160
11-bob. ENERGIYA
Qavariq linza
yig‘uvchi, botiq linza
sochuvchi linza deb ataladi.
Linzalardan
tibbiyotda
ko‘z
nuqsonlarining oldini olish maqsa-
dida ko‘zoynak va kontakt linzalar
yasashda foydalaniladi. Ko‘z-
oynak ko‘zida nuqsoni bo‘l-
gan insonlarga yaxshi
ko‘rish imkonini beradi.
Lupa – kattalashtiruvchi optik
quril ma. Lupa yordamida mayda
jismlarni, tirik organizmlarning hu-
jayralarini ko‘rishingiz mumkin. Shu-
ningdek, mayda yozuvlarni o‘qishga yor-
dam beradi.
Mikroskop – koʻzga koʻrinmaydigan
juda mayda jismlarni kattalashtirib ko‘r sa-
tadigan optik asbob.
Hatto mobil telefonlarning suratga olish
kamerasida ham linzalar mavjud.
Qog‘ozdagi yozuvning ustiga bir tomchi suv tomizsangiz, yozuvni aslidagidan
kattaroq harfl arda o‘qiysiz. Buning sababi suv tomchisi ham linza vazifasini bajara
olishidir.
1. Kundalik turmushda linzalardan qanday maqsadida foydalaniladi?
2. Plastik idishdagi suv linza vazifasini bajarishini tajribada kuzatib keling.