• • Hujjat toʻplash.
  • 9-sinf Informatika va axborot texnologiyalari




    Download 132,8 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet148/382
    Sana22.11.2023
    Hajmi132,8 Mb.
    #103163
    1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   382
    Bog'liq
    IAT 9-sinf Talabalar-uchun-darslik

    • Soʻrovnomalar. Bu usul yordamida qisqa vaqt ichida koʻp 
    sonli insonlarning fikrini bilish olish mumkin. Soʻrovnomalar 
    intervyu usuli bilan solishtirilsa, tahlilchining vaqtini sezilarli 
    darajada tejaydi. Bunda so‘rovnomada ishtirok etgan har 
    bir inson oʻz fikrining inobatga olinishini biladi. Shuningdek, 
    barchaga soʻrovnomani toʻldirishdan oldin oʻz javoblarini 
    koʻrib chiqish imkoniyati beriladi. Ushbu usulning kamchiligi 
    shundaki, baʼzilar uni jiddiy qabul qilmasligi mumkin 
    hamda intervyudan farqli ravishda, savollarni yarim yoʻlda 
    oʻzgartirishning imkoni mavjud emas.
    • Hujjat toʻplash. Hujjatlar tashkilot haqida koʻplab 
    ma’lumotlarni taqdim etadi. Baʼzi jarayonlar va 
    protseduralar hujjatlarda qayd etiladi. Biroq kirish 
    va chiqish hujjatlari ham oʻrganilishi kerak. Tahlilchi 
    quyidagiga oʻxshash savollarga javob qidiradi: maʼlumotlar 
    qanday toʻplanadi? Qanday maʼlumotlar toʻplanadi? 
    Maʼlumotlar toʻplab boʻlingandan keyin nima qilinadi? 
    Ushbu usulning kamchiligi shundaki, tashkilotda 
    ishlamaydigan inson uchun hujjatlarni tushunish koʻpincha 
    qiyin boʻlishi, ma’lumotni aniqlashtirish uchun kim 
    bilandir intervyu qilish zarur boʻlishi mumkin. Shuningdek, 
    hujjatlar har doim ham tizim haqidagi barcha jarayon 
    va protseduralarni ochib bermaydi. Shu sababli ishlov 
    berilmagan maʼlumotlar toʻplanishi, oʻrganilishi va qayd 
    etilishi kerak. Baʼzan bu toʻplangan maʼlumotlarda 
    boʻshliqlar mavjud joylarni ochib beradi. Bu esa 
    chalkashlikni bartaraf etish uchun qoʻshimcha intervyu 
    qilish kerakligini anglatadi.
    Bu kabi maʼlumot bilan ishlashning eng yaxshi usuli uni 
    maʼlumotlarning tizim orqali oʻtishi va turli foydalanilayotgan 
    fayllarni aks ettiruvchi diagrammada qayd etishdir. U 
    tizimdagi barcha kiritilgan va chiqarilgan maʼlumotlarni 
    hamda maʼlumotlar qanday qayta ishlanishini aniqlashi kerak. 
    Shuningdek, unda fayllarni saqlash tafsilotlari va fayllarning 
    aloqadorligi ham koʻrsatiladi. Tizimdagi qurilmalarni koʻrsatish 
    uchun boshqa diagrammalardan foydalanish mumkin. Mavjud 
    tizimning barcha xususiyatlari aniqlanishi kerak.
    Bu bosqichda joriy tizim haqidagi maʼlumotlarni yozib 
    olayotgan va tahlil qilayotgan vaqtingizda, kiritilayotgan 
    va chiqarilayotgan maʼlumotlarni aniqlay olish, joriy 
    tizimni koʻrib chiqish va uning muammolarini aniqlay olish 
    muhimdir. Taʼkidlash joiz, eski tizimning baʼzi qismlari juda 
    yaxshi ishlayotgan boʻlishi hamda ularni oʻzgartirish uchun 
    sarflanadigan vaqt va harakat oʻzini oqlamasligi mumkin. Bu 
    dastlabki maʼlumot yangi tizim loyihasi haqida qarorlar qabul 
    qilish va eski tizimdagi barcha muammolarning loyihalash 
    bosqichida hal etilishini kafolatlash uchun kerak. 
    Mavjud muammolarni hal qilishdan tashqari, har bir 
    foydalanuvchining yangi tizimga boʻlgan talablarini aniqlash 
    ham muhimdir. Bu talablar yangi tizimga kiritilishi mumkin.

    Download 132,8 Mb.
    1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   382




    Download 132,8 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    9-sinf Informatika va axborot texnologiyalari

    Download 132,8 Mb.
    Pdf ko'rish