"Экономика и социум" №6(85) ч.1 2021 www.iupr.ru




Download 3,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana15.06.2024
Hajmi3,27 Mb.
#263955
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
axborot-xavfsizligiga-bo-ladigan-tahdidlar

"Экономика и социум" №6(85) ч.1 2021 www.iupr.ru
 
32 
Bugungi kunda har qanday tashkilot faoliyatida axborotni himoya qilish 
juda muhim axamiyat kasb etadi. Axborot hozirgi kunda ham tashkilot faoliyati 
va uning raqobatbardoshligi uchun muxim bo'lgan qimmatli resursdir. 
Tashkilotlarning axborot tizimlari va axborot resurslari xavfsizligiga ko'plab 
tahdidlar mavjud: bular muhim ma'lumotlarni yo'q qila oladigan kompyuter 
viruslari va raqobatchilarning sanoat josusligi, o'zlarining tijorat siri bo'lgan 
ma'lumotlarga noqonuniy kirish huquqini olish va shu kabi bosgqa taxdidlardir. 
Shu sababli, axborotni himoya qilish, axborot xavfsizligini ta'minlash dolzarb 
muommolardan biri hisoblanadi. 
Bugungi kunda axborot xavfsizligi tushunchasiga ko'plab ta'riflar 
berilgan. Mana, ularning ikkitasi. Axborot xavfsizligi (inglizcha "Information 
security") - axborot va tegishli infratuzilmani, shuningdek ma'lumot egalariga 
yoki foydalanuvchilariga zarar etkazish bilan bog’liq tasodifiy yoki qasddan 
ta'sirlardan himoya qilinganligi. Axborot xavfsizligi - ma'lumotlarning 
maxfiyligi, yaxlitligi va mavjudligini ta'minlash.
4
O’zbekistonda axborot xavfsizligini ta’minlash va ma’lumotlarni 
muxofaza qilish bo’yicha «Аxborot erkinligi printsiplari va kafolatlari 
toʼgʼrisida»gi Qonunning qabul qilinishi har kimning axborotni erkin va 
moneliksiz olish hamda foydalanish huquqlarini amalga oshirishda, shuningdek, 
axborotning muhofaza qilinishi, shaxs, jamiyat va davlatning axborot borasidagi 
xavfsizligini taʼminlashda muhim ahamiyat kasb etdi. Darhaqiqat, 2002 yil 12 
dekabrda qabul qilingan bu qonunda axborot xavfsizligini taʼminlash sohasidagi 
davlat siyosati axborot sohasidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga 
qaratilgan boʼladi hamda shaxs, jamiyat va davlatning axborot borasidagi 
xavfsizligini taʼminlash sohasida davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining 
asosiy vazifalari hamda faoliyat yoʼnalishlarini belgilaydi deb belgilangan.
5
Tahdid deganda kimlarningdir manfaatlariga ziyon yetkazuvchi roʼy 
berishi mumkin boʼlgan voqea, taʼsir, jarayon tushuniladi. Аxborotga yoki 
axborot tizimiga salbiy taʼsir etuvchi potentsial roʼy berishi mumkin boʼlgan 
voqea yoki jarayon axborot munosabatlari subʼektlari manfaatlariga qaratilgan 
tahdid deb yuritiladi. 
Shuni aytib oʼtish kerakki, baʼzida tahdidlar tizimdagi xatolik yoki 
notoʼgʼri tashkil etilgan faoliyat oqibatida emas, balki tabiiy, obʼektiv tarzda 
kelib chiqadilar. Masalan, elektr taʼminoti uzilishi yoki kuchlanishning pasayishi 
yoki chegaradan oshib ketishi bilan bogʼliq tahdidlar axborot tizimining bevosita 
apparat qurilmalari ishiga bogʼliqligidan kelib chiqadilar. 
Umuman olganda axborotni muhofaza qilishning maqsadini quyidagicha 
ifodalash mumkin: 
4
Галяутдинов Р.Р. Информационная безопасность. Виды угроз и защита информации // Сайт 
преподавателя экономики. [2014]. URL: http://galyautdinov.ru/post/informacionnaya-bezopasnost
5
Ўзбекистон Республикасининг “Ахборот олиш кафолатлари ва эркинлиги тўғрисида”ги қонуни. 
Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг Ахборотномаси. – 1997 й.



Download 3,27 Mb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 3,27 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



"Экономика и социум" №6(85) ч.1 2021 www.iupr.ru

Download 3,27 Mb.
Pdf ko'rish