L O Y I H A I S H I 40-MAVZU. OY HOLATINI KUZATISH Maqsad: Oy holatini kuzatish asosida uning fazalarini o‘rganish.
Bizga kerak Ishni bajarish tartibi ▸
2 ta tennis to‘pi
▸
karton qog‘oz
▸
rangli qog‘oz
▸
bo‘yoq
▸
yelim
▸
chizg‘ich
▸
qaychi
1. Birinchi tennis koptogini sariq rangga bo‘yang.
2. Sariq rangli qog‘ozdan quyosh nurlarini rasmdagidek qir-
qib oling va tennis koptogi atrofi ga yopishtirib, quyosh hosil
qiling.
3. Ikkinchi tennis koptogini ko‘k va yashil bo‘yoqda bo‘yang va
Yer sharini hosil qiling.
4. Karton qog‘ozdan 8 ta bir xil o‘lchamdagi doira qirqib oling.
5. Doiralardan rasmda ko‘rsatilgandek, qora va oq bo‘yoq-
lardan foydalanib, Oy fazalarini hosil qiling.
6. A4 o‘lchamdagi karton qog‘ozni qora rangga bo‘yang.
7. A4 o‘lchamdagi karton qog‘ozga quyosh, yer va oy faza-
larini yelim yordamida rasmda ko‘rsatilgandek yopishtiring.
8. Oy fazalari o‘zgarishini ketma-ketlikda strelka yordamida
joylashtiring.
9. Oy fazalarining o‘zgarish holatlarini izohlang va do‘st laringiz
bilan muhokama qiling.
89
6-bob. QUYOSH SISTEMASI VA KOINOT
Yuqoridagi Oy fazalari o‘zgarishini amaliyotda sinab ko‘ring. Bir oy davomida Oy
fazalari o‘zgarishini kuzating. Oyning qaysi fazada ekanligini aniqlang hamda quyidagi
jadvalni to‘ldirib boring. So‘ng kuzatuv natijalarini tahlil qiling.
Sana Oyning fazasi Ufqning qaysi tomonidan ko‘rindi? Oyning Yerdan har xil ko‘rinishi: 1 – yangi chiqayotgan oy (oy ko‘rinmaydi); 2 – yangi
oy; 3 – oyning birinchi choragi; 4 – chorak kam to‘lin oy; 5 – to‘lin oy; 6 – qisqarayotgan oy;
7 – oxirgi chorak; 8 – “tugayotgan” oy.
1. Qushlarning bir joydan ikkinchi joyga ko‘chishida Oyning qanday ahamiyati bor?
2. Oyning inson hayotidagi ahamiyati haqida qiziqarli ma’lumotlar to‘plang.
Modeldan
foydalanib
Oy fazalari
o‘zgarishini
tushuntiring.