|
16-mavzu: cms (content management systems — kontentni boshqaruv tizimlari) haqida. Reja
|
bet | 10/11 | Sana | 11.12.2023 | Hajmi | 33,37 Kb. | | #115671 |
Bog'liq 16-mavzu cms (content management systems — kontentni boshqaruv -fayllar.orgWEB-FREELANCE HAQIDA TUSHUNCHA
So‘nggi paytlarda “freelance” so‘zi juda ommalashib bormoqda.
Internet tizimlari orqali daromad topishni xohlovchi odam bu so‘zni bir
marotaba bo‘lsa ham eshitgan. U holda, freelance so‘zi nimani anglatadi?
Freelance internet orqali daromad olishni boshlash uchun eng qulay yo‘l.
Birinchidan, uni boshlash uchun hech qanday boshlang‘ich mablag‘ talab etilmaydi,
ikkinchidan, har qanday freelance xizmati uchun dunyo miqyosida talabning
yuqoriligi.
Bunday holat uni boshqa internet orqali daromad keltiradigan ishlar ro‘yxatida
birinchi o‘ringa olib chiqdi.
Freelancer (ingl. free– erkin; lancer– nayza) — erkin ishchi bo‘lib, asosan, bir
martalik yoki mavsumiy xizmatlarni bajarish uchun yollangan, buyurtma asosida
qandaydir ish yoki xizmatni kelishilgan haq evaziga belgilangan vaqt davomida amalga
oshirib beruvchi shaxs.
Bunda ish beruvchi uchun ishchining qayerda faoliyat yuritishining mutlaqo
ahamiyati yo‘q.
Turli shahar, mamlakat, hatto qit’alarda yashayotgan odamlar ham hech bir
moneliksiz mehnat munosabatlariga kirishishlari mumkin.
Internetning butun jahon bo‘yicha keng rivojlanishi freelancerlik faoliyatining
ommalashishiga sababchi bo‘ldi. Hozirda internet orqali masofadan turib ishlash bilan
daromad topadigan freelancerlarning barqaror qatlami paydo bo‘ldi. Ularga oddiy
ishlardan tortib yuksak bilim, malaka talab etiladigan ishlar bo‘yicha talab va ehtiyoj
ortib bormoqda.
Tayanch tushunchalar
•
Copyrighter (kopirayter)— reklama bo‘yicha yangi g‘oyalar o‘ylab topuvchi
hamda reklama yoki marketingning boshqa shakllari matnini tuzuvchi shaxs.
•
SEO mutaxassis (ingl. search engine optimization — qidiruv tizimini
optimallashtirish) — qidiruv tizimlarida internet sahifalarni targ‘ib qiluvchi
mutaxassis.
•
3D model— obyektning haqiqiy ko‘rinishiga o‘xshash xayoliy uch o‘lchamli
raqamli tasviri.
|
| |