|
16-mavzu: cms (content management systems — kontentni boshqaruv tizimlari) haqida. Reja
|
bet | 2/11 | Sana | 11.12.2023 | Hajmi | 33,37 Kb. | | #115671 |
Bog'liq 16-mavzu cms (content management systems — kontentni boshqaruv -fayllar.orgKo‘p funksionallik. Zamonaviy boshqaruv tizimi murakkab ko‘p blokli
tuzilmaga ega bo‘lib, ko‘proq konstruktorga o‘xshab ketadi. Bunday universal,
moslashuvchan konstruksiya ixtiyoriy foydalanuvchiga takrorlanmas, o‘ziga xos sayt
yaratish imkonini beradi.
Foydalanish huquqini boshqarish. CMS sayt foydalanuvchilari o‘rtasida
rollarni taqsimlash imkoniyatiga ham ega. Masalan, mehmon sifatida kirgan
foydalanuvchi biror-bir sahifaga izoh qoldirishi mumkin, lekin menyu bloklarini yoki
sahifa tarkibini o‘zgartirish huquqiga ega emas va saytning boshqa elementlariga ta’sir
o‘tkaza olmaydi.
Tizim himoya qatlamini mustahkamlash zaruratining mavjudligi. Juda keng
tarqalgan boshqaruv tizimlarining ichki tuzilmalari xakerlar tomonidan o‘rganib
chiqiladi, natijada ularning zaif tomonlari ko‘pchilikka oshkor bo‘lib qoladi. Chunki
bunday tizimni buzish professional xakerlar uchun qiyinchilik tug‘dirmaydi.
Shablon asosida ishlashi. CMSlar turli moslashuvchanlikka ega bo‘lishiga
qaramay, shablonlar to‘plamidan tashkil topadi. CMSlarning ba’zilarida shablonlar
to‘plami kengroq, u yerdan xohlagan g‘oyaga mos dizayn va tuzilmani topish mumkin.
Ba’zilarida esa shablonlar to‘plami kamligi bois, ijodiy g‘oyani amalga oshirish
qiyinchilik tug‘dirishi mumkin.
Nostandart funksiyalarga ega bo‘lgan maxsus saytlar yaratishning mushkulligi.
Ammo bunday saytlar maxsus kompaniyalar yoki IT-mutaxassislar tomonidan
yaratilishi mumkin.
Har bir CMS o‘z xususiyatlaridan kelib chiqqan holda turli imkoniyatlarga ega.
Shu sababli, kompaniya ehtiyojlarini qanoatlantiradigan CMS platformani
tanlash vaqtida uning keng tarqalganligi, narxi bilan bir qatorda quyidagi
xususiyatlariga ham e’tibor qaratish lozim:
➢ himoyalanganligi;
➢ elementlarni qayta o‘zgartirish imkoniyatining mavjudligi;
➢ funksiyalar to‘plami va imkoniyatlari;
➢ sarlavha, metateglar va reklama uchun muhim bo‘lgan boshqa ma’lumotlar
bilan ishlashda qulayligi;
➢ sahifalar va semantik URLlar uchun maxsus nomlarni yaratish qobiliyati;
➢ ish unumdorligi;
➢ xatolarni to‘g‘rilash qobiliyati;
➢ sayt xaritasini qo‘llab-quvvatlashi;
➢ sahifalarni qo‘shish va o‘chirishning qulayligi.
|
| |