|
Elektromagnitning tortishish kuchi undan o'tayotgan tok kuchiga to'g'ri proporsio- naldir
|
bet | 68/94 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 7,54 Mb. | | #138030 |
Bog'liq 8-s-f-d-i-tElektromagnitning tortishish kuchi undan o'tayotgan tok kuchiga to'g'ri proporsio- naldir. Ya'ni:
F~I. (1)
G'altakdagi simlarning o'ramlar soni ikki marta kamaytirilsa, yakorning elektromagnitga tortisliish kuclii ham ikki marta kamayadi. O'ramlar soni necha marta orttirilsa, yakorning tortishish kuchi ham shuncha marta ortadi. Demak:
Elektromagnitning tortishish kuchi g'altakdagi o'ramlar soniga to'g'ri proporsionaldir.
Ya'ni: F~ n. (2)
Elektromagnitni g'altakdagi o'ramlar soni bir xil, lekin uzunligi 2 marta qisqa bo'lgan boshqa elektromagnit bilan almashtiraylik. Bunda yakorning elektromagnitga tortilish kuchi 4 marta ortganini kuzatish mumkin. Demak:
Elektromagnitning tortishish kuchi g'altakning uzunligi kvadratiga teskari proporsionaldir.
Ya'ni: F~ (3)
(1), (2) va (3) ifodalarni umumlashtirib, quyidagi formulani yozish mumkin:
F = μ (4)
bunda μ - elektromagnit o'zagining xossalariga bog'liq bo'lgan proporsionallik koeffitsienti.
Elektromagnitning temir yakorni tortish kuchi tok kuchiga va g'altakning uzunlik birligiga to'g'ri keladigan o'ramlar soniga to'g'ri proporsionaldir.
Elektromagnitlar texnikaning ko'p sohalarida, jumladan, transport, telegraf, radio, televideniya, elek- trotexnika va boshqa sohalarda keng qo'llaniladi.
Elektromagnit kran temir va po'lat yuk- larni bir joydan boshqa joyga tashiydi. Bunday ko'tarma kranning qulayligi shundaki, tasliilayotgan yuk biror tayanchga ortilmaydi va mahkamlanmaydi. Elektromagnit kran tashish kerak bo'lgan yukka yaqinlashtiriladi va chulg'ami tokka ulanadi. Shu zahoti yuk kranga yopisliib ko'tariladi va kran uni boshqa joyga olib borib qo'yadi. Tok uzilishi bilan kran yukdan ajraladi.Elektromagnitlarning texnika sohasida keng qo'llanilishi elektromagnit rele sifatida namoyon bo'ladi.
|
| |