42
Ichki fotoelektr effekt yorug‘lik oqimi ta’sirida erkin elektronlar o‘zining
energetik holatini o‘zgartirib, moddaning o‘zida qolishi hodisasi bilan
xarakterlanadi. Bunda modda ichida ko‘cha oladigan erkin zaryadlar hosil bo‘ladi.
Erkin zaryadlar modda ichida ko‘chganda fotoelektr yurituvchi kuchlarni hosil
qiladi (ichki fotoeffektli fotoelementlar shu printsipda qurilgan) yoki elektr
o‘tkazuvchanlikni o‘zgartiradi (fotoqarshiliklar shu printsipda qurilgan).
Ichki fotoeffektli fotoelementlar ko‘pincha ventilli fotoelementlar deb
ataladi. Selenli fotoelementlar eng ko‘p tarqalgan fotoelementlar hisoblanadi.
Selenli fotoelementning tuzilishi va sxemasi 2.23, a-rasmda, uning tavsifnomasi
esa 2.23, b-rasmda ko‘rsatilgan.
F
1
2
3
4
a) b)