99
7-bob. GEOGRAFIK XARITALAR
44-MAVZU.
JOY BALANDLIGINI O LCHASH
1. Qanday relyef shakllarini bilasiz?
2. Joylarning balandligini o‘rganish nima uchun kerak?
1500 m
1000
DENGIZ SATHI
500
0
1. Joyning mutlaq balandligi. Yer yuzidagi har bir joyning
dengiz (okean) sathidan balandligi
mutlaq balandlik deyiladi. Suv
yuzasi to‘lqin bo‘lmagan vaqtda tekis turadi. Shuning uchun Yer
yuzasidagi mutlaq balandliklar dengiz yuzasidagi suv (sathi)dan
hisoblanadi. Odatda dengiz sathi balandligi 0 deb belgilanadi.
Masalan, Toshkent shahrining dengiz sathidan o‘rtacha baland-
ligi 400 m. O‘zbekistondagi eng baland cho‘qqi – Hazrati Sulton
cho‘qqisi ning balandligi 4643 m. O‘zbekistondagi har qanday
joy ning dengiz sathidan balandligi Boltiq dengizidagi orolda joy-
lashgan Kronshtad shahrida o‘rnatilgan belgi (“futshtok”)dan
o‘lchanadi.