hozirgi vaqtda chiqarilayotgan kompyuterlarning deyarli barchasi foydalanuvchilar tomonidan alohida foydalanishga mo‘ljallangan bo‘lib, shaxsiy kompyuter deb yuritiladi.



Download 45,03 Mb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   142




Download 45,03 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Shaxsiy kompyuterlar arxitekturasi

Download 45,03 Mb.