|
Sahna ko’rinishining qisqacha maz
|
bet | 6/36 | Sana | 20.12.2023 | Hajmi | 255,5 Kb. | | #125140 |
Bog'liq 21 oktyabr Til bayramiSahna ko’rinishining qisqacha mazmuni:
Bir shoh vazirlariga: “Myenga dunyodagi eng shirin va eng achchiq narsani keltiring” dyeydi, vazirlar shohga juda ko’p narsalarni ko’rsatadilar. SHoh bularni rad etadi. SHunda vazirlar Navoiyning huzuriga boradilar. Bo’lgan voqyeani aytib byeradilar. Navoiy o’ylab ko’rib: “SHohingizga til olib boring”,- dyeydi. Ular podshohga til olib borishadi. SHoh bu jumboqni Navoiy topganini bilib, uni huzuriga olib kelishlarini buyuradi. SHoh unga sarpolar hadya etib, uni vazir etib tayinlaydi.
1-boshlovchi:_YAna_qayta_tug’ilgansan,_Baxt-iqbolga_yo’g’rilgansan._O’lkamizga_nur_bo’lgansan._Ona_tilim_-_a’lo_tilim._2-boshlovchi'>1-boshlovchi:
YAna qayta tug’ilgansan,
Baxt-iqbolga yo’g’rilgansan.
O’lkamizga nur bo’lgansan.
Ona tilim - a’lo tilim.
2-boshlovchi:
Quvonchimdan so’zim o’ynoq
Qayta kiyding atlas ko’ylak.
Ozod yurtda o’zing bayroq,
Ona tilim - a’lo tilim.
1-boshlovchi:
SHunday qilib, mazmunli kechamiz nihoyasiga yetdi. Biz mustaqilligimizni, ona tilimizni asrab-avaylaylik. Uni ko’klarga ko’taraylik.
2-boshlovchi:
Xalqim, yurtim boshimga xumo,
Uni asra, uchib ketmasin.
Qora kuchlar bordir doimo.
Tilingni hyech kim zabt etmasin.
Yana bir bop ulug’ bayramingiz muborak bo’lsin. Sog’ va omon bo’ling, azizlar!
21-oktyabr O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan sanaga bag‘ishlab tayyorlangan
“Til bilgan - el bilar” mavzusidagi tadbir dasturi.
Sahna bezaklari: Mavzu yozilgan baner, kitoblar vistavkasi hamda gullar bilan bezatilgan. Slaydlar namoyishi boshlanadi.
Davlatimiz madyiyasi yangraydi.
Sahnaga boshlovchilar chiqib keladilar.
1-boshlovchi: Assalom, ey olam, feruza osmon,
Aziz ustozlar-u, aziz mehmonlar.
Kamtarin davrada bugun mehmonsiz,
Sizga ehtirom-la egikdir boshlar.
2-boshlovchi: Assalom azizlar, do‘st-u yoronlar
Ma`rifat ziyosin nurga taratgan,
Oltin boshingizda Humo qush ko‘rdik
Ulug` anjumanda Sizni xush ko‘rdik.
1 -boshlovchi: Zargarimsan, gavharimsan, so`zimsan,
Oq-qorani tanituvchi ko‘zimsan.
Pok tuprog`im, rizq-u ro‘zim, tuzimsan
O‘zbek tilim, ona tilim, o‘z tilim,
O‘zbek elim, ona elim, o‘z elim
2-boshlovchi: Qon qardoshlar davrasida o‘rning bor,
O‘z bayrog`ing, madhiyang bor, tug`ing bor,
Mardliging bor, subuting bor, qadring bor
O‘zbek tilim, ona tilim, o‘z tilim,
O‘zbek elim, ona elim, o‘z elim
1 -boshlovchi: Assalomu-alaykum hurmatli ustozlar! Qadrli mehmonlar!
21-oktyabr O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan sanaga bag‘ishlab tayyorlangan
“Ona tilim qalbim quyoshi” mavzusidagi adabiy-badiiy kechamizga xush kelibsizlar.
2 -boshlovchi: Bu yil ushbu tarixiy va muborak sanaga 25 yil to‘ladi. Bugungi shodiyona kun bilan tabriklash uchun ilk tabrik so‘zini ________________________________________________ beramiz. Marhamat Uztoz.
Alla aytiladi.
|
| |