|
SINKVEYN (AXBOROTNI YIG‘ISH) METODI
|
bet | 22/30 | Sana | 30.05.2024 | Hajmi | 97,26 Kb. | | #257257 |
Bog'liq Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti tariSINKVEYN (AXBOROTNI YIG‘ISH) METODI
Metodni qo‘llash jarayonida talabalarda mavjud bo‘lgan tarqoq axborotli jarayonlar asta- sekinlik bilan bosqichma-bosqich yo‘naltirilgan axborotli jarayonga aylanib boradi. YA’ni noaniq bilimlar mavzuni o‘rganish davomida aniqlashtiriladi, u yoki bu ob’ektiv voqelik to‘g‘risida yakdil fikrga kelinadi. Buning uchun talabalarda besh imkoniyat mavjud bo‘ladi yoki sinkveyn besh qatordan iborat o‘ziga xos «ok she’r» (kofiyasiz) bo‘lib, o‘rganilayotgan mavzuga oid tushunchalar (xodisa, jarayon, voqea) qat’iy ketma-ketlikda qatorlarga yozib chiqiladi. Sinkveyn tuzish orkali talabalar o‘z fikrlarini bir joyga to‘plash ko‘nikmasini egallashadi, ularni ixcham ifodalashga, turlicha muloxazalarni sintezlash va o‘tilayotgan mavzu bo‘yicha to‘g‘ri xulosalarni shakllantirishga o‘rganishadi.
Sinkveyn tuzish tartibi:
1. Birinchi qatorga mavzudagi bosh g‘oya (tayanch tushuncha) bir so‘z (ot) bilan kayd etiladi.
2. Ikkinchi qatorda bosh g‘oya ikki sifat bilan ifodalanadi.
3. Uchinchi qatorda mavzuga oid tushunchalar (jarayonlar) uchta so‘z bilan bayon qilinadi.
4. To‘rtinchi qatorda mavzuga oid fikr (nazariya, fakt)lar to‘rtta so‘zdan iborat bo‘lishi lozim.
5. So‘nggi qatorga mavzu mohiyatini oydinlashtiradigan (yoki ma’no jihatidan yaqin bo‘lgan) bitta so‘z yoziladi.
Bu ketma-ketlikni quyidagi punktir chiziqlar yordamida loyihalash mumkin.
1 . topshiriq
2 .______
3 .______
4 .______
5 . natija
Odatda sinkveyn mavzu bo‘yicha birorta muammoli vaziyatni echish yoki alohida o‘quv elementlariga ishlov berishda talabalar tafakkurini charxlash uchun to‘ziladi. Agar birinchi qatordagi mavzu muammosi so‘z turkumi-ot orqali o‘qituvchi yoki talaba tomonidan ifodalansa, ikkinchi qatorda topshirikning muhim xossalarini belgilovchi bir juft sifatni talabalar o‘ylab turishi, ko‘p variantli javoblardan eng maqbulini ajratib olishi lozim bo‘ladi. SHu kabi keyingi qatorlarda yoziladigan javob so‘zlar ham talabalarning tezkor fikrlashi natijasida izlab topiladi va sinkveyndan ko‘zlangan maqsad, yakuniy natijaga erishiladi.
Misol: «Milliy g‘oya» o‘quv elementa bo‘yicha talabalarning tezkor fikrlashini ta’minlash maqsadida quyidagi sinkveynni tuzish mumkin:
1. G‘oya.
2. Bunyodkor, vayronkor.
3. Xalqni birlashtiruvchi kuch (jamiyatni harakatlantiruvchi kuch).
4. Yurt tinchligini, taraqqiyotni kafolatlaydi (yoshlarning ma’naviy kamolotini shakllantiradi).
5. Mafkura.
«AJURLI ARRA» METODI
(Ajur fransuzcha «ajour» so‘zidan olingan bo‘lib, «bir yoqdan ikkinchi yoqqa o‘tgan, ikki tomoni ochiq» ma’nosini anglatadi).
«Ajurli arra» metodi tuzilish jihatidan kuyidagi bosqichlarni qamrab oladi:
1. Topshiriqni bo‘lish: topshiriq va matnli materiallar bir nechta asosiy qismlarga (yoki mavzularga) qirqiladi.
2. Birlamchi guruhlar: har bir guruh a’zolari kirqilgan mavzuni oladilar va ekspertga aylanadilar.
3. Ekspert guruhlari: qo‘lida bir mavzuga oid o‘quv topshi- riqlari mavjud bo‘lgan talabalar mavzuni muhokama qilish, boshkalarga o‘rgatish rejasini egallagash uchun ekspert guruhlarga birlashadilar.
4. Birlamchi guruhlar: talabalar o‘zlarining birlamchi guruhlariga qaytadilar va ekspert guruhlarda o‘rganganlarini o‘qitishadi.
IZOH: «Ajurli arra» mohiyatiga aniqlik kiritish uchun ba’zi bir tavsiyalarni yoritish lozim.
1. O‘qitish jarayoniga bu tarzda yondashilganda talabalarning hamkorlikda ishlashiga va qisqa vaqt ichida katta hajmdagi axborotlarni o‘zlashtirishlariga imkon tug‘iladi.
2. U yoki bu faoliyatni darsda amalga oshirish uchun talabalarga boshlangich axborotlarni o‘zatish zarurati tugilsa, ma’ruza o‘rnini bosa oladigan samarali instrumentariy hisoblanadi.
3. O‘qituvchi murakkab mazmunli mavzular bo‘yicha talabalarni darsga tayyorlash uchun oldindan ularning har biriga mo‘ljallangan alohida axborotli paket tayyorlaydi. Unda darslikdan, ko‘shimcha tarzda gazeta, jurnal, maqolalardan materiallar bo‘lishi kerak.
4. Har bir talaba 2 guruh tarkibida ishtirok etadi: dastlab «o‘z uyi» (birlamchi) guruhiga, keyin esa «ekspert» guruhiga birlashib, o‘quv elementlarini mustaqil o‘rganishadi. Ekspert guruhini tezda tashkil etish uchun talabalar olgan axborotli paketlarda har bir mavzuga oid materiallar bir xil rangdagi qogozlarga yozilgani yoki rangli kalam bilan kogozning biror bir burchagi bo‘yalgani ma’qul.
5. Har bir guruhda 3 tadan 5 tagacha kishi (talabalar soniga qarab) bo‘lishi mumkin. Har bir talaba «o‘z uyi»dagilarni va kayta uchrashish joyini aniqlab olishi kerak.
6. O‘qituvchi talabalarning «rangli» topshiriqlar asosida guruhga birlashishlarini taklif etadi va ular aloxida mavzular bo‘yicha ekspertga aylanadilar. Misol uchun, «kizil»larning auditoriya xonasi oxirida, «ko‘k»larning esa maktab yo‘lakchasida uchrashishlari belgilanadi. Har bir ekspert guruhdagi talabalar soni 3 tadan kam bo‘lmasligi kerak.
7. Guruhlarga axborotli paket tarqatiladi. Har qaysi guruh turli xil materiallar to‘plamini olishi va ularni o‘qishi,muhokama qilishi, aynan shu axborotlar bo‘yicha ekspertga aylanishi lozim. O‘quv materiallari bo‘yicha «ekspert»ga aylanish uchun talabalarda vaqt etarli bo‘lishi kerak. Buning uchun agar materiallar murakkab va katta bo‘lsa, ehtimol, bir dars to‘lik talab qilinadi.
8. Talabalarga quyidagicha topshiriqlar beriladi:
- paketdagi materiallarni qunt bilan o‘rganing va muhokama qiling;
- bir-biringizdan so‘rang va o‘quv materiallarini har biringiz tushunib olganingizga ishonch hosil qiling;
- o‘z «uyingiz» guruhini o‘qitish zarurligini hisobga olib, materialning muhim o‘quv elementlariga e’tibor qarating.
9. Talabalarning o‘z «uylariga» qaytishlarini iltimos qiling. Har biri o‘z «uyi» - guruhiga axborot beradi. SHaksiz, «uy» guruhida ekspert guruhlaridan bittadan talaba bo‘lishi shart. Talaba o‘rganib kelgan materiallarini o‘z guruhi talabalariga o‘rgatish javobgarligini bo‘yniga olishi lozim. Bu jarayon o‘quv materialining o‘zlashtirilishi zarurligiga qarab yana bir soat davom etishi mumkin.
10. Talabalar bir-birlaridan axborotlarni o‘rganib bo‘lishgach, o‘qituvchi oldindan rejalashtirgan faoliyat turini o‘tkazishi mumkin.
«O‘Z O‘RNINGNI TOP» METODI
Agar auditoriyada u yoki bu mavzu bo‘yicha tortishuvlar vujudga kelsa, bu metod yordamida muammoning echimini topish mumkin. Undan ko‘pincha darsning kirish qismida foydalanishadi va o‘tilayotgan mavzuni o‘rganishga turli xil yondashuvlar mavjudligi namoyish etiladi. Bu - bir tomondan. Ikkinchidan, talabalarda o‘z fikrini bayon qilishga, muloqot ko‘nikmalarini qaytadan to‘zatishga imkoniyat mavjud bo‘ladi. Uchinchidan, dars so‘ngida o‘qituvchi tomonidan mavzuni o‘zlashtirish darajasini baholash aniq amalga oshiriladi.
1. Auditoriyaning qarama-qarshi burchaklariga ikkita plakat osiladi. Ularning biriga «roziman», boshqasiga «rozi emasman» degan so‘zlar yozilishi kerak. Plakatlarda ba’zi bir mavzuga oid savollar bo‘yicha bildirilgan qarama-qarshi fikrlar ham yozilishi mumkin.
|
| |