|
Reostat - elektr zanjirdagi tok kuchi va kuchlanishni rostlash, ya'ni o'zgartirish uchun qo'llaniladigan elektr asbob
|
bet | 27/94 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 7,54 Mb. | | #138030 |
Bog'liq 8-s-f-d-i-tReostat - elektr zanjirdagi tok kuchi va kuchlanishni rostlash, ya'ni o'zgartirish uchun qo'llaniladigan elektr asbob.
«Reostat» yunoncha so'z bo'lib, «reos» - «oqim» va «statos» - «qolzg'almas» degan ma'nolarni bildiradi.
Solishtirma qarshiligi katta bo'lgan materialdan, masalan, nikelin yoki nixrom simdan eng oddiy reostat yasash mumkin.
Nikelin simning ikki ucliini izolator orqali shtativlarga mahkamlaylik va 67- rasmda ko'rsatilgandek elektr zanjirni yig'aylik. Suriluvchi D kontaktni u yoq- bu yoqqa surib, simning zanjirga ulangan AD qismini uzunroq yoki kaltaroq qilish mumkin. Bunda o'tkazgichning qarshiligi, binobarin, undan o'tayotgan tok kuchi o'zgaradi.
Amalda qo'llaniladigan reostatlar ixcham bo'lib, ularning ishlaslii yuqorida ko'rsatilgan oddiy reostat kabidir. Maktab reostatlaridan biri va reostatlarning elektr zanjir sxemasidagi shartli belgisi 68- rasmda tasvirlangan. Bunday reostatda nikelin sim sopol silindrga o'ralgan. Sim yupqa izolatsiya qatlami bilan qoplangan. Simning uchlari 1 va 2 qisqichlarga ulangan.
4.Darsni mustaxkamlash uchun savollar:
Reostat nima? Undan qanday maqsadlarda foydalaniladi?
Rezistorning tuzilishini va zanjirga ulanishini tushuntirib bering.
Reostatning vazifasi nimadan iborat? Uning ishlashini tushuntiring.
5.Uyga vazifa: 47-49- betni o’qib kelish.
O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari:________________________________
8-sinf Fizika
Sana:“A”«__»________ 201__ y. “B”«__»_______ 201__ y. “V”«__» _______ 201__ y.
Darsning mavzusi: Laboratoriya ishi: Reostat yordamida tok kuchini rostlash
Darsning maqsadi :
Talimiy maqsad: O’quvchilarga Reostat yordamida tok kuchini rostlash xaqida ma’lumot berish.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Reostat - elektr zanjirdagi tok kuchi va kuchlanishni rostlash, ya'ni o'zgartirish uchun qo'llaniladigan elektr asbob
|