|
8-sinf Fizika Sana:“A” 201 y. “B” 201 y. “V” 201 y. Darsning mavzusi
|
bet | 3/94 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 7,54 Mb. | | #138030 |
Bog'liq 8-s-f-d-i-t
Darsning borishi
1.Tashkiliy qism: O’quvchilarni darsga jalb qilish. Salomlashish. Yuqlama qilish. Dunyo yangiliklaridan xabardor qilish.
2. O’tilgan mavzu bayoni: Takrorlash
3.Yangi mavzuning bayoni:
Plastmassali taglikka o'rnatilgan simga ikki buklangan folgani ko'rsatilganidek osib qo'yamiz. Folga — bu yupqa metall qog'oz. Odatda, choy yoki shokolodlar o'ralgan zarqog'oz ham folgadan iborat.
Ebonit tayoqchani mo'ynaga ishqalab elektrlaymiz va uni simga tekkizamiz. Bunda sim ham, unga osilgan folga yaproqchalar ham elektrlanib qoladi va yaproqchalar bir-biridan itariladi. Bunga yaproqchalarning bir xil ishorali elektrlanganligi sabab bo'ladi. Bu tajriba clcktroskopning ishlashiga asos qilib olingan. «Elektroskop» so'zi yunoncha «elektron» va «skopeo» so'zlaridan olingan. "Skopeo" — "kuzatmoq” , "payqamoq" demakdir.
Elektroskop — jismlarning elektrlanganligini sezish, kuzatish uchun qo'llaniladigan asbob.
Jismlarning qay darajada elektrlanganligini aniq- laydigan ko'rsatkichli va darajalangan elektroskop — elektrometr deb ataladi.
Elektrometr — jismlarning elektrlanganlik darajasini aniqlovchi asbob.
Elektrometrda metall sterjen (1) ga muvozanatlangan ko'rsatkich (2) o'rnatilgan. Sterjen va ko'rsatkichni tashqi ta'sirlardan himoya qilish uchun metall g'ilof (3) yerga ulangan.
Ikkita bir xil elektrometr olaylik. Ulardan birining sharchasi elektrlangan bo'lsin. Ularni yonma-yon qo'yib, elektrometrlar sharchalarini shisha tayoqcha bilan o'zaro ulaylik. Elektrlangan elektrometrning ko'rsatishi o'zgar- maydi. Uning elektrlanganligi ikkinchi elektrometrga shisha tayoqcha orqali o'tmaydi (10- a rasm). Bunga sabab, shisha elektrni o'tkazmaydi.
Endi elektrometrlar sharchalarini metall tayoqcha bilan o'zaro ulaylik. Birinchi elektrometrning elektrlanganligi ikkinchi elektrometrga o'tadi. Natijada, birinchi elektrometr ko'rsatishi kamayadi, ikkinchisiniki esa ortadi. Bunga sabab, metall elektrni yaxshi o'tkazadi.
|
| |