8.8-rasm. Aylanma romda bobinalarni almashtirish.
Avtomatik rom
Avtomatik rom murakkab tuzilishli bo‘lib, zamonaviy tandalash
mashinalarida foydalaniladi. Rom harakatlanuvchi, bo‘sh bibinalarni olish, to‘la
bobinalarni o‘rnatish, qayta taxtlash amallari avtomatik tarzda bajariladi.
Bobinalardan iplar chuvalib chiqib, ip yo‘naltirgich, taranglovchi moslama, ip uzilsa
to‘xtatuvchi moslamalardan avtomatik ravishda tez taxtlanadi. Romda bobinalarni
almashtirishga juda kam vaqt sarflanadi.
Maxsus rom
Maxsus rom ayrim maxsus to‘qimalar ishlab chiqarishda qo‘llaniladi. Gilam
ishlab chiqarishda tuk iplarini (rangli iplarni) o‘rnatish uchun ikki qavatli maxsus
romlar qo‘llaniladi (8.9-rasm).