|
Elektrni o'zidan o'tkazuvchi moddalar
|
bet | 4/94 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 7,54 Mb. | | #138030 |
Bog'liq 8-s-f-d-i-tElektrni o'zidan o'tkazuvchi moddalar elektr o'tkazgichlar deb ataladi.
Barcha metallar, tuz va kislotalarning suvdagi eritmalari hamda yer, beton, ko'mir va boshqalar elektr o'tkazgichlardir. Odam tanasi ham elektrni o'tkazadi.
O'zidan elektrni o'tkazmaydigan moddalar dielektriklar deb ataladi. Dielektriklardan tayyorlangan buyumlar esa izolatorlar deyiladi.
trlanganligini idigan asbob.
«Dielektrik» yunoncha so'z bo'lib, «o'tkazmas» degan ma'noni bildiradi. «Izolator» esa lotincha «izolaro» so'zidan olingan bo'lib, «yakkalangan» degan ma'noni anglatadi. Dielektriklarga barcha turdagi shishalar, plastmassalar, rezina, kauchuk, sopol, havo kiradi.
4.Darsni mustaxkamlash uchun savollar:
Elektroskop deb qanday asbobga aytiladi?
Maktab elektrometrining tuzilishi va qanday ishlashini aytib bering.
Elektr o'tkazgichlar deb qanday moddalarga aytiladi? Unga misollar
keltiring.
Qanday moddalar dielektriklarga kiradi? Izolator nima? Unga
misollar keltiring.
5.Uyga vazifa: 6-7- betni o’qib kelish.
O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari:________________________________
8-sinf Fizika
Sana:“A”«__»________ 201__ y. “B”«__»_______ 201__ y. “V”«__» _______ 201__ y.
Darsning mavzusi: Elektr zaryadi
Darsning maqsadi :
Talimiy maqsad: O’quvchilarga elektr zaryadi xaqida ma’lumot berish.
Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni tabiatga bo’lgan muhabbatini o’yg’otish, Tabiatni asrab avaylashga o’rgatish.
Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish,nutq madaniyatini o’stirish.
|
| |