kamaytirib, qo‘shimcha aravachalar talab etadi va natijada bunday romdan
foydalanish samarasi past bo‘ladi.
8.3-rasm. Aravachali rom.
Uzluksiz zanjirli rom
Bunday rom birinchi marta “Barber Coleman” (AQSh) kompaniyasida
foydalanila boshlangan. Romning ikki tomondagi asoslari markazga nisbatan o‘tkir
burchak ostida joylashgan (8.4-rasm). Romning ichkari tomonida bobinalar
o‘rnatiladi va zanjirli uzatma yordamida harakatlanib tashqari tomonga o‘tkaziladi.
Ipni chuvatish tashqari tomondan amalga oshiriladi. Tugagan bobinalarni
almashtirish qisqa (15 daqiqa atrofida) vaqt ichida bajariladi. Rom oralig‘ida zaxira
bobinalar uchun maydon bor. Uzluksiz zanjirli rom tandalash jarayonini yuqori
tezlikda amalga oshirish imkoniyatini beradi. Rom yordamida juda kichik taranglik
ostida 6‒100 teksgacha bo‘lgan yigirilgan iplarni tandalash mumkin. Har qanday
bobinani o‘rnatish imkoniyati mavjud. Rom to‘liq kompyuterli nazorat-boshqaruv
tizimiga ega.