• Magnitlarning janubiy qutbi S harfi
  • shimoliy magnit qutbi
  • 4.Darsni mustaxkamlash uchun savollar
  • Magnit atrofida maydon mavjuddir. Bu maydon magnit maydon deb ataladi. Magnit maydonda temir qirindilari joylashgan chiziqlar magnit kuch chiziqlarini bildiradi




    Download 7,54 Mb.
    bet64/94
    Sana15.01.2024
    Hajmi7,54 Mb.
    #138030
    1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   94
    Bog'liq
    8-s-f-d-i-t

    Magnit atrofida maydon mavjuddir. Bu maydon magnit maydon deb ataladi. Magnit maydonda temir qirindilari joylashgan chiziqlar magnit kuch chiziqlarini bildiradi.
    Agar magnit kuch chiziqlari bo'ylab bir nechta mag­nit strelkachalar qo'yilsa, ular 132- rasmda ko'rsatil- gandek joylashadi. Bunda strelkachalarning janubiy qutblari magnitning sliimoliy qutbiga qarab qoladi.
    Magnitlarning janubiy qutbi S harfi (inglizcha «souts» - «janub» so'zining bosh harfi) bilan, shimoliy qutbi N harfi (inglizcha «nourts» - «shimol» so'zining bosh harfi) bilan belgila- nadi. Magnit kuch chiziqlarining yo'nalishi sifatida N qutbdan S qutb tomon yo'nalishi qabul qilingan (133- rasm).
    Agar ikkita magnitning bir xil qutblarini yaqinlashtirsak, ular bir-biridan itariladi. Turli qutblarni yaqinlashtirganimizda esa, ular bir-biriga tortiladi (134- rasm).
    Magnitlar orasiga temir plastina qo'yilsa, ular bir-biriga ta'sir ko'rsatmaydi. Chunki, temir material magnit maydonni to'sadi. Lekin mis, aluminiy, shisha, plastmassa kabi materiallar magnit maydonni to'smaydi.
    Kompas strelkalari yoki ipga osilgan magnit janubdan shimolga tomon yo'nalishda joylashib qoladi (135- rasm). Bunga sabab, Yer sharining magnit maydon bilan o'ralganidir.
    Yerning magnit kuch chiziqlari janubiy magnit qutbdan sliimoliy magnit qutb tomon yo'nalgan bo'ladi (136- rasm).
    Yerning shimoliy magnit qutbi 75° sliimoliy kenglik va 99° g'arbiy uzunlik yaqinida, Yer sharining shimoliy geografik qutbidan taxminan 2100 km uzoqlikda joylashgan.
    Janubiy magnit qutb esa Yerning janubiy geografik qutbi yaqinida bo'lib, 66,5° janubiy kenglik va 140° sharqiy uzunlikda joylashgan.
    Kompas Yer sharining sliimoliy magnit qutbini ko'rsatadi.


    4.Darsni mustaxkamlash uchun savollar:

        • Magnit so'zi qayerdan kelib chiqqan?

        • Beraniyning magnit haqidagi ta'limotlari haqida nimalarni bilasiz?

        • Sun'iy magnit nima? Uning tabiiy magnitdan farqi nimadan iborat?

        • Doimiy magnit deb qanday jismga aytiladi?

        • Gilbert tomonidan aniqlangan magnit xossalarini tushuntirib bering.


    Download 7,54 Mb.
    1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   94




    Download 7,54 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Magnit atrofida maydon mavjuddir. Bu maydon magnit maydon deb ataladi. Magnit maydonda temir qirindilari joylashgan chiziqlar magnit kuch chiziqlarini bildiradi

    Download 7,54 Mb.