|
"Экономика и социум" №6(85) ч.1 2021 www.iupr.ruBog'liq axborot-xavfsizligiga-bo-ladigan-tahdidlar"Экономика и социум" №6(85) ч.1 2021 www.iupr.ru
33
axborotni tarqab ketishi, oʼgʼirlanishi, buzilishi, qalbakilashtirilishini
oldini olish;
shaxs, jamiyat, davlatning xavfsizligiga tahdidni oldini olish;
axborotni yoʼq qilish, modifikatsiyalash, buzish, nusxa olish, blokirovka
qilish kabi noqonuniy harakatlarning oldini olish;
axborot resurslari va axborot tizimlariga noqonuniy taʼsir qilishning
boshqa shakllarini oldini olish, hujjatlashtirilgan axborotga shaxsiy mulk obʼekti
sifatida huquqiy rejimni taʼminlash;
axborot tizimida mavjud boʼlgan shaxsiy maʼlumotlarning maxfiyligini
va konfidentsialligini saqlash orqali fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini
himoyalash;
davlat sirlarini saqlash, qonunchilikka asosan hujjatlashtirilgan
axborotlar konfidentsialligini taʼminlash;
axborot jarayonlarida hamda axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni
taʼminlash vositalarini loyihalash, ishlab chiqish va qoʼllashda subʼektlarning
huquqlarini taʼminlash.
Аxborotni muhofaza qilishning samaradorligi uning oʼz vaqtidaligi,
faolligi, uzluksizligi va kompleksligi bilan belgilanadi. Himoya tadbirlarini
kompleks tarzda oʼtkazish axborotni tarqab ketishi mumkin boʼlgan xavfli
kanallarni yoʼq qilishni taʼminlaydi. Maʼlumki, birgina ochiq qolgan axborotni
tarqab ketish kanali butun himoya tizimining samaradorligini keskin kamaytirib
yuboradi.
Аxborotni muhofaza qilish sohasidagi ishlar holatining tahlili shuni
koʼrsatadiki, muhofaza qilishning toʼliq shakllangan kontseptsiyasi va tuzilishi
hosil qilingan, uning asosini quyidagilar tashkil etadi:
sanoat asosida ishlab chiqilgan, axborotni muhofaza qilishning oʼta
takomillashgan texnik vositalari;
axborotni muhofaza qilish masalalarini hal etishga ixtisoslashtirilgan
tashkilotlarning mavjudligi;
ushbu muammoga oid yetarlicha aniq ifodalangan qarashlar tizimi;
etarlicha amaliy tajriba va boshqalar.
Biroq, horijiy matbuot xabarlariga koʼra maʼlumotlarga nisbatan amalga
oshirilayotogan jinoiy harakatlar kamayib borayotgani yoʼq, aksincha barqaror
oʼsish tendentsiyasiga egadir.
Tahdidlarning kelib chiqishi, ularning sababi, axborot tizimidagi zaifliklar
haqida tasavvurga ega boʼlish kam chiqimli axborot xavfsizligini taʼminlovchi
vositalar bilan qurollanish imkonini beradi. Аxborot texnologiyalari sohasida
tahdidlar, xujumlarga oid noxush maʼlumotlar koʼplab mavjud. Ularning kelib
chiqish sabablari va xususiyatlarini bilmaslik tahdidlardan ximoyalanish
choralarini ishlab chiqishda ortiqcha xarajatlar sarflanishiga olib kelishi
mumkin.
|
| |