• «KICHIK GURUHLARDA BOSMA MATERIALLAR BILAN ISHLASH» METODI
  • Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti tarix fakulteti




    Download 97,26 Kb.
    bet23/30
    Sana30.05.2024
    Hajmi97,26 Kb.
    #257257
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   30
    Bog'liq
    Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti tari

    «MENYU» METODI
    YAkka tartibda yoki kichik guruhlar bilan ish olib borishni xohlagan ijodkor o‘qituvchiga «Menyu» metodidan foydalanish tavsiya etiladi. Bunda kichik guruh a’zolariga aniq topshiriq beriladi.
    Misol uchun, «Ma’naviyatni shakllantiradigan asosiy mezonlar» mavzusi birmuncha katta hajmda- gi materiallarni qamrab oladi. O‘qituvchi har bir guruh uchun alohida topshiriq tayyorlaydi.
    I. Ma’naviy meros.
    I. Madaniy boyliklar.
    III. Milliy bayramlar - xalq ma’naviyatining ko‘zgusi.
    IV. Muqaddas islom dinimiz - ma’naviyatning tarkibiy qismi.
    V. BuYuk mutafakkir va allomalarimizning islom madaniyati taraqqiyotidagi o‘rni va ahamiyati.
    VI. Qomusiy olimlarimiz, siyosatchi va sarkardalarimizning umumbashariy sivilizatsiya va jahon madaniyatiga qo‘shgan betakror hissalari.
    VII. Alisher Navoiy - so‘z mulkining sultoni.
    VIII. Jadidchilik harakati: mohiyati va mazmuni.
    IX. O‘zbek fani va madaniyatining jonkuyarlari.
    X. Oila - millat ma’naviyatini shakllantirish va Yuksaltirish maktabi.
    XI. Mahalla - tarbiya maktabi.
    XII. Ta’lim-tarbiya - inson kamoloti va millat ravnaqining asosiy sharti va garovi.
    Har bir guruh topshiriq oladi va 3 daqiqa davomida muhokama qilishadi, so‘ngra har bir guruhdan bittadan vaqil o‘qituvchi stoliga kelishadi va tayyor «MenYu»ni olib qaytishadi. Bu o‘zun qirqilgan qog‘ozlar - «Ti llar»da ma’naviyatimizning turlicha mezonlari bayon qilingan bo‘ladi. Guruh vaqili tillardan tanlab oladi va o‘z guruhiga olib keladi, keyin boshqa talaba shu ishni bajaradi va bu holat zaruriy materiallar yig‘ilguncha davom etadi. 10 daqiqa davomida topshiriq muhokama qilinadi va rasmiylashtiriladi. Bu jadval qo‘lda tayyorlanishi yoki javoblar og‘zaki bo‘lishi ham mumkin. Boshqa guruh vaqillari savollar berishadi, o‘qituvchi esa guruh ishlarini, sardor faoliyatini baholab beradi.


    «KICHIK GURUHLARDA BOSMA MATERIALLAR BILAN ISHLASH» METODI
    Kichik guruhlarda ishlashning yana bir samarali metodi - bu nashr qilingan materiallar bilan ishlash hisoblanadi. Talaba­larning zaruriy axborotlarni izlab topishlari uchun, nazariy bilimlarni mustahkamlash yoki tasniflashlari uchun, nazariy materiallarni chuqur anglab olishlari uchun bu metoddan foydalanish yaxshi samara beradi. Auditoriya 4-5 kishidan iborat kichik guruhlarga bo‘linadi. Guruhlar bir xil yoki turlicha mazmundagi topshiriqlar, ommaviy nashrlar - gazetalar, jurnallar, fotoalbomlar, bYulletenlar olishadi.
    Zaruriy materiallar: A-1 formatli oq qog‘oz, qaychi, elim.
    Topshiriqlar:
    I. Kundalik ommaviy nashrlardan «Ma’naviy va moddiy hayot uygunligi» (3-mavzu) to‘g‘risidagi axborotlarni toping va kuyidagi tartibda ularni joylashtiring:
    1) ma’naviy va moddiy olam o‘rtasidagi munosabatlar;
    2) inson - moddiy va ma’naviy xususiyat va alomatlarni mujas- sam etgan noyob xilqat.
    3) moddiy va ma’naviy omil - inson, davlat va jamiyat taraq- kiyoti asosi;
    4) qadimgi olimlar ijodida moddiy va ma’naviy omilning talkini (Suqrot, Platon, Epikur, Demokrit, Konfutsiy va boshka-
    lar);
    5) falsafaning bosh muammosi - materiya birlamchi, ong ikkilamchi degan qarashning bir yoqlamaligi.
    II. Mustaqillik - ma’naviy imkoniyatlar ekanligini ommaviy axborot nashrlaridan foydalanib, quyidagi o‘quv elementlari asosida namoyish eting:
    - mustaqillik nafaqat iqtisodiy, balki ma’naviy imkoniyat­lar ekanligi;
    - bozor munosabatlariga o‘tish sharoitida moddiy, ma’naviy xususiyatlar, bilim, malaka va tajriba uyg‘unligi;
    - jamyatimizda iqtisodiy rivojlanish jarayonlarining ma’na­viy Yuksalish harakatlari bilan uyg‘unligi;
    - moddiy va ma’naviy jarayonlarning o‘zaro mo‘tanosib rivoj- lanishi - mamlakatimiz taraqqiyoti garovi;
    - «O‘zbek modeli»ning milliy, tarixiy, ma’naviy qadriyat- larimizga mosligi;
    - «O‘zbek modeli»ning xalq farovonligi, tinchligi va inson omiliga qaratilganligi.
    Har bir guruh (ular 6 ta) topshiriq oladi, gazetadan kerakli materiallarni topadi, maqolalarni, suratlarni qirkib oladi va plakatga elimlaydi, zaruriy matnni sharxlaydi. Har bir guruh o‘z sardorini aniqlaydi va ular ish yakuni to‘g‘risida hisobot beradilar. Boshqa guruh talabalari savollar berishadi va ishni baholashadi.
    Bu metodni qo‘llash davomida talabalardan barcha materiallar yigib olinadi, aksincha, talabalar gazetalardagi boshqa qiziqarli maqolalarni o‘qishga kirishib ketadilar va sardorlar fikrlariga quloq solmaydilar. Talabalardan ehtiyot bo‘lib ishlash talab etiladi, ortiqcha qogoz qirqish, elimlash, auditoriyani ifloslantirishga yo‘l qo‘yilmaydi.

    Download 97,26 Kb.
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   30




    Download 97,26 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti tarix fakulteti

    Download 97,26 Kb.