170
11-bob. ENERGIYA
Xonadonda qaysi elektr jihozlari elektr energiyasini eng ko‘p iste’mol qiladi? Saba-
bini tushuntiring.
1. Kunning qaysi vaqtida energiya iste’moli ko‘proq bo‘ladi?
2. Yashash hududingiz yashil deb atalishi uchun uni qanday loyihalash kerak?
Muzlatkich va kir yuvish mashi-
nalari yorliqlarida ko‘rsatilgan quv-
vatlariga qarab ularning ener giya
tejamkorligini taqqoslang.
Elektr energiyasi sarfi ni kamaytirishning yana qanday usullarini bilasiz?
Ko‘p hollarda televizorni elektr tarmog‘iga ulangan holda kutish rejimida qoldiramiz.
Biroq ushbu holatda televizor energiya iste’mol qilishda davom etadi. Bu holni butun
shahar, mamlakat miqyosida hisoblaydigan bo‘lsak, ancha ko‘p energiya isrof bo‘ladi.
Shu bois energiyadan tejamkorlik bilan foydalanish uchun kutish rejimida ishlaydigan quril-
malarni tarmoqdan uzib qo‘yish tavsiya etiladi.
Kundalik turmushda energiya samaradorligi va energiya tejamkorligi juda muhim hi soblanadi.
Har bir oila xarajatlarni kamaytirish uchun energiyani tejab ishlatishi zarur.