168
11-bob. ENERGIYA
Turli elektrostansiyalarning foydali va zararli tomonlari haqida munozara o‘tkazing.
1. Quyosh panellaridan foydalanishning ahamiyatini tushuntiring.
2. Elektr generatorlari elektr energiyasini ishlab chiqarish jarayonida ekologiyaga
qan day ta’sir ko‘rsatadi?
Ekologiyaga jiddiy zarar keltirmaydigan elektr energiyasini ishlab chiqaradigan manba-
lardan biri shamol elektr stansiyalaridir. Yil davomida uzluksiz shamol esib turadigan hudud-
larda shamol elektr stansiyalari qurilgan. Masalan, Xitoy, Hindiston, AQSh va boshqa mam-
lakatlarda katta shamol elektr stansiyalari mavjud.
Quyida mamlakatimizda so‘nggi to‘rt yil davomida ishlab chiqarilgan elektr energiyasi
miqdori keltirilgan:
•
2018-yilda 62,8 mlrd kW·h;
•
2019-yilda 63,6 mlrd kW·h;
•
2020-yilda 66,4 mlrd kW·h:
•
2021-yilda 71,3 mlrd kW·h elektr energiyasi ishlab chiqarilgan.
Energiya manbalarini tabiatiga ko‘ra ikki turga ajratamiz: tiklanmaydigan va tiklanadigan.