• • Intervyular.
  • 9-sinf Informatika va axborot texnologiyalari




    Download 132,8 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet147/382
    Sana22.11.2023
    Hajmi132,8 Mb.
    #103163
    1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   382
    Bog'liq
    IAT 9-sinf Talabalar-uchun-darslik

    zinapoya modeli 
    deyiladi (7.01-rasmga qarang). Biroq har bir darajada yakuniy 
    mahsulotni takomillashtirish uchun oldingi bosqichlarning 
    istalgan biriga qaytish mumkin. Bu 
    iteratsiya deb ataladi.
    7.01 Tahlil
    Tahlil bosqichi muammoni aniqlash va texnik-iqtisodiy asoslash 
    bilan boshlanadi. Bu mijozning talab va ehtiyojlarini aniqlash 
    uchun u bilan birgalikda muammoni koʻrib chiqishdan iboratdir.
    Tashkilot xodimlari oʻz kompaniyasining qanday ishlashi
    muammoning tabiati va qancha mablagʻ sarflay olishini biladi. 
    Tahlilchi esa kompyuter tizimlari va nima qilish mumkinligi 
    haqida ma’lumotga ega. Tahlilchi muammoni bartaraf etish 
    yoʻllari aks etgan hisobotni tayyorlaydi. Bu 
    texnik-iqtisodiy 
    asoslash deb ataladi. Agar texnik-iqtisodiy asoslash qabul 
    qilinsa, shundan soʻng maʼlumot toʻplash boshlanadi.
    Mavjud tizimni oʻrganish usullari
    Maʼlumotlar bir nechta usulda toʻplanishi mumkin:
    • Kuzatish. Tizim tahlilchisi tashkilotda nimalar 
    boʻlayotganini kuzatish orqali oʻrganadi. Tizim tahlilchisi 
    ishlarning qanday bajarilishi va insonlarning ishi oʻrtasidagi 
    aloqalarni tushunishga harakat qiladi. Bu usulning afzalligi 
    shundaki, unda faqat tizim tahlilchisi (tahlilchilari) ishtirok 
    etadi. Kamchiligi esa, inson uni kimdir kuzatayotganini 
    bilsa, odatdagidek ishlamaslikka moyil boʻlishidir.
    • Intervyular. Tizim tahlilchisi tashkilotda ishlar qanday 
    bajarilishi va qaysi ishlar talab darajasida bajarilmayotganini 
    bilishni xohlaydi. Qilinishi kerak boʻlgan ish – ayni damda 
    tizimni boshqarayotgan insonlarga savol berib koʻrishdir. 
    7.01-rasm Tizimlar xizmat qilish davrining zinapoya modeli.
    92
    9-sinf Informatika va axborot texnologi
    yalari


    Savollarni oldindan tayyorlab qoʻyish shart emas, lekin 
    tahlilchi mantiqiy, sinchkov mulohaza yuritish qobiliyatiga 
    ega boʻlsa va maʼlumotni qanday olishni bilsa, ish samarali 
    bajariladi.

    Download 132,8 Mb.
    1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   382




    Download 132,8 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    9-sinf Informatika va axborot texnologiyalari

    Download 132,8 Mb.
    Pdf ko'rish