206
19.4-rasm. UAP tipidagi oqmas suvlarni qizdirish uskunasining texnologik
tuzilishi (a) va printsipial-elektr boshqarish (б) sxemaci:
1- po‘latdan yasalgan rezervuar; 2-issiqdan izolyatsiyalaydigan maxsus
shishali material; 3-kontaktli termometrlar; 4-issiq suv patrubkasi; 5-qizdirish
elementlari; 6-suv qaytish klapani; 7-yopish ventili.
19.5-rasmda EPV tipidagi oqar suv qizdirgichining
tuzilishi va printsipial-
elektr sxemasi ko‘rsatilgan.
Bunday turdagi suv qizdirgichlarida suv haroratini boshqarish SK1 va SK2
harorat datchigi kontaktlari yordamida ikki pozitsiyali releli rostlagichlari orqali
amalga oshiriladi. Suv haroratini belgilangan yuqori
qiymatidan oshib ketishi
natijasida SK2 kontaktlar qo‘shilib VT triod ochiladi,
natijada KV relesi ishga
tushadi va uning kontaktlari orqali va KM magnitli ishga tushirgichi yordamida EK
elektr qizdirgichini o‘chiradi. Suv haroratini belgilangan yuqori qiymatidan
pasayib ketishi natijasida avval SK2
kontaktlar zanjirdan ajraladi, haroratni quyi
qiymatida esa SK1
kontaktlar ajraladi, VT triod yopiladi,
KV relesi va KM
magnitli ishga tushirgich orqali EK elektr qizdirgichi ishga tushadi.